O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti “mehnat ta’limi” kafedrasi


 Metallarning allotropik shakl o‘zgarishlari



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/168
Sana19.01.2022
Hajmi3,88 Mb.
#392357
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   168
Bog'liq
2 5294294602528855217

3. Metallarning allotropik shakl o‘zgarishlari. 
Allotropiya  yoki  polimorfizm  deb,  metallarning  qattiq  holatga  turli  kristall 
shakllarga  ega  bo‘lish  xossasiga  aytiladi.  Bitta  kristall  shakldan  boshqa  shaklga 
o‘tish  protsessi  allotropik  o‘zgarish  deyiladi.  Toza  metall  qizdirilganda  allotropik 
o‘zgarish issiqlik yutilishi hisobiga o‘zgarmas temperaturada sodir bo‘ladi, bu esa 
kristall  panjarani  qayta  qurish  uchun  ma’lum  energiya  sarflash  zaruriyatini 
tug‘diradi. Temir, qalay, titan kabi ko‘pgina metallar allotropik o‘zgarishlarga ega. 
Masalan,  temir  911-13920  S  temperatura  oralig‘ida  yoqlari  markazlashgan  kub 
γ=Fe panjaraga (YOMK) ega (7-rasm). 9110S  gacha va 1393 dan 15390S gacha 
oraliqlarda temir hajmiy-markazlashgan kub (HMK) α=Fe panjaraga ega.  
Metallning  allotropik  shakllarni  α,  β,  γ  va  h.k.  harflar  bilan  belgilanadi. 
Metallning  eng  past  temperaturadagi  mavjud  allotropik  shakli  α  harfi  bilan 
belgilanadi,  bu  harf  metallning  ximiyaviy  element  simvoliga  indeks  sifatida 
quyiladi va h.k. 
Allotropik  o‘zgarishlarda  metallning  xossalari,  ya’ni  metall  hajmi  (bu  ayniqsa, 
qalay  uchun  xarakterlidir)  va  uglerodning  eruvchanligi  (temir  uchun  xarakterli) 
o‘zgaradi. 


39 
 
Metallar  tuzilishini  o‘rganish  usullari. Metallar va  qotishmalarning  tuzilishi 
makro  va  mikroanaliz,  rentgen,  shuningdek  defektoskopiya  (rentgen,  magnit, 
ultratovush) usullari bilan o‘rganiladi.  
Makroanaliz  usuli  bilan  makrostruktura,  ya’ni  oddiy  ko‘z  bilan  yoki  lupa 
yordamida ko‘rinadigan struktura o‘rganiladi. Bunda yirik nuqsonlar, ya’ni darzlar, 
cho‘kish 
chuqurchalari,  gaz  pufakchalari  va  boshqalar,  shuningdek 
aralashmalarning  metallda  notekis  taqsimlanganligi  aniqlandi.    metallning  singan 
joyi,  makroshlifi  bo‘yicha  aniqlanadi.  Makroshlif  metall  yoki  qotishma  namunasi 
bo‘lib,  uning  bir  tomoni  jilvirlangan,  yaxshilab  yog‘dan  tozalangan,  maxsus 
reaktivlar  ta’sir  ettirilgan  bo‘ladi  va  u  5-10  marta  kattalashtiradigan  lupa  ostida 
kuzatiladi.  
Mikroanaliz  yordamida  metall  yoki  qotishmaning  strukturasi  makroshliflar 
bo‘yicha aniqlanadi. Mikroshliflar makroanalizga tayyorlangani kabi tayyorlanadi, 
lekin  u  oyna  kabi  qo‘shimcha  jilolanadi.  Shliflar  3000  marta  kattalashtiradigan 
optik  mikroskop  ostida  qaytgan  yorug‘likda  ko‘riladi.  Metall  zarralari  turlicha 
yo‘nalganligi  sababli  maxsus  reaktivlar  ularga  turlicha  ta’sir  qiladi  va  ulardan 
mikroskop  ostida  yorug‘lik  ham  turlicha  qaytadi.  Qotishmada  struktura  hosil 
qiluvchilar  ham  reaktiv  ta’sirdan  turlicha  yeyiladi.  Elektron  mikroskopda  juda 
yupqa  strukturaga  ega  bo‘lgan  bloklar,  fragmentlar,  dislokatsiyalar  replika  – 
nusxalar 100 000 marta kattalashtirib ko‘riladi. Bu  muhi analiz bilan zarralarning 
o‘lchamlari va shakli, strukturani hosil qiluvchilar, metall bo‘lmagan aralashmalar 
va  ularning  xarakterlari  (darzlar,  g‘ovkalar  va  h.k.),  termik  ishlov  berish  sifati 
aniqlanadi.  Mikrostruktura  aniq  bo‘lsa,  metall  xossalarining  o‘zgarish  sabablarini 
tushuntirib berish mumkin. 
 
Rentgen  analizi  yordamida  metallarning  atom  strukturasi,  kristall 
panjaralarning  turi  va  parametrlari,  shuningdek  uning  ichkarisidagi  nuqsonlar 
o‘rganiladi.  Bu  analiz  kristall  panjara  atomlari  qatori  rentgan  nurlarining 
difraksiyasiga  (qaytarishiga)  asoslangan  bo‘lib,  u  nuqsonlarni  (g‘ovaklik,  darzlar, 
gaz  pufaklari,  shlakli  aralashmalar  va  boshqalarni)  metallni  sindirmay  aniqlash 


40 
 
imkonini  beradi.  Rentgen  nurlari  metallning  nuqsonli  yerlarida  yaxlit  metallga 
qaraganda  kam  yutiladi.  Shuning  uchun  fotoplyonkada  bunday  nur  shakliga  mos 
bo‘lgan qora dog‘lar hosil qiladi. 
Magnit  usulda  magnitli  metallardagi  (po‘lat,  nikel  va  h.k.)  2  mm  gacha 
chuqurlikda  joylashgan  nuqsonlar  (turli  xildagi  darzlar,  metall  bo‘lmagan 
aralashmalar va h.k.) aniqlanadi. Buning uchun sinalayotgan buyum magnitlanadi; 
buyum  sirti  temir  kukuni  bilan  qoplanadi,  sinchiklab  tekshiriladi  va 
magnitsizlantiriladi.  Nuqson  atrofida  bir  jinsli  bo‘lmagan  maydon    hosil  bo‘ladi, 
natijada  magnit  kukuni  nuqson  shaklini  ko‘rsatib  turadi.  Magnit  induksion  usul 
ko‘pincha  termik  ishlov  berilgan  qotishmalardagi  (buyumlardagi)  struktura 
o‘zgarishlarga baho berishda ishlatiladi.  
Ultratovushli usul bilan amalda istalgan o‘lchamdagi buyum va zagotovkalar 
metallning  sifatini  tekshirish  mumkin.  Impulsli,  ultratovushli  defektoskoplarda 
ultratovush  to‘lqini  shchup-tarqatkichdan  tekshirilayotgan  buyumlarga  yuboriladi. 
Ultratovush  u  yoki  bu  nuqsonga  duch  kelganda  undan  qaytadi.  Ultratovushdan 
butun  holicha  saqlab  qolish  zarur  bo‘lgan  rotorlar,  relslar,  pokovkalar,  prokatlar 
kabi buyumlarni tekshirishda foydalaniladi.  

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish