2. MENEJMENTNI BAHOLASH KО‘RSATKICHLARI VA
KRITERIYASI
Menejment qarorlarini qabul qilish uchun firma xо‘jalik faoliyati
kо‘rsatkichlarini tahlil qilishi juda muhimdir. Ularni uchta asosiy
guruhlarga bо‘lish mumkin: baholovchi kо‘rsatkichlar, ishlab chiqarish
xarajatlari kо‘rsatkichlari, nisbiy kо‘rsatkichlar.
Baholovchi kо‘rsatkichlar.
Ulardan eng muhimlari: oborot (tovar
oboroti yoki sotishlar hajmi); yalpi foyda; shartli-sof foyda; shartli-sof
mahsulot; qarzlar va kreditlar bо‘yicha foizlar tо‘langandan keyingi foyda;
soliqlar tо‘langandan keyingi foyda; yangi kapital kiritmalar kiritilishi
amalga oshirilgandan keyingi likvidlik; dividendlar tо‘langandan keyingi
likvidlik. Ularning barchasi firma ichidagi boshqaruvda ishlab chiqarish,
korporatsiyaning moliyaviy holatini nazorat qilish va qarorlarni ishlab
chiqish va qabul qilish uchun bir xilda muhimdir. Bu kо‘rsatkichlar
asosida rahbariyat shunday axboratlarni oladiki, ular xuddi firma holatini
yaxshi tomonga о‘zgartirishi mumkin bо‘lgan qarorlarni ishlab chiqish
uchun asos bо‘ladilar. Ulardan ba’zi birlari mehnatni rag‘batlantirish
tizimini ishlab chiqishda ham muhim rol о‘ynaydilar.
Firmaning oboroti sotishlarning umumiy hajmi, ya’ni iste’mol-
chilarga sotilgan tovarlar va xizmatlarning qiymati kabi belgilanadi. Uni
о‘zgarishida uni hisoblab chiqiladigan davr muhimdir, bu kо‘rsatkichga
inflyatsion jarayonlar kuchli ta’sir kо‘rsatishlari mumkin. Shuning uchun
uni о‘zgarmaydigan narxlarda о‘lchash yaxshiroqdir. Oborotning hajmi
kororporatsiyalarning sotish bо‘linmalarida mehnatni meyorlashtirishva
rag‘batlantirish uchun asos sifatida bо‘ladi.
Agar kompaniya oboroti miqdoridan xarid qiligan xom ashyo,
materiallar, yarimfabrikatlar, boshqa xarajatlar chiqarib tashlansa, unda
yalpi foydani
– boshqaruvdagi, ayniqsa qisqa muddatlidagi eng keng
tarqalgan kо‘rsatkichlardan birini olamiz.
Agar yalpi foydadan ustama xarajatlar va amortizatsion ajratmalar
summasi chiqarib tashlansa
shartli-sof foyda
, kreditlar uchun foizlar va
soliqlar tо‘langunga qadar foydani olamiz. Bu kо‘rsatkich ishchi –
xizmatchilar uchun mukofot jamg‘armasini belgilash uchun asos bо‘ladi.
Amekrika va G‘arbiy Yevropa kompaniyalarida yuqori menejerlarga
mukofotlar miqdori ham shartli-sof foyda miqdoriga kо‘ra belgilanadi.
Shartli-sof foyda miqdoriga ishchi va xizmatchilar ish haqiga
xarajatlarni qо‘shib
shartli-sof mahsulotlarni
olamiz. (Shartli-sof
mahsulotlarning miqdorini yana sotilgan mahsulotlarning qiymati (oborot)
va uni ishlab chiqarishga sarflangan resurslar – xarid qilingan materiallar,
277
xizmatlar, subpudratchilarga tо‘lovlar, amortizatsion ajratmalar о‘rtasidagi
farq sifatida ham belgilash mumkin). Shartli-sof mahsulotni о‘sishi –
inflyatsiyaning sur’atlari va kо‘lamlaridan qat’iy nazar muvaffaqiyatli
ishlashning kо‘rsatkichidir. Uni qо‘llashning eng tо‘g‘ri keluvchi sohasi –
tadbiq etuvchi biznesdir. Bu kо‘rsatkich yana ishlab chiqarish
xarajatlarining barqaror tuzilmasiga ega sohalar va kompaniyadlardagi
boshqaruv nazoratining samarali quroli bо‘lib ham xizmat qiladi. Ammo u
kuchli tabaqalashtirilgan ishlab chiqarishga ega kompaniyalar uchun
kamroq tо‘g‘ri keladi. Ayniqsa, ishchi kuchining soni, mehnat
sarflanishlari va ish haqiga xarajatlarni meyorlashtirish va nazorat qilish
qiyin bо‘lgan joyda ish haqi jamg‘armasini bergilash uchun asos sifatida
keng foydalaniladi. Ishchi va xizmatchilarni ishlab chiqarishning
samaradorligini oshishidan olingan kompaniya foydasini taqsimlashda
ishtirok etishlarining har xil tizimlarida qо‘llaniladi. Agar shartli-sof
foydadan kredit uchun foizlar chiqarib tashlansa, unda
soliqqa tortilgunga
qadar foyda
olinadi.
Ishlab chiqarishni joriy rejalashtirish va boshqarish zaruriyatlari uchun
kerakli kо‘rsatkichlar bilan bir qatorda strategik boshqarish uchun ham
kо‘rsatkichlar mavjud: firma tomonidan nazorat qilinadigan sotish
bozorining ulushi; mahsulot sifati kо‘rsatkichlari; iste’molchilarga xizmat
kо‘rsatish darajasi kо‘rsatkichlari; ishchi kuchini tayyorlash va qayta
tayyorlash kо‘rsatkichlari. Ularning barchasi firma tomonidan olinadigan
foyda miqdori bilan u yoki bu darajada bog‘langan.
Ishlab chiqarish xarajatlari kо‘rsatkichlari
: mehnatga haq tо‘lash,
amortizatsiya, moddiy-energetik ta’minot va boshqalarga xarajatlar.
Nisbiy xarajatlar.
Bu kо‘rsatkichlar ihlab chiqarish resurslaridan
foydalanishning samaradorligini ta’riflovchi har xil koeffitsetlardan iborat
bо‘ladilar. Ularning asosiy belgilanishi – sohalararo (firma investitsion
siyosatining strategiyasini tanlashda) va firma ichidagi (korxona yoki
kompaniya raqobatbardoshligini baholashda) solishtirishlar uchun asos
bо‘lib xizmat qiladi. Bunday turdagi asosiy kо‘rsatkich – kiritilgan
sarmoyaga qaytarilish indeksidir (olingan foydadir). Sohaviy о‘ziga
xoslikka kо‘ra har xil korxonalar ushbu kо‘rsatkichning har xil darajasiga
ega bо‘ladilar. Shuning uchun ushbu kо‘rsatkich asosida boshqaruvning
sifati va boshqaruv mehnatining samaradorligini solishtirish faqat
taxminan ishlab chiqarish xarajatlarining bir turdagi tuzilishi va
sarmoyalarning qurilishiga ega sohalar va korxonalar uchun asoslangandir.
278
Boshqa nisbiy kо‘rsatkichlar orasidan ikkita guruhni ajratish mumkin:
ishlab
chiqarishning
samaradorligi
va
xarajatlarning
tuzilishi
kо‘rsatkichlarini.
Birinchisiga korxona oborotidagi yalpi yoki shartli-sof foydaning
ulushi, firma oborotidagi shartli-sof mahsulot va shartli-sof mahsulot
hajmning ish haqi xarajatlariga nisbati kiradi.
Birinchi guruhda sanab о‘tilganlardan tashqari yana bugun biznesda
keng qо‘llaniladigan mehnat unumdorligi, sarmoyalar, energiyaning
kо‘pgina kо‘rsatkichlar ham kiradi.
Kо‘rsatkichlarning ikkinchi guruhiga firma oborotdagi avansga
berilgan sarmoya yoki shartli-sof mahsulotning ulushi, asosiy sarmoyaning
sotishlar hajmidagi ulushi, zaxiralarnig iste’mol qilingan materiallar va
yarim fabrikatlarning umumiy qiymatidagi ulushlari kiradi.
Hozirgi sharoitlarda sanoat firmalarida ishlab chiqarish samarador –
ligining darajasi va dinamikasini belgilashda yig‘ma omilli unumdorlik
indeksini hisoblab chiqish g‘oyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Ishlab
chiqarish samaradorligining bu umumlashtiruvchi kо‘rsatkichi – firma
raqobatbardoshligining uzoq muddatli rejasidagi eng aniq mezondir. Bu
kо‘rsatkichni hisoblab chiqish metodikasi quyidagicha: firmaning bir yillik
shartli-sof mahsulotining hajmi uni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan
jonli va о‘tgan mehnatning yig‘ma xarajatlari bilan tenglashtiriladi.
YOU = SHCM
bu yerda IH+A+M= YOU – yig‘ma omilli unumdorlikning indeksi;
SHSM – shartli-sof mahsulotning hajmi;
IH – ishchilar va xizmatchilarning ish haqi jamg‘armasi;
A – joriy yildagi amortizatson ajratmalarning uskuna xarid qilingan
yildagi о‘zgarmas narxlardagi summasi;
M – chetdan xarid qilingan xom ashyo, materiallar va xizmatlarning
qiymati.
Yig‘ma omilli unumdorlik indeksining dinamikasi va ushbu
kо‘rsatkich darajasi bо‘yicha korxonalarni firmalararo solishtirilishi
kompaniya rahbariyatiga firmaning raqobatbardoshligi haqida fikr yuritish,
barcha ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari, resurslarning har
xil turlarining о‘zaro almashuvini hisobga olish bilan tо‘g‘ridan tо‘g‘ri va
vositali xarajatlardan foydalanishning samaradorligini baholash imkonini
beradi. Agar ish haqiga xarajatlarni о‘sishi moddiy va energetik resurslarni
katta kо‘lamlardagi tejalishiga burilsa, indaks kо‘payadi. Shunday qilib,
rahbariyat resurslarning ayrim turlarini firma ishining yakuniy natijalari
279
bilan aloqasiz qaytarilishini emas, balki ishlab chiqarish samaradorligini
umumiy о‘sishini nazorat qilish imkoniyatini oladi.
Xо‘jalik faoliyati kо‘rsatkichlari boshqaruvning har xil bosqichlaarida
farqlanishlari mumkin. Maqsadlar, davr, tashkilotning turini belgilash
uchun har xil kо‘rsatkichlardan foydalaniladi. Universal kо‘rsatkichlar
mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |