156
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH
VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH
ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
va test savollari orasidagi kontent interfeys aloqasi mustahkamlanadi. Bu esa
onlayn kurs samaradorligiga erishish maqsadida test savol-topshiriq va amaliy
laboratoriya ishlari natijalarini umumlashtirish uchun xizmat qiluvchi vositalarni
aniqlab olishda zarur vazifa hisoblanadi. Aynan rivojlantirish bosqichida o‘quv
kurs yaratuvchi shaxs tomonidan talabaga biror-bir kursni taqdim etishdan avval
kurs yaratilishida ijodiy moslashuvchanlik talab etiladi.
Implementation - (
Joriy qilish
) - o‘quv kursining joriy etilishida masofadan
turib muayyan ta’lim jarayonlarini boshqarish orqali o‘quv kursiga tegishli
axborot materiallari, ma’ruzalari, qo‘shimcha adabiyotlar yuklangan holda
talaba muayyan bir vaqtda masofadan turib, o‘quv kursida mustaqil ta’lim olishi
mumkin bo‘ladi. Bu jarayon ahamiyatsizlik darajasi sifatida namoyon bo‘lishi
tabiiy, lekin talabaga taqdim etilayotgan o‘quv materialini tayyorlashda aynan
talaba tomonidan foydalanilayotgan onlayn kurs ma’ruza va o‘quv adabiyotlariga
baho berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali talaba tomonidan o‘quv kurs
materiallariga berilgan baho orqali kurs yaratuvchi shaxs o‘quv kontenti uchun
tayyorlangan o‘quv-axborot materiallarining qay darajada ekanligi to‘g‘risidagi
dastlabki ma’lumotga ega bo‘lish mumkin, shu bilan birga, axborot materiallarni
qayta ko‘rib tahlil imkoniyatini taqdim etadi.
Evaluation - (
Baholash
) - muayyan o‘quv kursini joriy qilish to‘g‘risidagi
ilk ma’lumotlar umumlashtirilgandan so‘ng, taqdim etilgan o‘quv kursining
samaradorlik darajasi baholanadi.
Pedagogik dizaynidagi birinchi Tahlil bosqichi oldida turgan vazifalarni
amalga oshirishda o‘quv amaliyotida erishilgan natijalar bilan bog‘lash lozim.
Chunki, o‘quv kontent tahlili yordamida kurs yaratuvchi tomonidan o‘quv kursiga
yuklangan axborot materiallari, ma’ruza matnlari tegishli baholash mezonlari
asosida baholanadi.
O‘quv kursidan kutilgan natijalar o‘z navbatida:
● talaba tomonidan kurs o‘quv materiallarining o‘zlashtirilganlik darajasiga
tayangan holda, yaratilgan o‘quv kursi umumiy baholanadi.
● texnik tomonidan ma’ruza va kurs uchun saralangan o‘quv-axborot
ma’lumoti va adabiyotlar yuklanganligi bilan bog‘liq sozlash jarayonlari
pedagogik dizaynning ushbu bosqichida bayon qilinadi.
● O‘quv kurs metodisti, mutaxassis va malakali pedagog o‘qituvchilar
jamoasidan tarkib topgan guruh tomonidan taqdim qilingan o‘quv kursini
baholash mezonlari asosida qayta ko‘rib
chiqilishi talab etiladi
● O‘quv kursining yangilangan so‘nggi versiyasini yaratish orqali barcha
amaliy ishlar yakunlanadi.