• Qanday o‘quv mazmunlar o‘rgatilishi ko‘zda tutilmoqda?
Rejalashtirishning eng boshida bu savollarni o‘rganib chiqish – dars
mazmunining boshqa barcha tayyorlanish harakatlariga asosdir. Bu tushunchalar
va savollar o‘rtasidagi bogʼliqlikni quyidagi omillar aniq ko‘rsatadi.
Maqsadlar: Nima uchun?
Har bir dars oldindan belgilangan maqsadlarga rioya qilishi lozim. Odatda
o‘quv dasturi asosida belgilashimiz mumkin bo‘lgan aniq bir maqsad ko‘rsatilishi
lozim. Maqsadlar yozma ravishda dars rejasiga kiritiladi va maqsadga erishilgan-
erishilmaganligi test va topshiriqlar yordamida tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |