7 ta transversal (tayanch) kompetensiyalarni shakllantirish oʻquv
dasturlarida koʻzda tutilgan.
Bu - bilim va koʻnikmalar, qadriyatlar, munosabat
va irodadan iborat yaxlit tushuncha. Qobiliyat – bilim va koʻnikmalarni vaziyatga
qarab ishlata olish imkoniyatini anglatadi. Umumiy maqsad esa, oʻquvchilarning
122
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
shaxs sifatida rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash, demokratik jamiyat va barqaror
hayotda faol ishtirok etishlari uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni shakllantirish
hisoblanadi.
Finlyandiya umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻquv dasturida quyidagi
7 ta transversal (tayanch) kompetensiyalar koʻzda tutilgan. Bu kompetensiyalar
tillarni oʻqitishda ham
yoʻnalish xususiyatlariga bogʻliq ravishda shakllantiriladi.
1. Fikrlash va oʻrganish qobiliyati - (T1)
2. Madaniy-kommunikativ kompetensiya – (T2)
3. Kundalik kompetensiya - (T3)
4. Koʻp tomonlama savodxonlik – (T4)
5. Raqamli savodxonlik kompetensiyasi – (T5)
6. Mehnat faoliyati va tadbirkorlik koʻnikmalari – (T6)
7. Barqaror kelajakka hissa qoʻshish, taʼsir etish va qatnasha olish
qobiliyati-(T7)
Oʻzbekiston Milliy oʻquv dasturida maktab bitiruvchilarida til va adabiyot
fanlari boʻyicha rivojlantiriladigan umumiy kompetensiyalar belgilanmoqda.
Ular “Nutqiy kompetensiyalar” (Ogʻzaki nutq malakasi va Yozma nutq malakasini
“Anglash malakasi”, “Oʻqish va tushunish”, “Tinglab tushunish”) hamda “Lngvistik
kompetensiyalar” (Lingvistik malaka: fonetika, imlo, leksikologiya, morfologiya,
sintaksis) orqali shakllantirish koʻzda tutilgan.
Finlyandiya maktablarida oʻquvchilar til koʻnikmalari va milliy madaniyati
hisobga olinadi. Maktab boshqa ona tilida soʻzlashadigan va boshqa madaniyatga
mansub boʻlgan oʻquvchilar uchun oʻrganish va muloqot qilish imkoniyatlarini
yaratishi kerak. Oʻqituvchilar oʻz fanini fin va shved tilida bera olishi lozim. Barcha
koʻrsatmalar umumiy oʻrta taʼlim uchun oʻquv dasturida belgilangan umumiy
maqsad va prinsiplarga muvofiq boʻlishi koʻzda tutiladi. Maqsad – oʻquvchilarni
turli tillar va madaniyatlarni qadrlashga oʻrgatish, ikki tilli va koʻp tillilikni
targʻib qilish, shu orqali oʻquvchilarning lingvistik bilimlari va metalingvistik
koʻnikmalarini mustahkamlash hisoblanadi.
Dastur fin va shvedlarning milliy tillar maqomini va fin tilining aholining
koʻpchilik qismi tili hamda taʼlim jarayonining asosiy tili maqomini tasdiqlaydi. Fin
tili nafaqat oʻrganish obyekti, balki turli fanlarni oʻrganish vositasi hamdir. Oʻqitish
va oʻrganish orqali kerakli bilim va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Hamkorlik “Fin
tili va adabiyoti”, “Fin tili va adabiyoti ikkinchi davlat sifatida” dasturlarini hamda
Do'stlaringiz bilan baham: |