B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Bozor sharoitida muvozanatlashgan rejalashtirishning



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/195
Sana18.01.2022
Hajmi2,02 Mb.
#390083
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   195
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

 
3.2.Bozor sharoitida muvozanatlashgan rejalashtirishning 
zaruriyati 
 
Rejalashtirish  –  davlat,  boshqaruv  organlari,  xo’jalik  yurituvchi 
subyektlarning  mamlakat,  mintaqalar,  tarmoqlar,  mulkchilikning  barcha 
shakllaridagi  korxonalarni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  istiqbollarini 
ishlab chiqish bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan faoliyati.  
So’nggi o’ttiz yildan ortiq yil mobaynida iqtisodchilar reja va bozorni 
uyg’unlashtirish  muammosi  borasida  baxs-munozaralar  olib  borishdi. 
Bozor  munosabatlari  haqiqatga  aylangach,  reja  va  bozor  –  bu  bir-biriga 
qarama-qarishi  emas,  balki  iqtisodiy  tizimning  bir-birini  to’ldiruvchi 
unsurlari  ekanligi  tushunib  etildi.  Muvazanatlashgan  umumdavlat 
rejalarisiz  pul-kredit,  soliq,  bojxona  siyosati  asosida  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishni boshqarish o’zini oqlamaydi.  
Davlat  tomonidan  rejalashtirilishi  lozim  bo’lgan  obyektlar  doirasi 
ancha  keng.  Birinchi  galda  –  bu  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  tarkibi. 
Bozorning  mavjud  bo’lishi  ulushlar  va  tarkibiy  siljishlarga  ta’sir 
ko’rsatishi mumkin va davlat ulushlarning qanday yuzaga kelishiga befarq 
emas. Ijtimoiy sohada esa, eng asosiysi – iqtisodiyotning kelgusidgi rivoji 
aholining  turli  ijtimoiy  guruhlari  turmushiga  qanday  ta’sir  ko’rsatishini 
oldindan  ko’ra  bilish,  ushbu  ta’sirning  salbiy  tomonlarini  aniqlash  va 
muhtojlarni himoyalash choralarini ko’rishdan iborat.  


 
58 
Jahonda  rejalashtirishga  bo’lgan  qiziqish  va  e’tibor  1930-yillarga 
kelib  kuchaydi.  Bunda  jahon  iqtisodiy  inqirozi  va  sobiq  ittifoqda 
rejalashtirish  tajribasining  ta’siri  katta  bo’ldi.  Makrodarajadagi  dastlabki 
rejalar  moliya-byudjet  va  pul-kredit  sohasini  qamrab  oldi.  Ular  moliya 
vazirliklari tomonidan ishlab chiqiladigan milliy byudjetlarda o’z ifodasini 
topdi.  
Belgilangan tartibga muvofiq davlat prognozlari va ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish  dasturlari  ishlab  chiqiladi.  Ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish 
prognozlari  demografik,  ilmiy-texnikaviy,  ekologik,  iqtisodiy,  ijtimoiy, 
shuningdek  tarmoq,  mintaqaviy  va  faoliyatning  ijtimoiy  ahamiyatga  ega 
bo’lgan boshqa sohalarini aks ettiradi.  
Ijtimoiy  rivojlanishning  tebranuvchanlik  nazariyasiga  muvofiq 
jamiyatning  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  siyosiy  holatidagi  o’zgarishlar  ko’p 
jihatdan  tabiiy  rivojlanishga  bog’liq  bo’lib,  tabiiy  jarayonda  yuz  beradi. 
Lekin  jamiyat  ijtimoiy  jarayonlarni  uyg’unlashtirishga,  taraqqiyotning 
moddiy  va  ma’naviy  yo’qotishlarini  kamaytirishga  qodir,  bu  uzoq 
muddatli rejalashtirishda nazarda tutiladi.  
Rejalashtirish  direktiv,  indikativ,  shartnomaviy  va  tadbirkorlikni 
rejalashtirish kabi turlarga bo’linadi.  
Direktiv  rejalashtirish  manzilli  topshiriqlarni  belgilash  va  ularni 
bajarish  uchun  zarur  bo’lgan  resurslarni  reja  ijrochilari  o’rtasida 
taqsimlash  orqali  amalga  oshiriladi.  Asosiy  ishlab  chiqarish  vositalariga 
nisbatan  davlat  mulkchiligi  monopoliyasi  sharoitida  rejalashtirish  jamiyat 
hayot  faoliyatining  barcha  tomonlarini  qamrab  oladi.  Byudjetdan 
moliyalash,  kapital  qo’yilmalar  me’yorlari,  moddiy-texnika  resurslari 
fondlari,  davlat  buyurtmalari  direktiv  rejalashtirishning  asosiy  vositalari 
hisoblanadi.  
Direktiv  reja  ko’rsatkichlarini  ishlab  chiqishda  uning  ijrochilari 
asosiy  rolni  o’ynamaydi.  Rejaning  asosiy  ijodkorlari  reja  ko’rsatkichlari 
bajarilishining  moddiy-texnika  ta’minoti  yuzasidan  majburiyatlarni  o’z 
zimmasiga olishadi. Ushbu holat direktiv rejalashtirishdagi eng zaif nuqta 
hisoblanadi, ko’pincha rejalar uchun zarur resurslar ajratilmaydi.  
Mulkchilik 
shakllarining 
xilma-xilligi 
sharoitida 
direktiv 
rejalashtirish  unsurlari  davlat  sektori  va  byudjetdan  moliyalash  doirasida 
davlat  ehtiyojlari  uchun  mahsulot  etkazib  berish;  iqtisodiyotning  davlat 
sektorini  rivojlantirish;  davlat  byudjetidan  moliyalash  uchun  qabul 
qilingan  davlat  dasturlari;  davlat  byudjeti  kabi  reja  hujjatlarida  saqlanib 
qoladi.  


 
59 
Direktiv  rejalashtirishdan  uning  boshqa  shakllariga  o’tish,  birinchi 
galda,  rejalar  ishlab  chiquvchilari  va  ijrochilari  o’rtasidagi  manfaatlar 
ziddiyatiga  barham  berilishini  nazarda  tutadi.  Rejalar  topshiriqlar 
ko’rinishida etkazilmaydi va o’z ijrochilari tomonidan ishlab chiqiladi.  
Bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  bilan  davlat  va  nodavlat  sektorlarda 
ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlarni  ongli  ravishda  boshqarish  usuli  sifatida 
indikativ rejalashtirish rivojlanadi.  
Ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  indikatorlari  sifatida  iqtisodiyotning 
dinamikasi, tarkibi va samaradorligini; moliya-kredit siyosatining holatini; 
tovarlar va qimmatli qog’ozlar bozori, valyuta bozorining holatini; narxlar 
harakatini;  aholining  bandligi  va  turmush  darajasini  tavsiflovchi 
ko’rsatkichlardan foydalaniladi.  
Ko’rsatkichlarning  o’zaro  bog’liq  va  muvazanatlashgan  tizimi 
davlatning  ta’siri  choralari  bilan  to’ldiriladi,  shu  jumladan  byudjet 
mablag’lari, amortizastiya  me’yorlari, kredit uchun foiz, soliqlar, bojxona 
bojlari,  listenziyalar  va  kvotalar,  davlat  buyurtmalari  va  boshqalardan 
foydalaniladi.  
Indikativ  rejalashtirish  bozor  iqtisodiyotining  faoliyat  ko’rsatishiga 
ta’sir  etishning  asosiy  usuli  hisoblanadi.  U  faqat  bozor  usullari  bilan 
amalga  oshirishning  iloji  bo’lmagan  yoki  qiyin  bo’lgan  ko’plab 
masalalarning  hal  etilishini  ta’minlashga  qaratilgan.  Bu  davlat  boshqaruv 
organlari  tizimi  barcha  bo’g’inlarining  ham  o’zaro,  ham  mintaqaviy 
organlar bilan o’zaro hamkorligi shaklidir. 
Indikativ rejalashtirish bozorning mustaqil subyektlarini davlat bilan 
mutanosib  asoslarda  rivojlanish  dasturlarini  ishlab  chiqish  va  amalga 
oshirishga  jalb  qilish  usuli  hisoblanadi.  U  tovar  ishlab  chiqaruvchilar, 
xaridorlar  va  umuman  bozorga  ta’sir  etishning  iqtisodiy  vositalaridan 
foydalanishga  asoslanib,  davlat  va  xususiy  sarmoya  manfaatlarini 
uyg’unlashtirish imkonini beradi.  
Indikativ reja ikkita asosga tayanadi. Bir tomondan, u dasturlar yoki 
alohida  ko’rsatkichlarni  ishlab  chiqish  uchun  yo’naltiruvchi  axborot 
hisoblanadi.  Bu  borada  u  tavsiyaviy  xususiyatga  ega:  ko’rsatkichlar 
strategiya  yoki  iqtisodiy  harakat  to’g’risida  qarorlar  qabul  qilishda 
indikatorlar  sifatida  foydalaniladi.  Indikativ  reja  qamrab  olgan  xo’jalik 
yurituvchi  subyektlar  uchun  uning  ko’rsatkichlari  majburiy  hisoblanadi, 
chunki  ularni  bajarmaslik  rejada  qo’yilgan  vazifalarning  bajarilmasligiga 
olib keladi.  
Indikativ rejalar ustuvor yo’nalishlarga asoslanadi, ularning ayrimlari 
davlatning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  siyosati  bilan  belgilansa 


 
60 
(energetika, aviastiya, kosmik texnika), boshqalari rejalashtirish jarayonida 
aniqlanadi. 
Asoslangan 
ustuvor 
yo’nalishlar 
zamirida 
tegishli 
rag’batlantirish  mexanizmlari  ishlab  chiqiladi;  milliy  ahamiyatga  ega 
bo’lgan  yirik  loyihalar  bo’yicha  o’rta  muddatli  dasturlar  doirasida  davlat 
va  xususiy  sektorning  birgalikdagi  sa’y-harakatlari  evaziga  investistiya 
kelishuvlari tuziladi.  
Indikativ  rejalashtirishda  korxonalar  muvofiqlashtiruvchi  organga 
(bu  ijro  etuvchi  hokimiyat  organi  bo’lishi  mumkin)  o’zining  mahsulotni 
sotish  (etkazib  berish)  to’g’risidagi  takliflarini  yuboradi.  Agar  ular  qabul 
qilinsa,  bu  ikkala  tomon  uchun  ham  tegishli  majburiyatlarni  yuklaydi:  a) 
muvofiqlashtiruvchi  organ  hajmlarni  amalga  oshirish  va  rag’batlantirish 
tizimiga  kiritadi;  b)  korxona  olingan  majburiyatni  bajarishga  majbur 
bo’ladi. Shunga o’xshash tartib direktiv rejalashtirishda ham yuqoridan va 
quyidan  belgilangan  rejalarni  uyg’unlashtirish  shaklida  amal  qildi,  farq 
faqat  shundaki,  endi  reja  korxonaga majburiy  tartibda  etkazilmaydi,  balki 
u tomonidan ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi.  
Shartnomaviy  rejalashtirish  korxonalar,  birlashmalar,  banklar, 
hokimiyat  va  boshqaruv  organlari  o’rtasida  ixtiyoriy  va  o’zaro  foydali 
asosda  quriladigan  tijorat  munosabatlarini  tartibga  soladi.  Shartnomaviy 
munosabatlar  barqaror  ishlab  chiqarish-iqtisodiy  aloqalarni,  o’zaro 
majburiyatlarni,  ularni  bajarish  shartlarini  shakllantiradi  va  bozor 
sharoitida  rejaviylikni  qo’llab-quvvatlashning  kafolatlovchi  xo’jalik 
mexanizmini yaratadi.  
Shartnomaviy  rejalar  etkazib  berish  to’g’risidagi  kelishuvlar, 
shartnomalar,  ishtirok  etish  tizimi  ko’rinishida  va  boshqa  shakllarda 
amalga  oshiriladi.  Tegishli  iqtisodiy  va  huquqiy  asoslar:  qonunchilik 
me’yorlari, mustaqil sud tizimi va boshqalar shartnomaviy rejalashtirishni 
ta’minlash uchun xizmat qiladi.  
Ma’danli  xomashyoni  qidirish,  razvedka  qilish,  qazib  chiqarish, 
ishlab  chiqarilgan  mahsulotni  taqsimlash,  uni  tashish,  ishlov  berish, 
saqlash  sotish  jarayonida  yuzaga  keladigan  munosabatlar  mahsulotni 
bo’lish to’g’risidagi kelishuvlar bilan tartibga solinadi.  
Investistiya  kelishuvlari  ma’danli  xomashyo  ishlab  chiqarish 
tarmog’iga  investistiyalarni  jalb  qilish  maqsadida  tuziladi.  Iqtisodiyot 
vazirligi  hamda  qo’shma  korxonaning  ustav  fondiga  zarur  ulush  kiritgan 
va  to’g’ridan-to’g’ri  kapital  qo’yilmalarni  amalga  oshiruvchi  xorijiy 
kompaniyalar investistiya kelishuvining tomonlari hisoblanadi. Iqtisodiyot 
vazirligi  xorijiy  sarmoyaorga  investistiya  kelishuvini  amalga  oshirish 
uchun ko’maklashadi.  


 
61 
Korxonalar,  firmalar,  ishlab  chiqarish-xo’jalik  va  moliya  faoliyati 
barcha  subyektlarining  samarali  rivojlanish  yo’llarini  asoslashga  va 
tanlashga 
yo’naltirilgan 
Funksiyasi 
tadbirkorlikni 
rejalashtirish 
hisoblanadi.  Uning  asosini  firmaning  turli  muddatlarga  mo’ljallangan 
tezkor,  joriy  va  strategik  vazifalarni  hal  etishga  qaratilgan  ichki  rejalari 
tashkil qiladi.  
Rejalashtirish  mohiyati  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlarning  mazmunini 
aks  ettiruvchi  tegishli  ko’rsatkichlarni  ishlab  chiqishdan  iborat.  Reja 
ko’rsatkichlari tasdiqlanadigan va hisob-kitob; miqdoriy va sifat; absolyut 
va  nisbiy;  natural  va  qiymat  kabi  turlarga  bo’linadi.  Ko’rsatkichlarning 
katta  qismi  hisob-kitob  ko’rsatkichlaridir.  Tasdiqlanadigan  ko’rsatkichlar 
normativlar  (fondlarni  tashkil  etish,  to’lovlar,  pul  mablag’lari),  me’yorlar 
(resurslarni  iste’mol  qilishning  ruxsat  etilgan  yuqori  hajmi  va  b.)  va 
byudjetdan moliyalash hajmlari ko’rinishida ishtirok etadi.  
Qiymat ko’rsatkichlari ijtimoiy ishlab chiqarishning o’sish sur’atlari, 
ulushi  va  tarkibini,  yalpi  ichki  mahsulotni,  milliy  daromadni,  tarmoqlar 
bo’yicha  mahsulot  hajmini,  investistiyalarni,  chakana  tovar  aylanishini, 
foyda, eksport, import va boshqalarni tavsiflaydi.  
Resurslardan  foydalanish  samaradorligi  mehnat  unumdorligi, 
fondning  qatarilishi,  material  sig’imi,  ishlab  chiqarish  quvvatlarini 
o’zlashtirish,  daromadlilik,  tannarx,  rentabellikning  nisbiy  ko’rsatkichlari 
yordamida rejalashtiriladi.  
Korxonalarda  rejalarda  quyidagi  asosiy  ko’rsatkichlar  ishlab 
chiqiladi:  
tovar mahsulotining o’sish sur’atlari;  
natural ifodadagi mahsuldotning asosiy turlarini, shu jumladan yangi 
texnika mahsulotlari va eksport uchun mahsulot;  
mahsulotni sotish hajmi;  
yangi  texnikani  ishlab  chiqish,  o’zlashtirish  va  joriy  etish  bo’yicha 
fan-texnika dasturlarining asosiy vazifalari;  
ishlab  chiqarishning  umumiy  hajmida  oliy  sifatli  mahsulotning 
salmog’i;  
mehnat unumdorligi;  
1 so’mlik mahsulot uchun xarajatlar;  
foyda;  
asosiy fondlarni ishga tushirish.  

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish