33
Kompyuter (hisoblash) tarmog’i
— bu, aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog’langan
kompyuter va terminallar majmuasidir, ya’ni kompyuterlarning o’zaro axborot almashish
imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuidir.
Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun
magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa
ulanish kerak bo’ladi.
Jamiyatning hozirgi bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter
tarmoqlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga
bog’liq.
Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob'ektlar tarmoq ob'ektlari
deyiladi. Tarmoq ob'ektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari
va boshqalar bo’lishi mumkin.
Axborotlarni territorial joylashuviga ko’ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo’lish
mumkin: global
tarmoqlar, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar.
Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit'alarda joylashgan abonentlarni
birlashtiradi, ya’ni global tarmoq – dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o’zida
birlashtirish imkoniniga ega bo’lgan tarmoq.
Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik
aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror mintaqaga
tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki
alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.
Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi, ya’ni lokal
tarmoqlar bir binoda yoki bir – biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o’zaro axborot
almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga
bog’langan bo’ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2—3
km bilan cheklash mumkin. Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan,
telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalgam oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa
ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va
boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Shuning uchun, bittadan
ko’p kompyuterga ega bo’lgan firmalar o’z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi. Lokal
tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va seleksiyalash lozim bo’ladi.
Marshrutlash bu - kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo’lini aniqlash jarayonidir.
Seleksiyalash – tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir.
Kompyuter tarmoqlari server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator (HUB), axborot
uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi.
Server – tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter.
Konsentrator (HUB) – tarmoqda kompyuterlarni o’zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi
maxsus qurilma.
Axborotni uzatish kabellari – tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga uzatishga
xizmat qiladi.
Modem – axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o’tkazuvchi maxsus elektron qurilma.
Modem “modulator” va “demodulator” so’zlari birlashmasidan hosil bo’lgan. Bu qurilma
yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko’rinishdan analog ko’rinishiga
34
aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog ko’rinishidan raqamli ko’rinishiga
aylantiradi.
Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko’p tarmoqli ierarxiyani tashkil etish
imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog’i keng tarqalgan, ommaviylashgan global
kompyuter tarmog’idir, ya’ni Internet – bu mihglab local va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir
butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog’i. Uning tarkibiga erkin ravishda
birlashgan tarmoqlar kiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta
imkoniyatlarga ega. O’zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni
boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko’rib
chiqishi, Nyu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng so’nggi ko’rgazmasining rasmlari bilan
tanishib chikishi, tarmoqga ulangan abonentlar bilan konferentsiyada yoki o’yinda ishtirok etishi
mumkin. Internetning asosiy yacheykasini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi. Elektron
aloqa – bu internetning eng ko’p xizmat ko’rsatish turi bo’lib, ma’lum elektron manzilga axborotni
elektron usulda uzatish vositasidir.
Kompyuterlarni mahalliy tarmoqga ulashning uch kurinishi mavjud:
— halqasimon;
— shinali;
— yulduzsimon.
Halqasimon bog’lanishda kompyuterlar yopiq chiziq buyicha bog’langan bo’ladi. Tarmoqning
kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo’ladi. Axborot halqa bo’yicha kompyuterdan
kompyuterga o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: