91
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Motivatsiya - insonda ma’lum ma’lumot yoki ko‘nikmalarga muhtoj
bo‘lganda paydo bo‘ladi. Albatta, har qanday jamiyatda motivatsiyaning turli
darajalari mavjud. Birinchisi motivatsiya insonning boshqalar tomonidan kuchini
oshiruvchi omil bo‘lib xizmat qilayotgan bo‘lsa, ikkinchisi esa, insonning kim yoki
nimadan olgan taassuroti orqali motivatsiya namoyon bo‘ladi. Аyrim insonlar
hayotidan nolib, o‘zlarini tiklab ololmayotganidan shikoyat qilib qoladilar. Ular
motivatsiyadan oldin o‘zlaridagi qo‘rquv, norozilik, uyatchanlik, ikkilanish va ichki
bloklangan xislatlaridan xoli bo‘lish haqida qayg‘urishlari lozim. Ushbu xislatlar
motivatsiyaning aksi bo‘lib, insonning maqsad sari intilishlarini yo‘qotishga
xizmat qiladi. Motivatsiya yetishmasligidan azob chekadigan odamlar ko‘p
hollarda xayolparastlikka berilgan, aqllarini ishlatishni xohlamaydigan, o‘zlariga
beeʼtibor bo‘lib, yoshlariga qaraganda ancha keksaygan va hayotga qiziqishi
so‘ngan, noumid inson bo‘ladilar. Buyuk faylasuf Suqrot aytganidek, «Kimda
istak bo‘lsa – yo‘lini qidiradi, kimda istak bo‘lmasa – sabab qidiradi».
Kuchli motivatsiyagina kattalarni o‘qishga undaydi. Kattalarni o‘qitish,
o‘rgatish sohasi hisoblangan “andragogika” esa, kattalarga taʼlim beruvchi sanʼat
va fan hisoblanadi. Аndrogogik model quyidagi beshta asosga tayanadi:
1) O‘rganuvchilarga biror narsani o‘rganish nima uchun muhimligi bildiriladi;
2) O‘rganuvchilarga maʼlumotlar ichida o‘zlarini qanday boshqarishni
ko‘rsatadi;
3) Mavzu o‘rganuvchilar tajribasiga bog‘lanadi;
4) Odamlar to o‘rganishga tayyor bo‘lmagunicha yoki motivlanmagunicha
ishga kirishmaydilar;
5) Bu esa o‘rganish bo‘yicha to‘siqlarni, xatti-harakatlar va eʼtiqodlarni bartaraf
etishni talab qiladi.
Bolalar taʼlimida o‘qituvchilar tashqi motivatsion omillar (baho olish, ota-
onaning yoki o‘qituvchining talabi, uyalib qolishdan qo‘rqish va h.k.) sifatida
muhim o‘rinni egallasa, kattalar taʼlimida esa tashqi omillar o‘quv faoliyati
samaradorligiga taʼsir ko‘rsatsa-da, o‘quvchi masʼuliyatini kuchaytirmaydi.
Bunday farqni ajrata bilgan androgog tegishli metod, texnologiya va yondashuv
orqali kattalarga bilim olish ko‘nikmalarini o‘rgatishda muvaffaqiyatga erishadi.
Kichik yoshdagi bola bog‘chaga yoki maktabga ketayotganda, hech
kim buni xohlaysanmi, agar xohlasa, asosan nimani o‘rganishni xohlaydi, deb
so‘rashni jiddiy o‘ylamaydi.
92
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Kattalar uchun majburlash masalasi hech qanday ma’noga ega emas, chunki
ularning o‘zi o‘rganish, o‘qish tashabbuskori hisoblanadi. Odatda, kattalarning
aniq shakllangan kasbiy rejalari bo‘lib, yangi bilim va ko‘nikmalardan aynan nima
kerakligini tushunadilar.
Kattalarning bu xususiyatiga ko‘ra, androgog yanada samarali o‘qitish
usullaridan foydalanishi kerak, chunki faol idrok etish va fikrlash butunlay
boshqacha tarzda yangi materialni o‘rganishga imkon beradi. Bunda o‘qituvchi
faoliyatining o‘zagi endi majburlash masalasi emas, balki o‘quvchining bilim olish
va ko‘nikma hosil qilishdagi ishtahasi (ma’rifiy ehtiyoji)ni imkon qadar tezroq
qondirishdir.
Bola uchun o‘qituvchi odatda hayotidagi asosiy namunadir. Bunday
vaziyatda o‘qituvchining ishlashi oson, chunki har qanday so‘z avtomatik ravishda
haqiqat sifatida qabul qilinadi. Bundan tashqari, o‘qituvchi, qoida tariqasida, bir
vaqtning o‘zida ikkita vazifani bajaradi - o‘qituvchi va tarbiyachi.
Androgogning kattalar bilan munosabatlari butunlay boshqacha asosda
qurilgan. Bu yerda o‘qituvchi - xodim. O‘qituvchining moddiy farovonligi
talabaning o‘z ishidan qoniqishiga bog‘liq bo‘lib, bu eng yomon holatda ba’zi
o‘qituvchilarning tinglovchilari oldida xizmatkorligiga olib keladi. Agar o‘qituvchi
va katta yoshli o‘quvchi psixologik jihatdan teng huquqli sherik bo‘lishsa, yaxshi
bo‘ladi.
Ular uchun o‘quv jarayoni o‘zini va bir-birini hurmat qiladigan odamlarning
ishbilarmonlik munosabatlari bo‘lib, unda o‘qituvchi har doim ham yetakchi
o‘rinni egallamaydi.
Xulosa shuki, pedagogikadan farqli ravishda, andragogikaning taʼlimiy
maqsadi o‘rganuvchilarga mazmunni qabul qilishga va unga tanqidiy fikr
bildirishga zamin yaratish hamda uni hayotda amaliy qo‘llay olishda namoyon
bo‘ladi.
Kattalarni o‘qitish tamoyillarini amalda qanday qo‘llash kerak?
Andragogikaning asosiy pozitsiyasi, an’anaviy pedagogikadan farqli
o‘laroq, o‘quv jarayonida yetakchi rolni o‘qituvchi emas, balki o‘quvchi bajaradi.
Andragogika ma’ruza o‘rniga, asosan, amaliy mashg‘ulotlarni (munozaralar,
interfaol metodlarni) ta’minlaydi. Katta yoshdagi o‘quvchilar, ta’lim faoliyati
bilan shug‘ullanib, o‘quvchining yangi, ko‘pincha unutilgan rolini o‘ynaydi,
ammo bu rol avvalgisidan sezilarli darajada farq qiladi. Asosiy farq shundaki,
o‘quv motivlari keskin o‘zgaradi, chunki olingan bilim endi hayot rejalari
hamda muvaffaqiyatlarga erishish va ijtimoiy mavqeni aniqlash vositasi sifatida
qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |