1-ma’ruza leksikologiya, uning ob’ekti, turlari, vazifalari. O‘zbek tili lug‘at tarkibining ma’no jihatidan tavsifi reja: Leksikologiya, uning obyekti, vazifalari



Download 192,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana18.01.2022
Hajmi192,68 Kb.
#390771
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1-maruza 9b30439f3d1b999f862404b4103e0c9c



1-MA’RUZA

LEKSIKOLOGIYA, UNING OB’EKTI, TURLARI, VAZIFALARI.

O‘ZBEK TILI LUG‘AT TARKIBINING MA’NO JIHATIDAN TAVSIFI

REJA:

1. Leksikologiya, uning obyekti, vazifalari.

2. So‘z va leksema munosabati.

3. Leksemaning ifoda va mazmun tomoni.

4. Lug`aviy ma’no va uning tarkibiy qismlari.

5. Leksemalarda bir ma’nolilik va ko`p ma’nolilik.

6. Lug`aviy ma’noning turlari.

7. Lug`aviy ma’no taraqqiyoti yo`llari.

Oldingi bo‘limlarda ta’kidlanganidek, tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar yig‘indisi



lug‘at tarkibi

yoki


leksika

deb yuritiladi. Lug‘at tarkibni o‘rganadigan bo‘lim esa



leksikologiya

(yun.


lexikos

– lug‘atga oid,



logos

– ta’limot) deb ataladi.

Lug‘at tarkibiga mansub bo‘lmish birlik

so‘z

tilshunoslik fanining asosiy birligi

bo‘lib, u tilning boshqa bo‘limlarida, jumladan, morfologiya, so‘z yasalish va

uslubiyat bo‘limlarida ham o‘rganiladi.

Morfologiyada so‘zning qaysi leksik-grammatik guruhga mansubligi o‘rganilsa,

so‘z yasalishi bo‘limida u yasalgan yoki yasalmagan birlik sifatida tekshiriladi.

Uslubiyat bo‘limida esa so‘z qo‘llanish ma’qulligi yoki ma’qul emasligi jihatidan

tekshiriladi.

Leksikologiya bo‘limida so‘zning ifodalagan ma’nosi, lug‘at tizimida tutgan o‘rni,

kelib chiqishi, qo‘llanish darajasi o‘rganiladi. Bu bo‘limda so‘z



lug‘aviy birlik

sifatida o‘rganiladi. So‘z muayyan tilning lug‘at tarkibiga mansub bo‘lganligi

uchun leksikologiya mazkur tilning lug‘at tarkibini tizim sifatida tekshiradi.

Yuqorida aytilgan fikrlarni



inson

so‘zi misolida isbotlashga harakat qilamiz:



Morfologik

nuqtai nazardan bu so‘z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) ot turkumiga

tegishli; 2) turdosh ot, aniq ot, yakka ot; 3) bosh kelishikda; 4) birlikda.

So‘z yasalish

nuqtai nazaridan bu so‘z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) tub so‘z; 2)

sifat yasalishi uchun asos bo‘la oladi:

insoniy, insonparvar;



Uslubiyat

nuqtai nazaridan bu so‘z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) kitobiy uslubda

qo‘llanadi; 2) hissiy-ta’siriy bo‘yoqqa ega.

Leksikologiya

nuqtai nazaridan bu so‘z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) lug‘aviy

manoga ega; ongli mavjudot; 2) bu so‘z

odam, kishi, bashar

so‘zlariga ma’nodosh

hisoblanadi; 3) o‘zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan; 4) nisbatan faol so‘z

hisoblanadi;

Demak, tilnshunosliking har bir bo‘limida so‘zning turli qirralari tadqiq qilinar

ekan.


Ilmiy adabiyotlarda leksikologiya bir qancha turlarga bo‘linadi.


Download 192,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish