2 – savol bayoni.
Har qaysi investor ma’lum bir mamlakat va uning hududiga
investitsiya kiritishdan avval o‘sha mamlakat va hududning investitsiya muhitini
baholash, uning jozibadorligini aniqlashga kirishadi. Albatta, bunda yuqorida ko‘rib
o‘tilgan omillar o‘rganiladi, tahlil qilinadi va shu asosda investitsiya qarorlari qabul
qilinadi.
Xorijiy investor uchun yuqorida qayd qilingan barcha omillar muhimdir.
Shuning uchun ham rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarda investitsiya loyihalarini
baholaydigan, investitsiyalar qo‘yilishiga talab bo‘lgan davlatlarning investitsiya
muhitini o‘rganadigan va aniq xulosa va ma’lumotlarni investorlar uchun taqdim
etuvchi maxsus firmalar, tashkilotlar mavjuddir. Masalan: Shvesariya, Germaniya
kabi qator mamlakatlarning nufuzli axborot xizmatlari davlatning iqtisodiy, siyosiy
122
va ijtimoiy holatini baholash uchun har biri «0» dan «4» gacha bo‘lgan (0-qoniqarsiz
va 4-o‘ta qulay) 4 balli shkala bo‘yicha baholanadigan 15 ta muhim ko‘rsatkichni
hisobga oladigan «
BERI
»
58
(business environment risk index)ni qo‘llaydi.
Quyidagi 8.1-rasmda ular investitsiya qarorlarini qabul qilish bo‘yicha
ahamiyatidan kelib chiqib aks ettirilgan. 8.1-rasmdan ko‘rinadiki, «
BERI
» indeksiga
kirgan ko‘rsatkichlar orasida siyosiy barqarorlik (0,12 ball) eng katta ahamiyatga ega.
Tahlillar ko‘rsatishicha, G‘arb ekspertlari, aynan, harbiy harakatlar yoki ichki
vaziyatning keskinlashuvi yuz bergani bois, shuningdek, iqtisodiy va siyosiy
nobarqarorlik tufayli Gruziya, Moldava va Tojikistonga reytinglarda so‘nggi o‘rinlar
berishgan, ya’ni ular «BERI» indeksining eng past ko‘rsatkichi darajasiga ega.
Mazkur usulning mohiyati shundaki, obro‘li ekspertlarni
59
tanlash asosida va ularga 5
balli (0 dan 4 ballgacha va ularning yig‘indisi 1 ga teng) shkalada 15 ta asosiy
mezonlar bo‘yicha mamlakat riskini baholash taklif etiladi. Ushbu usulda baholash
mezonlari va ularning qiymatlari quyidagilardan iborat
60
:
– siyosiy barqarorlik (0,12);
– xorijiy investitsiyalarga bo‘lgan munosabat (0,06);
– milliylashtirilishi xavfi (0,06), agar mamlakat qonunchiligida mulkni haq
to‘lamasdan ekspropriatsiya qilish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, 0 ball qo‘yiladi;
– valyutaning devalvatsiya qilinish ehtimoli va darajasi (0,06);
– to‘lov balansining holati (0,06);
– biznesning byurokratlashish darajasi (0,04);
– iqtisodiy o‘sish sur’ati (0,1);
– valyutaning erkin almashinuv darajasi (0,1);
– shartnoma majburiyatlarini bajarish soni (0,06);
– mehnat unumdorligi darajasi va ish haqi harajatlari (0,08);
– yuridik va marketing maslahatlarini olish, malakali mutaxassislarni jalb qilish
imkoniyati (0,02);
– aloqa va transportni tashkil qilish (0,04);
– davlat organlari va jamoat tashkilotlarining munosabatlari (0,04);
– qisqa muddatli kreditlarni olish shartlari (0,08);
– uzoq muddatli kreditlar, xususiy kapitalni olish, foydalanish shartlari (0,08).
Umuman olganda, «
BERI
» xizmati bu borada katta obro‘ qozongan
tashkilotdir. Mazkur tashkilot kapital import qiluvchi mamlakatlardagi investitsiya
muhitini tahlil qilib, investitsiyalarning risklilik darajasini aniqlab beradi. «
BERI
»
xizmati matbuotlar orqali turlicha indekslar bilan investorlarning xorijiy
mamlakatlarga investitsiya qo‘yishining xavf-xatarlilik, risk darajasini aniqlab beradi.
Hozirda bu xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot 55 dan ortiq kapital import qiluvchi
mamlakatlardagi investitsiya muhitini 15 ta ko‘rsatkichni qamrab oluvchi mezon
(ball) bilan baholamoqda. Bunda mamlakat investitsiya muhiti qanchalik yuqori
ballga ega bo‘lsa, u shunchalik barqaror mamlakat hisoblanadi. Bu ball indekslarini
hisoblashda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar ta’siri ham hisobga olinadi. Bu
tashkilot faqatgina hozirgi joriy davrnigina emas, balki istiqbolda kutilayotgan
o‘zgarishlarni ham baholaydi. Bir vaqtning o‘zida, investitsiyalar samaradorligini
58
Shu nomdagi firma tomonidan ishlab chiqilgan.
59
Odatda, ekspertlarning umumiy soni taxminan 100 nafardan iborat bo‘ladi.
60
Vaxabov A.V., Xajibakiev Sh.X., Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. O‘quv qo‘llanma. – T.: «Moliya», 2010. –
B. 155-156.
123
aniqlash ularni safarbar etishning istiqbollarini bashoratlashda muhim ahamiyatga
ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |