5. Salimaning ko‘ngli joyiga tushdi va aybdorlarcha tabassum
bilan yigitga qaradi. Ushbu gapdagi ravishning ma’no turini aniqlang.
A) sabab ravishi;
B) holat ravishi;
C) o‘rin ravishi;
D) payt ravishi.
6. Maqsad ravishi qatnashgan gapni toping.
A) Men sizni olib ketgani keldim;
B) Ovozingizni eshitish umidi bilan ataylab kelgan edim;
C) Umringga yuz bahor zamondosh bo‘lsin;
D) U borganidan xursand bo‘ldi.
7.
Chang va tutundan mashina va odamlar zo‘rg‘a ko‘rinar edi.
Ushbu gapda qo‘llangan ravishning turini aniqlang.
A) holat ravishi;
B) sabab ravishi;
C) daraja-miqdor ravishi;
D) payt ravishi.
8. Berilgan so‘zlardan o‘rin ravishini aniqlang.
A) majburan, tez, uyda;
B) aniq, o‘rtada, majburan;
C) o‘rtadan, hali, chetdan; D) quyi, chetda, oldinga.
Do'stlaringiz bilan baham: |