Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining



Download 3,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/170
Sana18.01.2022
Hajmi3,74 Mb.
#390678
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   170
Bog'liq
Jurnal Xalq talim sayt uchun 6kW66rf

59
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Mamlakatimizda  ham  milliy  tadqiqotchilar  uchun  shunday  manbalarni 
ko‘paytirish masalasi hukumat darajasida amalga oshirilishi belgilab olingan. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2020-yil, 
6-noyabrdagi 
“O‘zbekistonning  yangi  taraqqiyot  davrida  ta’lim-tarbiya  va  ilm-fan  sohalarini 
rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PF-6108-son  Farmoni,  2020-yil, 
29-oktabrdagi  “Ilm-fanni  2030-yilgacha  rivojlantirish  konsepsiyasini  tasdiqlash 
to‘g‘risida”gi  45-son  Farmoni  bilan  tasdiqlangan  Ilm-fanni  2030-yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari (41-band: 
Nufuzli  xalqaro  ilmiy-texnik  ma’lumotlar  bazalariga  kiritish  uchun  salohiyati 
yuqori  bo‘lgan  ilmiy  tashkilotlar  va  oliy  ta’lim  muassasalari  ilmiy  jurnallarini 
aniqlash  va  ularni  mazkur  bazalarga  kiritish  bo‘yicha  tashkiliy  ishlarni  amalga 
oshirish) ga erishish vazifasi belgilab berilgan [2; 45 b.].
A.  Avloniy  nomidagi  xalq  ta’limi  muammolarini  o‘rganish  va  istiqbolini 
belgilash  ilmiy-tadqiqot  instituti  xalq  ta’limi  xodimlarini  qayta  tayyorlash  va 
ularning  malakasini  oshirish  tizimi  uchun  zamonaviy,  shu  jumladan,  elektron 
formatdagi  raqamli  o‘quv  adabiyotlari  bazasini  yaratish,  jahon  ilmiy-texnik 
ma’lumotlarning  elektron  axborot  resurslaridan  foydalanish,  uzluksiz  ta’lim 
tizimi  mazmunini  sifat  jihatidan  yangilash,  shuningdek,  professional  kadrlarni 
tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish  jarayonlarini  sifatli  o‘quv-
metodik resurslar bilan ta’minlash ustida keng ko‘lamli ishlarni boshlamoqda.
Shuningdek,  institut  ilmiy  ishlanmalarining  doimiy  yangilanib  turadigan 
elektron  ma’lumotlar  bazasini  yaratish,  ya’ni  ilmiy  ishlanmalarning  elektron 
ma’lumotlar  bazasini  ishlab  chiqish  va  uni  muntazam  yangilab  borishga  bel 
bog‘lamoqda.  Ta’lim  sohasi,  jumladan,  maktab  ta’limi  muammolari  yechimiga 
qaratilgan  ilmiy-tadqiqot  ishlari  nusxalari  bazasi  shakllantiriladi,  mahalliy 
tadqiqotchilarning  dissertatsiyalari  tasniflangan  holda  ma’lumotlar  bazasiga 
joylashtirib boriladi.
Natijada,  Ilm-fanni  2030-yilgacha  rivojlantirish  konsepsiyasining  maqsadli 
ko‘rsatkichlari va indikatorlari(41-band: Nufuzli xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar 
bazalariga kiritish uchun salohiyati yuqori bo‘lgan ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim 
muassasalari  ilmiy  jurnallarini  aniqlash  va  ularni  mazkur  bazalarga  kiritish 
bo‘yicha  tashkiliy  ishlarni  amalga  oshirish)ga  erishish  maqsadida  ta’lim  va 
pedagogika  fanlari  bo‘yicha  davriy  ilmiy  nashrlarning  ma’lumotlar  va  kitoblar 
bazalariga a’zo bo‘lish orqali tadqiqotchilarni zaruriy manbalar bilan ta’minlanadi.
Keng jamoatchilik, tadqiqotchilar va xalq ta’limi xodimlarini ilmiy-metodik va 
boshqa  yangiliklar,  ma’lumotlar  bilan  ta’minlab  borish  maqsadida  institutning 
ilmiy-metodik jurnali, jumladan, elektron nashri joriy etiladi.


60
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Institut Axborot resurs markazini ehtiyojlar asosida zamonaviy, shu jumladan, 
elektron  formatdagi  o‘quv  adabiyotlari  bilan  to‘ldirish  maqsadida  mahalliylari 
raqamlashtiriladi va xorijiy nashrlar, aniqrog‘i, sotib olinadi.
Institut  ilmiy  ishlanmalari,  kutubxona  fondi  resurslarni  shtempellar,  kitob 
belgilari,  yakka  tartibdagi  mashina  o‘qiydigan  shtrixli  kodlash,  chiplashtirilgan, 
doimiy  yangilanib  turadigan  elektron  ma’lumotlar  bazasini  yaratish,  ya’ni 
elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va uni muntazam yangilab turishga 
erishiladi.
Yuksak  mahoratli  pedagog  kadrlarni  tayyorlash,  qayta  tayyorlash 
va  malakasini  oshirish,  ilmiy-tadqiqot  jarayonlarini  sifatli  o‘quv-metodik 
resurslar  bilan  ta’minlash  maqsadida  variativ  o‘quv  dasturlariga  mos  ravishda 
tasniflanuvchi,  elektron  tarmoqda  avtomatlashtirilgan  saralash  hamda  qidiruv 
tizimlari talablariga mos fokuslashtirilgan resurslar kartotekasi shakllantiriladi (3-
rasm).

Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish