Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi


-MAVZU: Prezidentning beshta muhim tashabbusini amalga oshirish



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/169
Sana20.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#393067
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   169
Bog'liq
UMUMIY O‗RTA TA‘LIM MUASSASALARI YOSHLAR YETAKCHILARI MALAKA OSHIRISH KURSINING YETAKCHI FAOLIYATINI

3-MAVZU: Prezidentning beshta muhim tashabbusini amalga oshirish 
yo‗llari (2 soat ma‘ruza)
 
Reja:
 
1
.  Prezident  yoshlar  maʼnaviyatini  yuksaltirish,  ularning  boʻsh  vaqtini 
mazmunli tashkil etish boʻyicha muhim vazifalari.  
2.
 Beshta tashabbusni amalga oshirishda e‘tibor qaratiladigan masalalar 
 
Tayanch  iboralar: 
tashabbus
,  yoshlar,  ijodkorlik, 
sport
,
 
axborot 
texnologiyalari  va  kommunikatsiyalar,  raqamli  texnologiyalar,  xotin-qizlar, 
“Yoshlar  –  kelajagimiz”  dasturi,  “Axborot-resurs  markazlari”,  “Yoshlar 
klublari”. 
 
1.Prezident  yoshlar  maʼnaviyatini  yuksaltirish,  ularning  boʻsh  vaqtini 
mazmunli tashkil etish boʻyicha muhim vazifalarni belgilab berdi. 
 
―Ma‘naviyatimiz,  g‗urur-iftixorimiz  birinchi  o‗ringa  chiqadigan  vaqt  keldi. 
Farzandlarimizni  ana  shunday  etuk  avlod  qilib  tarbiyalash  uchun  barchamiz 
mas‘ulmiz.  Biz  buning  uchun  mablag‗  va  vaqtimizni  ayamaymiz,  bor 
imkoniyatimizni ishga solamiz‖ – dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 
19-mart  kuni  yoshlarga  eʼtiborni  kuchaytirish,  ularni  madaniyat,  sanʼat,  jismoniy 
tarbiya  va  sportga  keng  jalb  etish,  ularga  axborot  texnologiyalaridan  foydalanish 
koʻnikmalarini  singdirish,  yoshlar  oʻrtasida  kitobxonlikni  targʻib  qilish,  xotin-
qizlar  bandligini  oshirish  masalalariga  bagʻishlangan  videoselektor  yigʻilishi 
oʻtkazildi. 
Mamlakatimiz  aholisining  30  foizini  14  yoshdan  30  yoshgacha  boʻlgan 
yigit-qizlar  tashkil  etadi.  Ularning  taʼlim  olishi,  kasb-hunar  egallashi  uchun  keng 
sharoit  yaratilgan.  Shu  bilan  birga,  yoshlarning  boʻsh  vaqtlarini  mazmunli 
oʻtkazishni  tashkil etish dolzarb  masala hisoblanadi.  Yoshlar qanchalik  maʼnaviy 
barkamol  boʻlsa,  turli  yot  illatlarga  qarshi  immuniteti  ham  shunchalik  kuchli 
boʻladi. 
Maʼlumki,  davlatimiz  rahbari  ijtimoiy,  maʼnaviy-maʼrifiy  sohalardagi 
ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari 
surgan edi. 
Birinchi  tashabbus  –  yoshlarning  musiqa,  rassomlik,  adabiyot,  teatr  va 
sanʼatning  boshqa  turlariga  qiziqishlarini  oshirishga,  isteʼdodini  yuzaga 
chiqarishga xizmat qiladi. 
Ikkinchi  tashabbus  –  yoshlarni  jismoniy  chiniqtirish,  sport  sohasida 
qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan. 


40 
 
Uchinchi  tashabbus  –  aholi  va  yoshlar  oʻrtasida  kompyuter  texnologiyalari 
va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. 
Toʻrtinchi  tashabbus  –  yoshlar  maʼnaviyatini  yuksaltirish,  ular  oʻrtasida 
kitobxonlikni  keng  targʻib  qilish  boʻyicha  tizimli  ishlarni  tashkil  etishga 
yoʻnaltirilgan. 
Beshinchi  tashabbus  –  xotin-qizlarni  ish  bilan  taʼminlash  masalalarini 
nazarda tutadi. 
Ana shu ezgu gʻoya Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi chogʻida 
boshlanib, qisqa vaqtda ulkan ishlar amalga oshirildi. Sirdaryo viloyatidagi tuman 
va  shaharlar  kutubxonalariga  300  ming  nusxada  badiiy  adabiyotlar  yetkazib 
berildi.  Musiqa  va  sanʼat  maktablari  cholgʻu  asboblari,  sport  obyektlari  jihozlar 
bilan taʼminlandi. 
Bu  ishlar  Namangan  viloyatida  ham  davom  ettirilib,  ―Maʼrifat  karvoni‖ 
tashkil  etildi.  Yoshlar  uchun  25  ming  dona  kitob,  80  turdagi  sport  jihozlari  va 
musiqa asboblari yetkazib berildi. 
Bir soʻz bilan aytganda, ushbu 5 ta tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz 
tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. 
Yigʻilishda  bu  tajribani  mamlakatimizning  barcha  hududlarida  keng  joriy 
qilish masalalari muhokama qilindi. 
Bugungi kunda mamlakatimizdagi 800 dan ortiq  madaniyat markazlari, 312 
ta musiqa va sanʼat maktablariga atigi 130 ming nafar oʻgʻil-qiz qamrab olingani, 
mazkur  muassasalarning  aksariyati  oʻquv  qoʻllanmalari,  notalar  toʻplami,  musiqa 
asboblari,  mebel  va  jihozlar  bilan  yetarli  darajada  taʼminlanmagani  koʻrsatib 
oʻtildi. 
Davlatimiz  rahbari  joylardagi  madaniyat  markazlari,  musiqa  va  sanʼat 
maktablarining  moddiy-texnik  bazasi  va  ulardan  foydalanish  holatini  oʻrganib, 
ularning faoliyatini yaxshilash boʻyicha topshiriqlar berdi. 
Madaniyat  vazirligi va  Xalq  taʼlimi  vazirligiga  hokimliklar  bilan birgalikda 
tuman  (shahar)  madaniyat  markazlari  va  umumtaʼlim  maktablarida  yoshlarning 
qiziqishlaridan kelib chiqib, qoʻshimcha 1,5 mingta toʻgarak tashkil etish vazifasi 
qoʻyildi. Tashabbuskor isteʼdodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, 
madaniyat  markazlarida  badiiy-havaskorlik  jamoalari,  yoshlar  teatr-studiyalari  va 
―Yoshlar klublari‖ tashkil qilish zarurligi taʼkidlandi. 
Atoqli  sanʼatkor  va  isteʼdodli  ijodkorlarni  tumanlardagi  madaniy  ishlarga 
koʻmakchi  sifatida  biriktirish  yaxshi  natija  berayotganini  inobatga  olinib,  bu 
tajribani butun respublikaga yoyish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Unga muvofiq, 
taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, oʻsha 


41 
 
joylarda madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga masʼul boʻladi, tuman va shaharlar 
hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi. 
Musiqa va sanʼat sohasida oliy maʼlumotli kadrlarni koʻpaytirish masalasiga 
ham eʼtibor qaratildi. 
Oliy  va  oʻrta  maxsus  taʼlim  hamda  Xalq  taʼlimi  vazirliklariga  muayyan 
mavzular boʻyicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda 
sayyor oʻtkazilishini tashkil qilish topshirildi. 
Ikkinchi 
tashabbusga 
doir 
masalalar 
muhokama 
qilinar 
ekan, 
mamlakatimizda  12  mingdan  ziyod  sport  inshootlari  borligi,  lekin  yoshlarni 
jismoniy  tarbiya  va  ommaviy  sportga  qamrab  olish  darajasi  yetarli  emasligi  qayd 
etildi.  Umumtaʼlim  maktablarining  sport  anjomlari  bilan  jihozlanish  koʻrsatkichi 
respublika  boʻyicha  56  foizni,  jumladan,  Surxondaryo  viloyatida  12  foizni, 
Xorazmda 14 foizni, Qoraqalpogʻistonda 15 foizni tashkil etadi, xolos. 
Yigʻilishda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi 
chora-tadbirlar belgilab berildi. 
Tuman 
va 
shaharlar 
hokimlarining 
yoshlar  masalalari  boʻyicha 
oʻrinbosarlariga mutaxassislar bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi 
hamda  sport  inshootlarining  jihozlanish  darajasini  oʻrganib,  shu  asosda  takliflar 
berish,  Vazirlar  Mahkamasiga  ularni  amalga  oshirish  uchun  zarur  mablagʻlar 
manbasini aniqlash vazifasi qoʻyildi. 
Olis  va  chekka  qishloqlarda  yengil  konstruksiyali  sendvich  panellardan 
kichik  sport  zallari  va  sunʼiy  qoplamali  maydonlar  qurish,  tashabbuskor 
tadbirkorlarga sport inshootlari tashkil etish uchun yer ajratish zarurligi taʼkidlandi. 
Bunday  tadbirkorlarga  Oʻzmilliybank  tomonidan  ―Yoshlar  –  kelajagimiz‖  dasturi 
doirasida imtiyozli kreditlar ajratiladi. 
Joylardagi sport maktablariga xalqaro musobaqalarda gʻolib boʻlgan taniqli 
sportchilarni  rahbar  etib  tayinlash,  shuningdek,  sportchilarni  oliy  oʻquv 
yurtlarining maxsus sirtqi boʻlimlarida maqsadli oʻqitish yaxshi natija berishi qayd 
etildi. Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari sonini koʻpaytirish yuzasidan topshiriqlar 
berildi. 
Videoselektorda  yoshlarni  internetdagi  zararli  xurujlardan  asrash,  ularni 
axborot  texnologiyalaridan  unumli  foydalanishga  oʻrgatish  masalalariga  ham 
alohida ahamiyat qaratildi. 
Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligiga 
ilgʻor xalqaro tajribalar asosida barcha shahar va tumanlar markazlarida Raqamli 
texnologiyalar  oʻquv  markazlarini  tashkil  etish  boʻyicha  topshiriq  berildi.  Bu 
markazlarda elektron tijorat va dasturlash bepul oʻrgatiladi, axborot texnologiyalari 


42 
 
sohasida  tadbirkorlik  bilan  shugʻullanish  boʻyicha  innovatsion  koʻnikmalar 
beriladi, ―startap‖ loyihalarga yordam koʻrsatiladi. 
Bugungi  kunda  barcha  maktablarda  kompyuter  texnikalari  boʻlishiga 
qaramasdan,  internet  xizmatidan  yetarli  darajada  foydalanilmayotgani  tanqid 
qilindi.  Xalq  taʼlimi  vazirligi,  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligiga 2021 yilgacha barcha maktablardagi kompyuter sinflarini 
zamonaviy  texnologiyalar  va  yuqori  tezlikdagi  internet  tarmogʻi  bilan  taʼminlash 
boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. 
Tashabbuskor  tadbirkorlarni  jalb  qilgan  holda,  kompyuter  oʻyinlari 
markazlarini  tashkil  etish,  ularda  yoshlarning  bilim  va  dunyoqarashini 
kengaytirishga  xizmat  qiladigan  test,  viktorina,  rivojlantirish  strategiyalari  va 
boshqa foydali dasturlar boʻlishi zarurligi taʼkidlandi. 
Yoshlarda bolalik chogʻidan kitobga mehr uygʻotish, mustaqil fikr va keng 
dunyoqarashni shakllantirish ularning hayot yoʻllarida mustahkam zamin boʻladi. 
Lekin  koʻplab  qishloq  va  mahallalarda  buning  uchun  zarur  sharoit  mavjud 
emas.  Ilgarigi  kutubxonalar  oʻrnida  tashkil  etilgan  ―Axborot-resurs  markazlari‖ 
oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmadi. 
Shu holatlarni hisobga olib, yangi tashabbus doirasida yoshlar sonidan kelib 
chiqqan holda joylarga qoʻshimcha kitoblar yetkazib berish rejalashtirilgan. 
Davlatimiz  rahbari  mutasaddi  vazirlik  va  uyushmalarga  ―Kitob  karvoni‖ 
loyihasi doirasida badiiy, maʼrifiy, ijtimoiy mavzularda kitoblar chop etish hamda 
Qoraqalpogʻiston  Respublikasi  va  barcha  viloyatlarga  1  million  nusxadan  kam 
boʻlmagan miqdorda yetkazib berish boʻyicha topshiriq berdi. 
Yigʻilishda mahalliy hokimliklar har bir shahar va tuman markazida bittadan 
namunali  kitob  doʻkoni  tashkil  etishi  kerakligi  taʼkidlandi.  Axborot  va  ommaviy 
kommunikatsiyalar  agentligiga  barcha  shahar  va  tumanlarda  koʻchma  kitob 
pavilyonlarini joylashtirish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda 
―Bibliobus‖larni  yoʻlga  qoʻyish  orqali  qishloq  va  ovullar  aholisiga  kutubxona 
xizmati koʻrsatish vazifasi qoʻyildi. 
Yigʻilishda  xotin-qizlarni  ish  bilan  taʼminlash  masalalari  ham  muhokama 
qilindi. 
Shu  maqsadda  2019-2020  yillarda  barcha  tumanlarda  sendvich  panellardan 
195  ta  tikuv-trikotaj  korxonalarini  qurish  belgilangan.  Ularni  qurish  uchun  aholi 
zich  yashaydigan,  mehnat  resurslari  koʻp  joylar  tanlab  olingan.  Bu  korxonalarni 
tashkil  etish  natijasida  xotin-qizlar  uchun  24  mingdan  ortiq  doimiy  ish  oʻrni 
yaratish koʻzda tutilgan. 


43 
 
Prezidentimiz  mehnat  qilish  istagidagi  ayollar  ish  oʻrinlari  sonidan  ancha 
koʻpligini  hisobga  olib,  korxonalarda  ishni  2  smenada  tashkil  etish,  ularda 
xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish zarurligini taʼkidladi. 
Yigʻilishda qayd etilgan 5 ta tashabbusni keng joriy qilish maqsadida barcha 
hududlarga  mutasaddi  rahbarlar  masʼul  qilib  biriktirildi.  Shuningdek,  bu 
vazifalarga  Qoraqalpogʻiston  Respublikasi  Joʻqorgʻi  Kengesi  Raisi,  Toshkent 
shahri,  viloyatlar,  tuman  va  shaharlar  hokimlari,  ―Nuroniy‖,  ―Mahalla‖ 
jamgʻarmalari,  Xotin-qizlar  qoʻmitasi,  Yoshlar  ittifoqi  rahbarlari  shaxsan  masʼul 
va javobgar etib belgilandi. 
 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish