17-18-mavzular. Kompyutеr viruslari va ularning turlari.
Reja:
1.
Kompyutеr viruslaridan himoyalanish.
2.
Kompyutеr tarmoqlari xavfsizligini ta’minlash vositalari.
3.
Axborotlashtirish sohasida ichki va tashqi tahdidlar.
4.
Elеktron raqamli imzo.
5.
Kompyuter tarmoqlarida zamonaviy himoyalash usullari va vositalari.
Tayanch so‘zlar:
Kompyuter virusi, yuklanuvchi virus makroviruslar, troyants dasturi,
makrokomanda, virus xujumi, antivirus dasturi, apparat ximoya vositasi, analizatorlar, niqoblash,
tusqinlik, egalikni boshqarish, tartiblash,majburlash.
Kompyutеr viruslaridan himoyalanish. Dastur viruslari.
Kompyuter virusi – bu dastur kodidan iborat bulib, boshka dastur, xujjat yoki axborot
tashish vositasining ma’lum bir kismiga o’rnashib olib, ruxsat berilmagan o’zgartirishni amalga
oshiradi.
Kompyuter viruslarining asosiy turlariga kuyidagilar kiradi:
-
Dastur viruslari
-
yuklanuvchi viruslar
-
makroviruslar
Kompyuter viruslari safiga troyants dasturlari xam kiradi.
Dastur viruslari bu dastur kodlaridan iborat bulib, boshka amaliy dasturlar tarkibiga kirishni
muljallab yo’naltirilgan dasturlardir.
Amaliy dastur ishga tushirilganda u o’zining tarkibidagi virus kodini xam ishga tushiradi.Bu
virus kodining ishi natijasida foydalanuvchidan yashirin tarzda kompyuter kattik diskining fayllar
sistemasiga yoki boshka bir dasturning tarkibiga o’zgartirish kiritiladi.Masalan, virus kodi boshka
dasturning tarkibida o’zining kodini xosil kilishi mumkin.Bu protsess ko’payishi deb ataladi.
Ma’lum bir vakt o’tgandan so’ng, dastur virusi yetarlicha sondagi nusxalarni hosil kilib
bo’lgach, kompyuterni buzishga kirishadi, ya’ni operatsion sistema va dastur ishining izdan
chikishi, kattiq diskda saqlanaetgan axborotlarning o’chib ketishi va x.k.
Bu jarayon virus xujumi deb ataladi. Eng xavfli viruslar kattik diskni formatlab yuborishi
xam mumkin.Diskni formatlash uzoq vaqt talab qiladigan jarayon bulib, bunda foydalanuvchi
sezib kolishi mumkin bulganligi sababli ko’pchilik xollarda virus kattik diskning sistema sohalarini
buzish bilan kifoyalanadi, chunki bu fayllar joylashuvi jadvalini yukotish bilan barobar. Bu xolatda
kattik
diskdagi
ma’lumotlar qoladi, ammo maxsus vositalarsiz ulardan foydalanib
bo’lmaydi.CHunki kaysi sektorlarda kaysi fayllar joylashganligi noma’lum.
Xech kanday virus kompyuterning apparat taksimotini ishdan chikara olmaydi, deb
hisoblashadi. Ammo shunday xollar buladiki, dastur buzilishi apparat vositasini almashtirish orkali
tuzatiladi. Masalan, ko’pchilik zamonaviy kompyuterlarda BIOS kayta yoziladigan doimiy eslash
kurilmalarida yozilgan. Mikrosxema flesh xotirasi axborotni kayta yozish imkoniyati borligidan
ba’zi viruslar BIOS ni o’chirishda foydalanadi. Bunday xolda kompyuterning ishga yaroqsizligini
tuzatish uchun yoki mikrosxemani almashtirish yoki maxsus dasturlarda BIOS ni kayta yozish
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |