Biroq mamlakatimizning xalqaro koʻrsatkichlarini yaxshilashga bu
tadbirlarning oʻzi yetarli hisoblanmaydi. Bunda sohadagi islohotlar koʻlami va
samaradorligiga jiddiy taʼsir qilayotgan huquqiy omillarning ham hissasi
yuqoridir. Shu munosabat bilan 2020-yilning 19-may sanasida davlatimiz
rahbarining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va
muassasalari
faoliyatini
yana-da
takomillashtirish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi farmoni bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim
ahamiyat kasib etdi.
Ushbu farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya
vazirligiga bir qator maqsadli vazifalar yuklatildi. Mazkur vazifalardan eng asosiysi
sanalgan xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasi oʻrnining
yaxshilanishiga toʻsqinlik qilayotgan huquqiy omillar yuzasidan fundamental
huquqiy tadqiqotlar oʻtkazilishini taʼminlash masalasi esa, yuqorida qayd etilgan
ustuvor maqsadlar uchun yoʻl xaritasi sifatida maydonga chiqadi.
Aytish joizki, bugun mamlakatimizni xalqaro indekatorlar tizimida oʻzining
munosib oʻrnini shakllanishiga salbiy taʼsir qiluvchi ichki va tashqi huquqiy omillar
negizi juda chuqur tahlillarga borib taqaladi. Shu munosabat bilan bu boradagi
muammolarni oʻrganish va bartaraf etishda dastlab milliy qonunchilik tizimimizdagi
ayrim boʻshliqlar va kolliziyalarning huquqiy monitoringini yana-da
takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Albatta, bu masalada oʻtgan davr
mobaynida koʻplab islohotlar amalga oshirildi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 2-noyabrdagi “Huquqiy monitoringning zamonaviy
mexanizmlari asosida qonun hujjatlari ijrosining samaradorligini oshirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4502 sonli qarori va uning asosida qabul qilingan nizom
bu boradagi ishlarning nechogʻlik zarurligini koʻrsatdi. Taʼkidlash joizki, vakolatli
davlat idoralar tomonidan qabul qilinayotgan har bir normativ-huquqiy hujjatlarning
mukammalligi, ularning qonunchilik texnikasi talablari asosida ishlab chiqilishi
norma ziddiyatlarini bartaraf etibgina qolmay, balki kelgusida yuzaga kelishi
mumkin boʻlgan korrupsion holatlarning ham oldini oladi.
Yuqorida bayon qilingan jihatlarga alohida to‘xtalish, birma-bir sharhlash,
kamchilik va yutuqlarni sanash keng ko‘lamli tadqiqot va chuqur o‘rganishni talab
qiladi. Bu boradagi ishlar allaqachon boshlab yuborilgan, xususan, partiyamiz ayni
yo‘nalishda Bank-moliya akademiyasi bilan yaqin hamkorlik qilib, o‘rganishlar olib
boryapti. Jumladan, Prezidentimizning “Jahon banki va Xalqaro moliya
korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining
reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash
bo‘yicha mas’ul idoralarga quyidagi aniq takliflar bildirilgan:
O‘zbekistonning yetakchi global indekslarda, birinchi navbatda Global
raqobatbardoshlik reytingida (GCI, Global Competitiveness Index) ishtirok etishi
uchun tashkiliy-huquqiy asoslar yaratilishi, xususan, bu bo‘yicha milliy markazlar
loyihasini shakllantirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz;
ekspertlar jamoasini shakllantirish va Global raqobatbardoshlik indeksida
O‘zbekistonning tegishli munosib o‘rnini aniqlash uchun milliy tadqiqotlar
o‘tkazish, keyin esa ushbu reytingda mamlakatning kuchli va zaif pozitsiyalarini
aniqlash;
bu yo‘nalishda muvaffaqiyat qozonayotgan MDH mamlakatlarining xalqaro
indekslar bo‘yicha ilg‘or taklif va fikrlarini to‘plash, muhokama qilish hamda
umumlashtiruvchi tajriba va ishtirok modellarini yig‘ish, muvofiqlashtirishga
qaratilgan kompyuterlashtirilgan kraudsorsing platformasini ishlab chiqish va
tatbiq etish;
yetakchi xorijiy davlatlar va xalqaro moliya institutlarining ekspertlari,
mashhur olim va mutaxassislar ishtirokida maxsus xalqaro konferensiyalar
o‘tkazish, shu orqali O‘zbekistonning xalqaro indekslarga bosqichma-bosqich kirib
kelishi uchun chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
Global raqobatbardoshlik reytingi ko‘rsatkichlari bilan aniqlangan
nomuvofiqlikni bartaraf etish va amaldagi xo‘jalik yuritish mexanizmlarini
takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha
milliy dasturni qabul qilish;
– investitsiya muhitini takomillashtirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar jalb qilishni rag‘batlantirishga oid yangi qonun, farmon va qarorlar
ishlab chiqishda “global indekslar talablariga muvofiqlikni ta’minlash shartligi”
majburiy prinsipini amalga oshirish.
Insoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv
jarayonlar, sifat va tarkibiy o'zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi
bosqichga ko'tarish barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga
yangicha qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko'ndalang qo'ymoqda.
Bu esa, eng avvalo, o'sha mamlakatning jahon miqyosidagi o'rni, xalqaro reyting va
ko'rsatkichlarda tutgan mavqei bilan belgilanadi.
Aytish kerakki, xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning
rivojlanish jarayonini o'zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining
turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy
investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o'sish va raqobatbardoshlik kabi
muhim jihatlarning ko'zgusidir. Bu jihatlar mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatida
ham mujassam. Bularning barchasi inson qadrini ulug'lashga, odamlarning hayotdan
rozi va mamnun bo'lib yashashini ta'minlashga xizmat qilishi bilan yanada teran
mazmun kasb etadi.
Bu esa oʻz navbatida Oʻzbekiston koʻp yillardan beri koʻzlab kelayotgan
korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha xalqaro shaffoflik indeksi (International
Transparency Caolition Against Corruption) reytingida mavjud koʻrsatkichlarni
yaxshilashga yoʻl ochadi. Mazkur masalada aniq raqamlarga toʻxtaladigan boʻlsak,
International Transparency indeksining 2019-yilgi koʻrsatkichlariga asosan,
Oʻzbekiston Respublikasi 183 ta davlat ichida 153-oʻrinni egallagan holda, reyting
koʻrsatkichlari 100 ballik tizimda 25 ballni tashkil qilayotgani salbiy natijadir. Qayd
etilgan ball koʻrsatkichi 2018-yilga nisbatan (Maʼlumot uchun: 2018-yilda 23 ball)
bor-yoʻgʻi 2 ballga koʻtarilgan.
Ikkinchidan, bu masalada hozirga qadar juda koʻp gapirilgan, amalda
koʻplab ishlar bajarilgan boʻlsa-da, lekin baribir yana vaziyat shuni taqozo etmoqda.
Bu mamlakatda qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimini takomillashtirish
vazifasidir. Maʼlumki, davlatimiz rahbarining 2019-yil 25-fevraldagi “Oʻzbekiston
Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash chor-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan Toshkent davlat yuridik universitetiga Huquq
ustuvorligi indeksi (The Rule of law index) boʻyicha milliy monitoring tizimi
faoliyatini tashkil etish vazifasi yuklatilgan. Biroq bugun aniq raqamlarga murojaat
qiladigan boʻlsak, xalqaro qonun ustuvorligi loyihasining 2019-yilgi
koʻrsatkichlariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi mazkur indeksga kiritilgan 128
ta davlat ichida 92 oʻrinda (maʼlumot uchun: ushbu roʻyxatda 91-oʻrinda Filippin,
93-oʻrinda Tanzaniya) ekanligi, bu yilgi oʻsish surati atigi toʻrttaga yuqorilaganlik
fakti ham bu boradagi ishlarni yana-da jadallashtirish zaruriyatini anglatadi. Shu
munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi milliy sudlov tizimini yangi bosqichga
koʻtarib, sudga qadar ish yuritishning barcha bosqichlarini tubdan isloh qilish hamda
uzogʻi bilan 2022-yilga qadar mazkur indeksda Oʻzbekiston Respublikasining
oʻrnini qirqtaga yuqorilashiga (kamida 50 oʻrin) erishish zarur. Buning uchun esa,
ilgʻor xorijiy davlatlarning qonunchilik tizimlarini chuqur qiyosiy tahlillar asosida
oʻrganish zarurdir.
Uchinchidan, ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritish uchun
mamlakatda aniq huquqiy kafolatlar tizimini yaratish, shu jumladan, axborot
manbalarini huquqiy himoyalash mexanizmlarini ishlab chiqish sohasida tegishli
chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bundan koʻzlangan maqsad mamlakatimizni
Worldwide press freedom index “Chegarasiz reportyorlar” xalqaro nohukumat
tashkiloti (Reporters Without Borders) reytingida oʻrnini sezilarli yaxshilashdir.
Hozirgi kunda tashkilotning hisob-kitoblariga koʻra, Oʻzbekiston mazkur indeksda
156-oʻrinni (2019-yilda 160-oʻrin) band qilib turmoqda. Bu esa mamlakatimizni
xalqaro hamjamiyatda axborot resurslaridan foydalanishida koʻplab cheklovlarga
duchor qilishi mumkin.
Toʻrtinchidan, mamlakatimizni The Economist Intelligence Unit tadqiqot
markazining beshta muhim kategoriyalari boʻyicha koʻrsatkichlarining nihoyatda
pastligi, bugun Oʻzbekiston Respublikasini mazkur xalqaro indeksdagi 165 ta
suveren davlat ichida 157-oʻrinni egallab qolishiga olib kelmoqda. Shu munosabat
bilan, Oʻzbekistonni mazkur xalqaro reytingda oʻrnini yaxshilash uchun milliy
saylov tizimidagi huquqiy muammolarga yana bir bor eʼtibor qaratish lozimdir.
Shuningdek, fuqarolar erkinligi hamda siyosiy madaniyat borasida qonunchilik
tarmoqlarini qayta isloh qilish zarurdir. Mazkur indeksning oʻziga xosligi uni
baholash mezonlarining murakkabligi va qoʻyilgan talablarni amalga oshirish
faqatgina davlatga bogʻliq boʻlib qolmay, balki fuqarolarning siyosiy faolligini ham
taqozo etishidadir. Shu jihatdan olib qaraganda, ushbu indikator talablariga
bosqichma-bosqich oʻtishning milliy monitoring tizimini yaratish maqsadga
muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |