Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining



Download 3,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/170
Sana18.01.2022
Hajmi3,74 Mb.
#390678
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   170
Bog'liq
Jurnal Xalq talim sayt uchun 6kW66rf

65
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Oxirgi  yillarda  O‘zbekistonda  ta’lim  tizimini,  xususan,  maktab  ta’limini 
rivojlantirishga  alohida  e’tibor  qaratilmoqda.  Umumiy  o‘rta  ta’lim  standartlari, 
o‘quv  reja  va  dasturlari  yangilanib,  yangi  darsliklar  yaratilmoqda,  ta’lim 
muassasalarining  moddiy-texnik  bazasi  mustahkamlanmoqda.  Biroq,  maktab 
ta’limining  muvaffaqiyati  nafaqat  ta’limning  yangilangan  mazmuni  va 
zamonaviy  maktab  binolari  bilan  belgilanadi.  Ta’lim  sifatini  oshirishda  asosiy 
rolni  maktabning  pedagogik  jamoasi  o‘ynaydi.  Ma’lumki,  maktabdagi  ta’lim 
sifati unda faoliyat yuritadigan o‘qituvchilarning sifatidan yuqori bo‘lishi mumkin 
emas [1].
Ana  shu  obyektiv  reallikdan  kelib  chiqib,  mamlakatimizda  pedagog 
kadrlarning  muvaffaqiyatli  mehnat  qilishi,  malakasini  oshirishi  uchun  barcha 
shart-sharoitlar  yaratilgan.  O‘qituvchi  va  murabbiylarning  mavqeyi  va  nufuzini 
oshirish  borasida  maqsadli  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Oxirgi  4  yil  davomida 
ular  bevosita  xizmat  vazifalari  va  kasbiy  faoliyati  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  turli 
yig‘ilishlarga, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarga jalb etilmayapti. O‘qituvchilarning 
kasbiy mahoratini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aynan o‘qituvchining 
kasbiy mahorati maktabda ta’lim sifatini oshirishga, uning jamiyatdagi nufuzini 
oshirishga  xizmat  qiladi.  Shu  nuqtai  nazardan,  bir  tomondan,  malaka  oshirish 
uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ikkinchi tomondan o‘qituvchilarning o‘z kasbiy 
mahoratini oshirishga intilishi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bu o‘qituvchidan 
doimiy  ravishda  yangi  bilim  va  ko‘nikmalarni  egallash,  zamonaviy  o‘qitish 
texnologiyalarini o‘zlashtirish ustida ishlashni taqozo etadi.
Afsuski, aynan shu sohada yillar davomida muayyan obyektiv va subyektiv 
muammolar  to‘planib  qolgan.  Xalq  ta’limi  xodimlarining  umumiy  va  xususan 
pedagogik  kadrlar  malakasini  oshirishning  sovet  davrida  belgilangan  tashkiliy 
tamoyillari  obyektiv  muammolar  manbayi  hisoblanadi.  Ushbu  tamoyillarga 
muvofiq  ta’lim  muassasalarining  rahbarlari  3  yillik,  pedagogik  xodimlar  esa  5 
yillik davriylik asosida 144 soatlik o‘quv dasturi bo‘yicha, asosan, ish va yashash 
joyidagi ajralgan holda o‘z malakalarini oshirishlari shart, chunki kurslar viloyat 
markazlarida joylashgan malaka oshirish institutlari tomonidan tashkil etiladi. Bu 
esa malaka oshirayotgan o‘qituvchilarni boshqa o‘qituvchilar bilan almashtirish, 
o‘qituvchining  oilasi  va  yashash  joyidan  yiroq  ketishi,  qo‘shimcha  moliyaviy 
xarajatlar  bilan  bog‘liq  ko‘plab  muammolarni  keltirib  chiqarmoqda.  Shu 
sababdan  ham  o‘qituvchilar  malaka  oshirish  kurslariga  xohlamasdan  boradilar 
va ilojini topsalar, malaka oshirishdan bosh tortadilar.
Yaqinda  o‘tkazilgan  tadqiqotlar,  shuningdek,  ayrim  o‘qituvchilarda  kasbiy 
bilim  va  ko‘nikmalarning  etishmasligi  bilan  bog‘liq  subyektiv  muammolarni 


66
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
ham  ko‘rsatdi,  bu  esa  kasbiy  mahoratni  oshirish  bo‘yicha  mustaqil  ishlarning 
yetishmasligidan  dalolat  beradi.  Kasbiy  tayyorgarlik  saviyasini  o‘rganish  uchun 
tasodifiy  tanlangan  o‘qituvchilar  va  maktab  rahbarlarining  yarmidan  ko‘pi 
mutaxassislik  (o‘qituvchilar)  va  boshqaruv  (maktab  direktorlari)  bo‘yicha  juda 
sayoz bilimga ega ekanliklari ma’lum bo‘ldi.
Subyektiv  tavsifga  ega  bo‘lgan  ushbu  muammoning  kelib  chiqishi 
yuqorida  qayd  etilgan  obyektiv  muammoning  salbiy  ta’siri  bilan  izohlanadi. 
O‘qituvchilar va maktab direktorlarining yomon ko‘rsatkichlari nafaqat o‘z-o‘zini 
takomillashtirishga  intilishning  yetishmasligi,  balki  xalq  ta’limi  muassasalari 
xodimlarining malakasini oshirish davriyligi bilan ham bog‘liq. 3-5 yil davriylikda 
amalga  oshiriladigan  malaka  oshirish  kursi  ta’lim  sohasidagi  bilimlar 
yangilanishining  zamonaviy  sur’atlariga  munosib  tayyorgarlikni  ta’minlab 
berolmaydi.  Kurslarda  olingan  bilimlar  tezda  eskiradi,  bu  esa  o‘qituvchilarning 
taraqqiyotdan orqada qolishiga va o‘qitiladigan fani, o‘qitish metodikasi va ta’lim 
texnologiyalari bilan bog‘liq yangiliklardan bexabar bo‘lib qolishiga olib keladi.
Mamlakatimiz  rahbariyati  tomonidan  yuqoridagi  muammolar  va  ularning 
kelib  chiqish  sabablarini  inobatga  olgan  holda,  malaka  oshirish  tizimini 
davriylikdan uzluksiz faoliyatga o‘tkazishni, ya’ni xalq ta’limi xodimlarining davriy 
malaka  oshirishdan  uzluksiz  malakasini  oshirishga  o‘tishni  nazarda  tutuvchi 
qator  me’yoriy  hujjatlar  qabul  qilindi  [2,3].  Yangi  me’yoriy  hujjatlarga  muvofiq, 
xalq  ta’limi  xodimlarining  malakasini  davriy  oshirib  borish  o‘rniga  uzluksiz 
rivojlanish  tizimi  joriy  etilmoqda.  Endi  xalq  ta’limi  xodimlari  har  yili  kamida  36 
soat  o‘z  malakalarini  oshiradilar.  Malaka  oshirish  kurslari  uchun  o‘qitishning 
kredit-modul tizimi joriy etilmoqda.
Xalq  ta’limi  xodimlarining  ishdan  ajralmagan  holda  o‘zini-o‘zi 
takomillashtirishi  uchun  zarur  shart-sharoitlarni  yaratish  maqsadida  “Uzluksiz 
kasbiy  ta’lim”  maxsus  elektron  platformasi  ishlab  chiqildi  va  amaliyotga  joriy 
etilmoqda. Mazkur elektron platforma xodimning kasbiy bilimlarini diagnostika 
qilish  va  malaka  oshirishga  bo‘lgan  ehtiyojni  aniqlash  asosida  mazkur  xodim 
uchun  kasbiy  rivojlanishning  individual  trayektoriyasini  tuzib  beradi.  Elektron 
platforma  xodim  kasbiy  rivojlanishining  individual  trayektoriyasiga  muvofiq 
unga muayyan o‘quv modullarini o‘zlashtirishni taklif qiladi, o‘quv modullarining 
mustaqil  o‘zlashtirilishi  tegishli  miqdordagi  kreditlar  bilan  rag‘batlantiriladi. 
Malaka  oshirish  sertifikatini  olish  uchun  zarur  bo‘lgan  kreditlar  miqdori 
tasdiqlangan.
Uzluksiz  malaka  oshirishning  yangi  tizimiga  muvofiq,  xodimning  kasbiy 
mahoratini oshirishga qaratilgan har qanday faoliyati rag‘batlantiriladi. Buning 



Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish