Sensorli ekran
(Touch screen) - ko`chma kompyuter uchun maxsus ishlab chiqarilgan monitor
ekrani bo`lib, uning sathiga barmoqni tekizish – kursorni o`sha joyga siljitadi. Bunday ekranlar
ayniqsa ekrandagi menyuni yoki menyu bo`limlarini barmoq bilan tanlashga qulaydir.
Jostik
(Joystik) – kursorni ekranda to`rtta yo`nalish (yuqoriga, pastga, o`ngga va chapga)
harakatlantiruvchi richagdir. Bu richag qo`zg`almas asosga o`rnatilgan bo`lib, asosan kompyuter
o`yinlarini boshqarishda ishlatiladi. Ko`pgina kompyuterlarda jostik uchun maxsus port –
game port
o`rnatilgan.
Nurli pero
(Light pen) – ichida maxsus fotoelement bo`lgan qalamga o`xshash qurilmadir.
Uning uchini ekranga tekizigan holda korpusida joylashgan tugmachani bosib, ekrandagi kursorni
siljitish yoki kerakli oyna elamatnalni ishga tushirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |