145
133-mashq.
Gaplarni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan ravishlarni ma’no
va grammatik jihatdan turlarga ajrating.
1. Hamon suvni to‘fon qilib, hamon olishayotgan baliqni zo‘r-bazo‘r
qirg‘oqqa sudrab chiqishdi.(O‘.H.) 2. Lekin chayla yoniga borganda
qo‘rqa-pisa yana to‘xtadim. 3. Eshikni ohista yopib chiqib ketdi. 4.
Alimardon ular to‘yga aytib kelishganini tushundi-yu, ataylab o‘zini
go‘llikka soldi. 5. Qorning qalin pardasi ortida uning rangi ko‘rinmas,
sharpaday arang ko‘zga chalinardi. 6. - Anglashilmovchilikmi, yo jo‘rttaga
qilingan ishmi bu? - dedi Shukurov (O‘.H.).
Do'stlaringiz bilan baham: