Ijtimoiy psixologiya
- bu kishilar va jamoa faoliyati psixologik va
sotsial omillarning о‘zaro aloqasi qonunlarini, turli sotsial gypuhlap
xususiyatlarini, jamoa muloqoti va о‘zaro ta’sir kо‘rsatish shakllarini
о‘rganadigan psixologiya fanining sohasi.
Menejmentning ijtimoiy-psixologik usullari - bu ishlab chiqaruvchi
va ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik
xususiyatlariga ta’sir etish bilan boshqarish vositasidir. Menejmentning
ijtimoiy-psixologik usullarini qо‘llash korxonada yuz berayotgan
ijtimoiy hodisalarni chuqur о‘rganish, xodimlar nerv sistemasi
kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruxiy) omillarni bilishni talab
259
etadi.
Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilar ijtimoiy aloqasi
shakllanishining asosi bо‘lgan mehnat omillarini о‘rganadi, ijtimoiy
tizimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va amal
qilish qonuniyatlari, kishilarning jamiyatning turli qatlamidagi xulq-
atvori qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Ijtimoiy psixologiya guruh va
omma psixologiyasining xususiyatlari, ularning shaxsning ongi va
xulqiga ta’siri, kishilar faoliyatini rag‘batlantiruvchi omillar, kayfiyat,
ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillarni о‘rganadi.
Shaxs psixologiyasi oliy nerv faoliyati turlari va inson
temperamenti, xarakteri, shaxsning irodasi, qobiliyati, hissiyoti, xotirasi,
anglash va his etish qobiliyatini о‘rganadi, mehnat psixologiyasi mehnat
faoliyati, shu jumladan, rahbar va mutaxassislar (kasbiy xususiyat va
qobiliyatlari, kadrlarni о‘qitish usullari, ish va dam olish tartibi,
kadrlarni tanlash va baholash usullari, mehnat jarayonining psixologik
jihatlari) faoliyatini о‘rganadi.
Kishilarning fikrlash usulida о‘zgarish yuz berishi va ular
madaniy hamda bilim darajasining ortib borishi bilan ijtimoiy-
psixologik usullarning ahamiyati ham ortib boradi. Bunday sharoitda
shaxsning ehtiyoj va manfaatlari ma’naviy soha tomon о‘zgarib
boradi. О‘z mehnatidan qoniqishning muhim omili bо‘lib ishlab
chiqaruvchilarning rahbar bilan о‘zaro yaxshi munosabati, ishlab
chiqarishdagi qulay ijtimoiy-psixologik vaziyat xizmat qiladi.
Menejmentning ijtimoiy-psixologik usullari ishlab chiqarishda
mavjud ijtimoiy mexanizmni (о‘zaro munosabat tizimi, ijtimoiy
ehtiyojlar) qо‘llashga asoslanadi. Menejmentning ijtimoiy usullari
ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi. Ijtimoiy tartibga
solish usullari turli guruhlar va shaxslar maqsadi va manfaatlarini
aniqlash va rostlash yо‘li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish
va uyg‘unlashtirish maqsadida qо‘llaniladi.
Ular jumlasiga ijtimoiy tashkilotlar nizomlari, shartnomalar, о‘zaro
majburiyatlar, ishchilami tanlash, taqsimlash va ijtimoiy ehtiyojlarni
qondirish tizimi kiradi. Ijtimoiy tartibga solish usullari inson omili
faolligini oshirish, boshqaruvni demokratlashtirish maqsadida ham
qо‘llaniladi.
Menejmentning psixologik usullari jamoada maqbul psixologik
holat tashkil etish yо‘li bilan kishilar о‘rtasidagi munosabatlarni
tartibga solishga qaratilgandir. Psixologik usullarga kichik guruh va
jamoalarni tashkil etish, mehnatni insoniylashtirish, malakali kadrlar
260
tanlash, ularni о‘qitish va hakazolar kiradi.
Kichik guruh va jamoalarni tashkil etish usulini qо‘llash kichik
guruhdagi ishchilar о‘rtasidagi maqbul miqdoriy-sifat nisbatini aniqlash
imkonini beradi. Mehnat faoliyatini insoniylashtirish deganda ranglar,
musiqaning ruxiy ta’siridan foydalanish, bir xil, о‘zgarmas mehnatni
bartaraf etish, ijodiy yondoshuvni kengaytirish tushuniladi. Kasbiy
tanlashning
mohiyati
-
kishilarning
ruxiy
xususiyatlarini
ular
bajaruvchilariga eng mos bо‘ladigan qilib tanlashdan iborat.
Shaxsning ruxiy xususiyatlari jumlasiga uning qiziqish va
mayllari, qobiliyati, temperament va xarakteri kiradi. Shu sababli
rahbar shaxsga rahbarlik qilganda о‘z oldiga inson ruxiy xususiyatlari
shakllanishi va rivojlanishini о‘rganish, uning qiziqish va qobiliyati,
temperament va fe’lini bilish vazifasini qо‘yishi kerak.
Shaxsning ruxiy xususiyatlarini inson faoliyatida ajratib tushunib
bо‘lmaydi, chunki kishi qobiliyati va fyeli xususiyatlari uning faoliyati
hamda xulqida namoyon bо‘ladi. Inson hayoti va ommaviy faoliyati
uning ruxiy holatini shakllantiradi. Insonning qanday hayot kechirishi,
nima bilan shug‘ullanishini bilmay uning qanday vujudga kelganligi,
u yoki bu narsaga qobiliyati rivojlanganligi, fe’li shakllanganligini
anglab bо‘lmaydi.
Inson, avvalo, о‘zini ijodiy shaxs sifatida baholaydi. Ishchi
mehnatga bunday nuqtai nazardan qaramaydi: moddiy ehtiyojlar
birlamchi bо‘lib, ular qoniqqandan sо‘ng nisbatan yuksak insoniy
ehtiyojlar ilgari suriladi. Inson faoliyati ma’lum rag‘batlantiruvchi
omillarga asoslangan bо‘lib, ma’lum maqsadga erishishga qaratilgandir.
Rag‘batlantiruvchi omil - maqsad munosabati inson faoliyati о‘zagidir.
Umumiy ma’noda rag‘batlantiruvchi omil - bu insonni faoliyat
yuritish uchun undovchi omil bо‘lib, maqsad esa inson uni amalga
oshirishi natijasida erishishni xohlagan narsadir. Rag‘batlantiruvchi omil
kishi
xulqining
ichki
kuchidir.
Psixologiyada
uzoq
va
qisqa
rag‘batlantiruvchi omil ajratiladi. Agar inson faoliyatini rag‘batlantiruvchi
omil va о‘z oldiga qо‘ygan maqsad yaqin kelajakka mо‘ljallangan
bо‘lsa, u qisqa muddatli, agar ular uzoq istiqbolni qamrab olsa, uzoq
muddatli deyiladi. Rag‘batlantiruvchi omil darajasi bilan insonning
mehnatga, yutuq va muvaffaqiyasizlikka nisbatan bо‘lgan munosabati
uzviy bog‘liqdir. Faqat uzoq muddatli rag‘batlantiruvchi omil mehnatga
ijodiy munosabatda bо‘lish manbaidir.
Rahbarga xos bо‘lgan muhim xususiyat kishilar faoliyatini
rag‘batlantiruvchi omillarni yaxshi bilish, har bir kishini u yoki bu vazifani
261
bajarishga qiziqtira olishdir. Bu, ayniqsa, u yoki bu korxonaga ishga kirib,
ularni kelajakda nima kutishini bilish lozim bо‘lgan yoshlar bilan
ishlashda muhimdir. Rahbar ishini kim, qachon, qaysi skripkani
chalishi, qaysi asbobda musiqa chalishini о‘rgangan, kim notо‘g‘ri
chalishi mumkinligini, kimni qaysi yerga qо‘yish kerakligini bilishi
lozim bо‘lgan dirijyor mehnati bilan solishtirish mumkin.
Kishi ruhiy xususiyatlarining u bajaradigan ish talablariga mos
kelmasligi, о‘z kasbidan qoniqmaslik uni о‘zgartirishga harakat qilishga,
xato qilish ehtimoli ortishiga va natijada mehnat unumdorligi
pasayishiga olib keladi. Aksincha, agar inson о‘z qobiliyatini tо‘liq
namoyon qila oluvchi ish bilan band bо‘lsa, u о‘z mehnatidan mam
nun bо‘ladi, kasbni tez egallaydi va mehnat unumdorligi yuqori
bо‘ladi.
Inson uchun faqat moddiy rag‘bat muhim deb hisoblash notо‘g‘ri.
Unga juda kо‘p narsa - umumiy ishda о‘z xissasi borligini his etish,
о‘zini mehnat orqali namoyon etish, о‘z malakasi bilan g‘ururlanish,
о‘rtoqlari hurmatiga sazovor bо‘lish va hakazolar ham muhimdir.
Kо‘pchilik kishilar shaxsiy farovonlikka boshqalar hisobiga erishilgan
shaxsiy muvaffaqiyat orqali emas, mamlakat iqtisodiyoti mehnati
hisobiga erishish lozimligini ta’kidlaydilar.
Izlanishlar mehnatga nisbatan munosabatga ta’sir etuvchi
rag‘batlantiruvchi omillar quyidagi tartibda taqsimlanishini kо‘rsatdi:
mehnat mohiyati, ish haqi, yuqori lavozimga ega bо‘Iish imkoniyati,
ishning qiziqarliligi, mehnatni tashkil etish, ma’muriyatning ishchiga
nisbatan munosabati.
Do'stlaringiz bilan baham: |