Mavzuni o‘zlashtirish uchun mustaqil topshiriq
1. O‘zbek tilida yozilgan lug‘atlarning nomi, muallif-tuzuvchilarning
ismu sharifi, nashr yili, jildini bexato va ko‘proq yozishga harakat qiling.
2. "
O‘zbek tilining izohli lug‘ati
"dan lotin, lotinlashtirmoq, lotincha
so‘zlarni toping hamda izohini lug‘at daftaringizga ko‘chiring.
3. "
O‘zbek tilining paremiologik lug‘ati
"dan tanlangan paremalarni
o‘qib, mazmunini ayting va yod oling. Lug‘at haqida ma’lumot tayyorlang.
Aql bilan ish tut, naql bilan el kut!
Aql boshdan chiqar, oltin – toshdan.
Aql bilan ishlasang – ish unar, har mushkul oson bo‘lar.
Basharning ozodligi – dunyoning obodligi.
Bahsdan ham bahs tug‘iladi.
Befoyda so‘zni aytma, foydali so‘zdan qaytma!
Bilimsiz birni yig‘ar, bilimli – mingni.
Do‘stdan molini ayamagan – eldan jonini ayamas.
Kishining hurmati – tilda, qudrati – qo‘lda.
Ona yurting – oltin beshiging.
63
Do'stlaringiz bilan baham: |