210
2. Iqtisodiy shaxs -barcha hayotiy aloqalarda birinchi navbatda foyda keltiradigan
inson turi. Bu "amaliy odam", uning harakatlarining ma’nosi faoliyatning o‘zi
emas, balki uning foydali ta’siri. U uchun hamma narsa hayotni saqlab qolish,
hayot uchun kurash va hayotining eng yaxshi usuli bo‘ladi. Iqtisodiy inson uchun
bilimning qiymati o‘zi, jamoasi, insoniyatga foyda keltiradigan narsalarni bilishga
qaratilgan.
3. Estetik inson- uyg‘unlik, go‘zallik istagi bilan ajralib turadi. Olamni qalb
go‘zalligida ko‘rish va tabiatga bo‘lgan yaxshi munosabatdagi insonlar. Ushbu
turdagi odamlarni turli lavozimlarda ko‘rish mumkin. Misol uchun, ular uchun ruh,
tabiat yoki san’at asarlarining eng muhim go‘zalligi ular uchun estetik
qadriyatlarni yaratishi yoki ulardan zavqlanishlari muhim sanaladi. Ularning
orasidagi farq, ular haqiqatga qanday munosabatda bo‘lishlari, ya’ni ular haqiqiy
yoki idealistlar ekanligi bilan bog‘liq. Realistlar o‘zlarining dastlabki bergan
taassurotlarini sezadilar. Idealistlar o‘zlarining estetik qadriyatlariga ko‘ra
taassurotlarni qayta ishlaydilar, ular o‘zlarining ichki dunyosini yaratadilar.
O‘zining haddan tashqari ifodasida idealistlar hissiy ekspressionistlardir, ular
hamma narsada o‘zlarining ruhiy holatlarining aks-sadosini topadilar.
4. Ijtimoiy inson-odamlarga bo‘lgan muhabbat uchun yashaydi va harakat qiladi
(aksincha, sevgi uchun emas, balki sevadigan odamlar uchun). Shaxslararo
munosabatlarga ijtimoiy yo‘naltirilgan insonlar
5. Siyosiy shaxs-haqiqiy ma’naviy qadriyatlarga asoslangan holda boshqa
odamlarning xatti-harakatlari va niyatlarini aniqlash uchun yashaydi. Shu asosda
Qonunchilik shakliga muvofiq turli xil siyosiy turlar ajratiladi. Lavozimni qadriyat
sifatida bilgan insonlar
6. Diniy inson - "ruhiy tuzilishi doimo va butunlay qadriyatlarning yuksak
tajribasiga erishishga qaratilgan". Diniy insonlar-e’tiqodni muhim qadriyat deb
bilgan insonlar
Ijtimoiy hayotning mavjud sharoitlarida har bir insonni yagona ijtimoiy yaxlitlikka
va jamiyatning o‘ziga xos tuzilishiga kiritishni talab qiladigan muammo eng
dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu jarayonning asosiy tushunchasi har bir
insonning jamiyatning to‘liq a’zosi bo‘lishiga imkon beruvchi shaxsning
ijtimoiylashuvidir.
Shaxsni ijtimoiylashtirish-har bir shaxsning ijtimoiy tuzilishga kirish
jarayoni bo‘lib, natijada jamiyatning tuzilishi va har bir shaxsning tuzilishida
o‘zgarishlar yuz beradi. Bu har bir insonning ijtimoiy faolligi bilan bog‘liq.
Har
birimizning jamiyatdagi o‘rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo
bo‘lgani, jamiyatga qo‘shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari fanning
muhim vazifalaridan biridir. Bu jarayon psixologiyada
ijtimoiylashuv yoki
sotsializatsiya
deb yuritiladi.
Demak, sotsializatsiya yoki
Do'stlaringiz bilan baham: