2-chizma. Tashkilot maqsadining daraxt modeli
Missiya umumiy nuqtai nazardan shakllanadi va asosiy harakat
yо‘nalishini aks ettiradi, u tashkilotga aniqlik va individuallikni beradi.
Uning mavjudligi haqida aniq tasavvurga ega bо‘lgan tashkilot, о‘z
missiyasiga ega bо‘lmaganidan kо‘ra muvaffaqiyatli bо‘ladi.
51
Missiya ishbilarmonlik muhitida, tashkilotning obrо‘sini belgilashda,
iste’molchilarni, hamkorlarni, aksiyadorlarni jalb qilish, firma nima
ekanligini, nimaga intilishi, uning faoliyatida qanday rahbarlik qilayotgani
haqida ma’lumot berish uchun katta ahamiyatga ega.
Missiya tashkilotning maqsadlari va strategiyasini ishlab chiqish
uchun asos bо‘lib, uning tashkiliy tuzilishini belgilaydi.
Tashkilot madaniyatining shakllanishiga ta’sir kо‘rsatadi, chunki
tashkilot xodimlari о‘z missiyasini bо‘lishib, uning erishilishiga yordam
berishadi, shuningdek, qadriyat va prinsiplarni almashadilar.
Tashkilot darajasida, ayniqsa, katta miqyosda missiya diversifikatsiya
qilinishi mumkin. Bо‘laklarga ajratilgan yoki kichik tashkilot darajasida
missiya yanada tushunarli va aniq shakllantirilib, odatda, faoliyatning va
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning aniq sohasini aks ettiradi. Missiyani
belgilashda menejer mavjud tashkilotni rasman shaklanishini va har bir
xodim tashkilotning barcha elementlaridan foydalanish mumkinligini
tushunarli shaklda olib boradi.
Missiya ommaviy axborot vositalarida ham, biznes-rejalarda ham,
yillik hisobotlarda va boshqa hujjatlarda aks ettiriladi.
Keng ma’noda missiya – faoliyat falsafasi, qarash va tashkilotning
mavjudlik mazmunidir.
Missiyani shakllantirishdagi ushbu yondoshuv uzoq umr kо‘radigan
tashkilotlarga xos bо‘lib, tashkilotning mavjudligi va mavjud bо‘lishga
intiladigan qadriyatlarini, tamoyillarini belgilaydi.Bunda tushunarliki,
tashkilotmissiyasining asosiy mazmunini о‘zgartirmasdan, uni amalga
oshirish shakllari о‘zgaradi. Amaliy missiya (tor ma’noda) –bu muayyan
tashkilot faoliyatining shakllangan maqsadiki, unda tashkilotning о‘ziga
xosligi va asosiy farqli tomonlari namoyon bо‘ladi. Missiya ham
tashkilotning mavjud qiyofasini aks ettirishi kerak.
Korxonaning missiyasi korxonaning qiziqishlari hamda ichki va tashqi
omillarga bо‘lgan ehtiyojlarida aks etadi. Asosiy manfaatdor tomonlari:
- qо‘shimcha qiymatga egalik qilishga qiziqishi bо‘lganlar;
- xodimlarning yuqori ish haqi (manfaatdorlik)ga qiziqishi;
- mijozlarning tovarlarni sotib olishdagi muayyan imtiyozli
sharoitlarning mavjudligiga qiziqishi;
- huquqiy meyorlarga rioya etilishini nazorat qilish;
- barqaror va samarali aloqalarga qiziqishi bо‘lgan ta’minotchilar;
- о‘z maqsadlarini ilgari surishda manfaatdor bо‘lgan mahalliy
jamoalar;
52
- tashkilotning samarali faoliyatiga, yangi ish joylarini ochishga, soliq
imtiyozlari oshirilishiga qiziqqan jamoa va boshqalar.
Missiyada guruhlarning qiziqishlari aks etgan holda hisobga olinadi va
bunda ularning manfaatlari о‘zaro qarama-qarshi bо‘lishi mumkin.
Birinchi navbatda missiya manfaatdorlar egasi (egalari), xodimlar va
mijozlarni hisobga oladi. Missiya kompaniyaning biznes yoki notijorat
faoliyati bilan shug‘ullanishida mos bо‘lgan asosiy qoidalar yoki
tamoyillarni kо‘rib chiqishi mumkin. Missiya menejerlarni qaror qabul
qilishda yoki tanlov о‘tkazishga yordam beradigan "asosiy tosh" dir.
Missiya foydali bо‘lishi uchun:
-aniq va tushunarli;
-ishonchli;
-vaqt bо‘yicha texnologik, miqdoriy aniq bо‘lishi lozim.
Bunday missiya yoki istiqbolli qarashlar xodimlarni harakatga da’vat
qiladi va rag‘batlantiradi va biznes muhiti tomonidan ijobiy qabul qilinadi.
Yaxshi ishlab chiqilgan missiya kо‘pincha quyidagilarni aks ettiradi:
- tashkilot tarixini, uning asosiy maqsadi, qadriyatlari, ustuvorliklari;
- tanlangan bozor segmentlarida xaridorlarning о‘ziga xos
ehtiyojlarini qondirish uchun faoliyatning asosiy yо‘nalishini belgilash;
- bozor segmentlarini egallashning ustuvor yо‘nalishlari va qaysi
usullar tashkilotning kuchi, uning kuchli qobiliyatlari, omon qolish uchun
zarur bо‘lgan mahsulotlarni rag‘batlantirish afzalliklarini;
- tashkilotni kengaytirish va moliyalash, innovatsion, ekologik, ishlab
chiqarish va texnologik jarayonlarni boshqarish kabi munosabatlarni.
Shu bilan birga, ushbu savollarga javob topish uchun kompaniya
rahbariga murojaat qilinganda, tashkilotda mehnatga layoqatlilik
tatqiqotlarini о‘tkazish, tashkilotning hayotiy aylanish bosqichini hisobga
olgan holdatahlillar о‘tkazish va malakali maslahatlarni olish kerakligi
kо‘rsatib о‘tilgan.
Asosiy savollar: "Biz kimmiz?", "Biz nima qilyapmiz?" va "Biz
qayerga boramiz?" kabi savollarga javob topish tashkilotning strategik
qarashini aks ettiradi.
Kо‘pchilik mahalliy tashkilot rahbarlari о‘z missiyasining ahamiyatini
tushunmaslik yoki keraksiz deb hisoblab, о‘z tashkilotining vazifasini
tanlash va shakllantirishga e’tibor bermaydilar. 2008 yilgi moliyaviy
inqirozdan omon qolgan kо‘plab tashkilotlar aniq qarashlari, jumladan
strategik qarashlari natijasida vaqtinchalik tirikchilik davrida foyda olish
bosqichidan о‘tishgan. Global inqirozning yangi sikli inqirozga qarshi
boshqaruvda missiyaning muhimligini oshiradi. Shuni ta’kidlash kerakki,
53
tashkilotning yaxshi ishlangan missiyasi samarali boshqaruvning yetarli,
lekin tо‘liq bо‘lmagan elementi hisoblanadi.
Kо‘plab rahbarlar tashkilotning haqiqiy ahvolini notо‘g‘ri
tushunishadi. Bundan tashqari, menejerlar о‘zlarini mukammal guruh deb
hisoblashadi va shu bilan bira erishgan yutuqlari, muvaffaqiyatlari
tashkilotning hozirgi vaziyatiga tanqidiy baholashda tо‘sqinlik qiladilar.
Bunday harakatning sababi jamoaning asosiy farovonlik manbai,
kompaniyaning raqobatbardosh ustunligini tushunishning etishmasligi
bо‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |