Bosqich #1 – Target auditoriyangizni aniqlab
olish
Gapni bu narsadan boshlasam ko’pchilik menga “Qo’ysangchi,
men bu haqida bilaman, boshqa men bilmagan “sehrli usullar”
haqida gapir”, – deb aytishadi.
Lekin, sizdan haqiqatda sotib oladigan auditoriyani aniqlab ol-
masdan, ularga sota olmaysiz.
– Target auditoriyang kim?
Bu savolga ko’pchilik “Mening mahsulotim yoki
xizmatlarimga qiziqadigan hamma bu – mening target auditori
-
yam”, – deb javob beradi.
Agar sizda ham shunga o’xshash javob bo’lsa, siz bir so’m
sarflab erishishingiz mumkin bo’lgan natijaga 100 so’m sarflab
ham erisha olmasligingiz mumkin.
Google va Facebookda reklama xarajatlari kun sayin oshib
bormoqda. Target auditoriyangizni aniqlab olmasangiz, raqo
-
batchilaringiz sizni tiriklayin yutib yuborishadi.