Boshqarish funktsiyasi
-boshqaruv faoliyatining alohida yо‘nalishi.
Byudjet-
miqdoriy jihatdan taqdim etilgan maqsadlarga erishish uchun
miqdoriy jihatdan tavsiflangan resurslarni taqsimlash usuli
Byurokratiya-
1) maxsus mehnat taqsimoti, aniq boshqaruv
iyerarxiyasi, qoidalar va standartlar, ishni baholash kо‘rsatkichlari,
xodimning vakolatiga asoslangan ishga qabul qilish tamoyillari bilan
tavsiflangan tashkilot turi;2) rasmiy apparat shaklida tashkiliy ravishda
rasmiylashtirilgan davlat organi.
Bо‘linma(Birlik)-
tashkilotning о‘ziga xos vazifalarini bajaradigan va
tashkiliy maqsadlar doirasida muayyan о‘ziga xos maqsadlarni
kо‘zlaydigan tashkilotning ajralmas qismi.
“V”
Vazifa-
oldindan belgilangan muddatlarda oldindan belgilangan
tartibda bajarilishi kerak bо‘lgan muayyan ish, bir qator ishlar yoki
ishlarning bir qismi.
Vaziyat
-maqsadga nisbatan baholangan boshqariladigan tizimning
holati.
292
Do'stlaringiz bilan baham: |