48
III BOB. FORS TILIDA EVFEMIK VA DISFEMIK
BIRLIKLARNING FUNKSIONAL USLUBLARDA QO`LLANILIShI
3.1. Fe’liy evfemizmlarning funksional uslublarda qo‘llanishi
V.G. Belinskiyning “Shunday so‘z qo‘llash kerakki, shu o‘rinda uni
almashtiradigan boshqa so‘z topilmasin”
68
degan fikri evfemik nutqning etik-
estetik talab normasiga ham aloqador .
Tilshunoslikning ko‘pgina sohasi, xususan sinonimika evfemiologiya bilan
uzviy bog‘langan bo‘lib, uning asosiy taraqqiyotida manba bo‘lib xizmat qiladi.
Evfemik nutqning etik-estetik talab normasi evfemik sinonimlarning mana
shu rang-barang va tuganmas boyliklaridan muayyan makon va zamonda ma’lum
maqsadga muvofiq maksimal darajada foydalanish san’atidir
69
.
Ta’kidlash kerakki, evfemik vositalar faqat ochiq aytish maqsadga muvofiq
bo‘lmagan tushunchalarni ijobiylashtirish, nafosatlashtirish uchungina xizmat
qilmaydi. Chunki mantiqan salbiy tushunchalar evfemalashtirilganda ham,
mohiyati saqlanib qoladi. Lekin bu jarayon baribir evfema qo‘llashning estetik
talab normasi tomonidan boshqariladi.
“Tilda bitta tushunchani aynan ifodalovchi, bir biriga teng keladigan ikkita
o‘xshash so‘z bo‘lmaydi”
70
, degan fikr – evfemik sinonimlarni befarq qo‘llash
mumkin emasligi, ularning o‘ziga xos nozik uslubiy bo‘yog‘i, qo‘llanish normasi
borligini yana bir bor ta’kidlaydi.
Evfema
qo‘llashning
etik-estetik
talab
normasi
tilshunoslikning
psixolingvistik, sotsial yoki etnolingvistik, universal lingvistik omillariga amal
qilishni ham taqozo qiladi. Chunki biror tildagi tabulashtirish hodisasi,
xususiyligidan qat’iy nazar barcha xalq uchun mushtarak bo‘lishi mumkin.
68
Белинский В.Г. Избранние сочинения. В 3-х томах. Т. II. –Москва, 1948. - С.694.
69
Маматов А.Э. Проблемы лексико-фразеологической нормы в современном узбекском литературном
языке: Автороф. дис…доктора филол. наук. –Т., 1991. – 20 с.
70
Белинский В.Г. Избранние сочинения. В 3-х томах. Т. II. –Москва, 1948..С.84.
49
G‘.Salomov yaponlarning odobi o‘z suhbatdoshiga to‘g‘ridan to‘g‘ri rad javobini
berishga yo‘l qo‘ymasligi, suhbat davomida ular “
yo‘q
”, “
iloji yo‘q
”, “
bilmayma
n”
degan so‘zlarni sira qo‘llamasliklarini, bular kishini ranjituvchi so‘zlar
hisoblanganligidan rad ma’nosi boshqa ko‘chirma vositalar orqali ifodalanishini,
hatto ikkinchi piyola choy uzatilganda, “
boshqa ichmayman
” deyish o‘rniga “
juda
serob bo‘ldim
” qabilidagi ibora qo‘llashlari; yoki biror tanish tokiolik taklifiga
javob qaytarishdan oldin “
xotinim bilan maslahatlashib olay
” desa, “
yo‘q
” so‘zini
aytishdan bosh tortish ekanligini yozganki
71
, bu aslida nutq odobi talabi bilan
“yo‘q” tushunchasini evfemalashtirishdir.
O‘zbek tilida ham bu hodisa yo‘q emas:
Do'stlaringiz bilan baham: