“Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish”
yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash
chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi qarorida:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan
birgalikda uch oy muddatda eng muhim xalqaro reytinglarni va tarkibiy
indikatorlarni, ularni shakllantirish metodologiyasini, shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro reyting va indekslarda oxirgi ikki yilda egallab turgan
mavqeini chuqur o‘rganishni ta’minlasin”,
deya qayd etilgan edi. Bu esa O‘zLiDeP
uchun ham nihoyatda muhim masalalar sirasiga kiradi. Zero, Harakatlar
strategiyasida ilgari surilgan g‘oyalarni hayotga joriy etish borasida mas’uliyatni his
etayotgan siyosiy kuch, partiyamizning asosiy elektorati bo‘lgan tadbirkorlar esa
investitsiyalarning kirib kelishidan bevosita manfaatdor qatlamdir.
Yana mavzuga qaytib, shuni ta’kidlashimiz zarurki, reytinglar ichida eng
mashhurlari, investitsiya jalb qilinishida muhim o‘rin tutadiganlari sirasiga
“Standard and Poor’s”, “Moody’s”, “Fitch Ratings” agentliklari hamda yirik
auditorlik va konsalting kompaniyalari tomonidan e’lon qilib boriladigan baholash
mezonlarini ham kiritish mumkin. Hozirgi kunda yuqorida qayd etilgan agentliklar
tomonidan e’lon qilinadigan suveren kredit reytingiga O‘zbekistonning ham
kiritilishi bo‘yicha ishlar boshlangani, albatta, ijobiy holat. Biroq bu ishlarni
hozircha ko‘ngildagidek deb bo‘lmaydi. Aytaylik, bir qator indekslar bevosita
investitsion faoliyat bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni e’lon qiladi. Jumladan, to‘g‘ridan-
to‘g‘ri investitsiyalar indeksi (FDI index) 62 ta mamlakatda 22 sohani o‘z ichiga
qamrab olgan holda qonunchilik tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning
kirib kelishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni tahlil etadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalarning ishonchlilik darajasini ko‘rsatuvchi “FDI Confidence” indeksi
global konsultatsion kompaniya bo‘lmish “A.T.Kearney” tomonidan belgilanib, 40
ta mamlakat bo‘yicha tahlillarni reyting ko‘rinishida chop etadi. Afsuski, mazkur
indekslardan o‘rin olgan davlatlar qatorida hozircha mamlakatimiz yo‘q. Bu esa
yurtimizga potensial investorlarning kirib kelishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mamlakat ichkarisida investitsion muhit qanchalik qulay va jozibador bo‘lmasin,
uning xalqaro maydondagi targ‘iboti yetarli darajada bo‘lmas ekan, bir joyda
depsinib turilaveradi.
Yuqorida bayon qilingan jihatlarga alohida to‘xtalish, birma-bir sharhlash,
kamchilik va yutuqlarni sanash keng ko‘lamli tadqiqot va chuqur o‘rganishni talab
qiladi. Bu boradagi ishlar allaqachon boshlab yuborilgan, xususan, partiyamiz ayni
yo‘nalishda Bank-moliya akademiyasi bilan yaqin hamkorlik qilib, o‘rganishlar olib
boryapti. Jumladan, Prezidentimizning “Jahon banki va Xalqaro moliya
korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining
reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash
bo‘yicha mas’ul idoralarga quyidagi aniq takliflar bildirilgan:
O‘zbekistonning yetakchi global indekslarda, birinchi navbatda Global
raqobatbardoshlik reytingida (GCI, Global Competitiveness Index) ishtirok etishi
uchun tashkiliy-huquqiy asoslar yaratilishi, xususan, bu bo‘yicha milliy markazlar
loyihasini shakllantirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz;
ekspertlar jamoasini shakllantirish va Global raqobatbardoshlik indeksida
O‘zbekistonning tegishli munosib o‘rnini aniqlash uchun milliy tadqiqotlar
o‘tkazish, keyin esa ushbu reytingda mamlakatning kuchli va zaif pozitsiyalarini
aniqlash;
bu yo‘nalishda muvaffaqiyat qozonayotgan MDH mamlakatlarining xalqaro
indekslar bo‘yicha ilg‘or taklif va fikrlarini to‘plash, muhokama qilish hamda
umumlashtiruvchi tajriba va ishtirok modellarini yig‘ish, muvofiqlashtirishga
qaratilgan kompyuterlashtirilgan kraudsorsing platformasini ishlab chiqish va
tatbiq etish;
yetakchi xorijiy davlatlar va xalqaro moliya institutlarining ekspertlari,
mashhur olim va mutaxassislar ishtirokida maxsus xalqaro konferensiyalar
o‘tkazish, shu orqali O‘zbekistonning xalqaro indekslarga bosqichma-bosqich kirib
kelishi uchun chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
Global raqobatbardoshlik reytingi ko‘rsatkichlari bilan aniqlangan
nomuvofiqlikni bartaraf etish va amaldagi xo‘jalik yuritish mexanizmlarini
takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha
milliy dasturni qabul qilish;
– investitsiya muhitini takomillashtirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar jalb qilishni rag‘batlantirishga oid yangi qonun, farmon va qarorlar
ishlab chiqishda “global indekslar talablariga muvofiqlikni ta’minlash shartligi”
majburiy prinsipini amalga oshirish.
Insoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv
jarayonlar, sifat va tarkibiy o'zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi
bosqichga ko'tarish barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga
yangicha qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko'ndalang qo'ymoqda.
Bu esa, eng avvalo, o'sha mamlakatning jahon miqyosidagi o'rni, xalqaro reyting va
ko'rsatkichlarda tutgan mavqei bilan belgilanadi.
Aytish kerakki, xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning
rivojlanish jarayonini o'zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining
turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy
investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o'sish va raqobatbardoshlik kabi
muhim jihatlarning ko'zgusidir. Bu jihatlar mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatida
ham mujassam. Bularning barchasi inson qadrini ulug'lashga, odamlarning hayotdan
rozi va mamnun bo'lib yashashini ta'minlashga xizmat qilishi bilan yanada teran
mazmun kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |