57
Temir (Fe) – D.I.Mendeleyevning davriy sistemasidagi 8-guruh ele-
menti bo‘lib, Fe, Co, Ni uchlikda joylashgan. Uning Yer qobig‘idagi
miqdori taxminan 4,5%. Bu, tabiatda ko‘p uchrashi bilan to‘rtinchi
element hisoblanadi. Temir 1539±5
0
С da eriydi, zichligi 7680 kg/
m
3
, cho‘zishdagi mustahkamlik chegarasi 200...250 MPa, nisbiy
cho‘zilishi 50...60%, qattiqligi 70...80
HB
. Bu ma’lumotlar texnik ji
-
hatdan toza, tarkibidagi begona jinslar miqdori 0,1% atrofida bo‘lgan
temirga tegishli. Tozalik darajasi
orttirilsa, mustahkamligi va qattiq-
ligi kamayadi.
“Temir – uglerod” sistemasida quyidagi fazalar mavjud: suyuq
qotishma, qattiq qotishmalar (ferrit va austenit), kimyoviy birikma
(sementit) va grafit ko‘rinishidagi erkin uglerod. Bulardan tashqari,
bu sistemaning strukturaviy tashkil etuvchilariga perlit va ledeburiy
deb atalgan mexanik aralashmalar ham kiradi.
Ferrit
– uglerodning α–temirdagi qattiq eritmasi bo‘lib, HMK pan
-
jaraga ega, shuning uchun uglerodning eruvchanligi juda kam. Past
haroratli α–ferritda 0,02% gacha, yuqori haroratli α–ferritda (yoki
δ– ferritda) 0,1% gacha uglerod bor. Texnik temir ferrit strukturaga
ega, u xurushlanganda shliflarda bir jinsli donlar ko‘rinishida namo
yon bo‘ladi. Ferritning plastikligi yuqori (δ=40...50%) va yumshoq
(80...120
HB
), sovuq holatda
bosim bilan yaxshi ishlanadi, diagram-
mada Φ yoki α bilan ifodalanadi.
Austenit
– 2,14% gacha miqdordagi uglerodning γ–temirdagi qat
-
tiq eritmasi; mikrostrukturasi – bir jinsli donlar.
T
>911
0
C da mavjud;
plastikligi yuqori, lekin ferritga qaraganda qattiqroq (160...200
HB
);
ugleroddan boshqa elementlarni ham eritadi; holat diagrammasida A
yoki γ bilan ifodalanadi.
Sementit
–
kimyoviy birikma, formulasi – Fe
3
C; uglerod miqdori
6,67%; temiruglerod qotishmalarining eng qattiq (800
HB
) va mo‘rt
tashkil etuvchisi; erish harorati 1250
0
C;
T
=210
0
C gacha magnit xu
-
susiyatiga ega; yuqori haroratlarda grafit va austenitga parchalanadi;
o‘rin almashadigan qattiq eritmalar hosil qiladi, ularda uglerod o‘rnini
nometallar (kislorod, azot) egallaydi, temir o‘rnini boshqa metallar
(marganets, xrom, volfram va b.) egallashi mumkin. Sementit aso-
sidagi materiallar sof holda ishlatilmaydi. Temir-uglerod qotishmasi-
58
da sementit miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, qotishma qattiqligi shuncha
yuqori bo‘ladi. Holat diagrammasida C harfi bilan belgilanadi.
Uglerod temir bilan hosil qilgan qotishmada kimyoviy birikma
(sementit), qattiq eritma (ferrit, austenit) yoki allatropik modifikatsi
-
ya ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Perlit
– ferrit va sementitning mexanik
aralashmasi, uglerod
miqdori 0,83%; austenit qayta kristallanganda (parchalanganda),
T
=723
0
C da hosil bo‘ladi. Bu parchalanish evtektoidli, deb ataladi,
uning mahsuli esa, perlit – evtektoid deyiladi. Perlit mustahkamligi
(σ
b
=800 MPa) va qattiqligi (200
HB
) yuqori,
qotishmaning mexanik
xususiyatlarini oshiradi; strukturasi – almashinib joylashgan ferrit va
sementit plastinkalaridan iborat; holat diagrammasida П harfi bilan
ifodalanadi.
Ledeburit
– austenit va sementitning mexanik aralashmasi,
tarki-
bida 4,3% uglerod bo‘lgan qotishma T=1147
0
C ga yetganda kristal-
lanishida hosil bo‘ladi. Harorat 727
0
C dan past bo‘lganda ledeburit
tarkibidagi austenit perlitga aylanadi, va ledeburit sovigandan ke
-
yin evtektikaga – perlit va sementitning aralashmasiga aylanadi.
Ledeburit qattiq (700
HB
) uyali va plastinkasimon tuzilishga ega,
hamma oq cho‘yanlar tarkibida bo‘ladi. Holat diagrammasida Л harfi
bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: