chiqdi. Imlo qoidalarini tuzish uchun respublikaning taniqli, ko„zga ko„ringan
mutaxassis olimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etildi. Ish boshida Azim Hojiev,
33
Nazarov, Mazluma Asqarova kabi yirik olimlar turdi. 1994-yilnig 16-aprel kuni
Toshkentda Republika ilmiy jamoatchiligi vakillarining yig„ilishida loyiha
dastlabki tarzda muhokama qilindi. Unda respublikaning barcha viloyatlaridan
yuzga yaqin olim, amaliyotchi mutaxassislar qatnashdi. Muhokamada ishtirok
etganlar o„zbek tilining yangi imlo qoidalari to„plamini ma‟qullagan holda loyihani
yana ham mukammallashtirish, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr-
mulohazalarini ham bildirdilar.
Mazkur yig„ilish qarori asosida “Ma‟rifat” gazetasining 1994-yil 6-iyul,
“Xalq so„zi” gazetasining 7-iyul sonida yangi imlo qoidalarining qayta ishlangan
loyihasi e‟lon qilindi va uning umumxalq muhokamasi salkam ikki oy davom etdi.
Xullas, muhokamadan o„tib tasdiq uchun taqdim qilingan “O„zbek tilining asosiy
imlo qoidalari” qisqa muddatda bajarilgan, osongina mehnatning mahsuli emas.
Uni tuzgan ishchi guruhi a‟zolari bo„lsa-da, bu qoidalar to„plami
mamlakatimizdagi ming-minglab ziyolilarning uzoh yillardan beri ilmiy-amaliy
asosda, bamaslahat olib borgan ishlari samarasidir1.
“Lotin yozuviga asoslangan yangi o„zbek alifbosini joriy etish to„g„risidagi
qonun 1995-yil 6-mayda O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qayta ko„rib
chiqildi va unda «Lotin yozuviga asoslangan o„zbek alifbosini joriy etish
to„g„risidagi O„zbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish to„g„risida qaror
qabul qilindi. Mazkur qaror asosida «O„zbek tilining asosiy imlo qoidalari» ishlab
chiqilib, 1995-yil 24-avgustda Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlandi.
Avvalo, aytish kerakki, “O„zbek tilining asosiy imlo qoidalari” loyihasi
Respublika Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan “Lotin alifbosiga asoslangan
o„zbek alifbosini joriy etish to„g„risida”gi qonunda belgilangan yangi alifbo
asosida tuzildi. Qoidalar to„plamini yaratishda qoidatalab til hodisalarini e‟tibordan
chetda qoldirmaslikka, ularni to„la qamrab olishga harakat qilingani, natijada
amaldagi (kirill alifbosi asosidagi) imlo qoidalariga nisbatan mukammal qoidalar
to„plami yaratilgani ishchi guruhi boshlig„i A. Hojiyevning “Katta mehnat
mahsuli” nomli maqolasida e‟tirof etilgan.
Lotin harflar asosidagi yangi alifboda ya, yu, yo harflari, shuningdek, ayirish
(ъ) va yumshatish (ь) belgilari yo„qligi ma‟lum. Muhokama materiallarining
ayrimlarida ilgari shu harf va belgilar ishlatilgan so„zlarning endi qanday yozilishi
haqida qoida berish kerakligi aytilgan. Olimning yuqoridagi maqolada qayd
etishicha, ishchi guruhi Loyihani tuzayotganda bu masalaga alohida e‟tibor berdi.
“Shu narsa ma‟lum bo„ldiki, birnichidan, bunday so„zlarning imlosi haqida
yagona qoida berish mumkin emas, ayrimlarining imlosi uchun esa umuman qoida
talab qilinmaydi. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: