XIII- BOB. MENEJMENT MADANIYATI VA USLUBI
Kalitli sо‘zlar:
madaniyat, jamiyat madaniyati, shaxs madaniyati,
inson faoliyati, moddiy madaniyat, ma’naviy madaniyat, insoniyat
madaniyat, ma’naviyat, menejment madaniyati, huquqiy meyor, iqtisodiy
meyor, tashkiliy meyor, texnikaviy meyor, estetik talab, kooperatsiya,
boshqaruv madaniyati, rahbar madaniyati, odob, iymon, iqror, uslub,
boshqaruv uslubi, ish uslubi, rahbarning ish uslubi
.
1. MENEDJMENT MADANIYATI TUSHUNCHASI
«Madaniyat» tushunchasi rivojlanish darajasining umumlashtiruvchi
kо‘rsatkichi bо‘lib, bir qancha ma’noni bildiradi. Masalan, jamiyat
madaniyati, ayrim shaxs madaniyati, va nihoyat, inson faoliyatining ayrim
turi madaniyati xaqida sо‘z yuritish mumkin. Inson faoliyati moddiy va
ma’naviy boyliklar yaratuvchi turlarga bо‘linadi. Shu sababli, moddiy va
ma’naviy madaniyat fark kilinadi.
Moddiy madaniyat inson tomonidan tabiatni bо‘ysundirish darajasi
kо‘rsatkichidir. Unga ishlab chiqarish vositalari va mehnat predmetlari
kiradi. Ma’naviy madaniyatga fan, axoli ma’lumot darajasi, meditsina
xizmati darajasi, san’at darajasi, odamlar axloqiy meyorlari, ma’naviy
extiyojlar va manfaatlar rivojlanishi darajasini kiritish mumkin. Shunday
kilib, madaniyat insonning ham madaniy ishlab chiqarish, xam ma’naviy
hayot sohasida rivojlanishi jarayonidagi yutuqlarini qamrab oladi. U
insoniyat bilimlari, uning mehnati mohiyatidan iborat bо‘lib, kishilarning
avvalgi avlodlari tomonidan yaratiladi.
Insoniyat madaniyati о‘suvchan, о‘zgaruvchan, chunki hozirgi avlod
avvalgi avlodlar madaniy qadriyatlaridan ijodiy foydalanish asosidagina
yanada rivojlanishi mumkin.
О‘zbekistonning nayob madaniyati yillar, asrlar davomida shakllanib,
uni saqlash, rivojlantirish kо‘p millatli respublikaning yuqori ma’lumotli
insonlari – fan, adabiyot, san’at arboblari vazifasidir.
Inson hayoti faoliyatining muhim tarkibiy qismi butun insoniyat
tomonidan jamlangan madaniy boylikka ega bо‘lishi, shu jumladan
boshqaruv madaniyatini egallashdir.
209
“Ma’naviyat” arabcha sо‘z bо‘lib, rux, aql, ong, idrok, ruxiy holat,
ichki kayfiyat, jalillik, jasorat, xususiyat, mohiyat, g‘amxо‘rlik, qayg‘urish
did kabi bir necha ma’nolarni anglatadi.
Ma’naviyat – odamning ruxiy va aqliy olami yig‘indisidir. Ma’naviyat
jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruxiy
kechinmalari, aqliy qobiliyati, mdrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha.
Ma’naviyat – inson va jamiyat madaniyatining negizi, inson va
jamiyat hayoti ma’lum yо‘nalishining bosh omili. U muayyan iqtisodiy-
ijtimoiy hayot tizimining shakllanishi, о‘zgarishi yoki inqirozga yuz
tutishiga kuchli ta’sir kо‘rsatadi.
Ma’naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq topib boradi va aksincha,
ma’naviyat qashshoqlashsa, jamiyat bora-bora tanazzulga yuz tutadi.
Mustaqillik yillarida ma’naviyat masalalariga munosabat tubdan о‘zgarib,
uning boyib borishiga kuchli e’tibor kuchli e’tibor berilayotganligining
boisi ham shunda. Boy ma’naviyatsiz buyuk davlat qurib bо‘lmaydi.
Ma’naviyat jamiyat va millat ravnaqining bosh omili va poydevoridir.
Ma’naviyat insonning ruxiy olamidir!
Ma’naviyat keng tushuncha bо‘lib, ma’rifat va madaniyat
tushunchalarini qamrab oladi.
Ma’naviyat inson kо‘rki bо‘lib, uning ichki va tashqi dunyosida
namoyon bо‘ladi. Bu rux va aql bilan uzviy bog‘liq.
Menejment madaniyati juda muhimdir. Insoniyat о‘z rivojlanish
jarayonida juda katta menejment tajribasini jamlagan. Bozor sharoitida bu
tajriba boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilish kerak.
Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi, avvalo boshqaruv
madaniyati darajasi yuksalishi bilan bog‘liqdir, chunki, menejment
yо‘llari, usullari, vosita va uslublariga tanqidiy baho berish yо‘li bilan,
ularning eng yaxshilari tajribasida qо‘llashi uchun ajratib olindi.
Horijiy manbalardan birida menejment madaniyatiga qо‘yidagicha
ta’rif berilgan
83
: “Menejment madaniyati - jamiyat va tashkilotdagi
boshqruv
faoliyati
va
boshqaruv
munosabatlarining
mohiyatini
belgilaydigan bilim, qadriyatlar, meyorlar, stereotiplar va xulq-atvor
namunalari tо‘plami”.
Yana
bir
yirik
manbada
84
:
“Madaniyat-bu
jamiyatning
(mamlakatning) tarixiy rivojlanishi davomida erishilgan va ishlab
chiqilgan va odamlarning hayot sharoitlarini egallash darajasini
ifodalovchi moddiy va ma’naviy qadriyatlarining yig‘indisidir” deyilgan.
83
https://studfiles.net/preview/2873788/page:17/
84
https://psyera.ru/kultura-upravleniya-1919.
210
V.N. Ivanov va P. Patrushevlar menejment madaniyatini 4 tipga
ajratadi:
1. ma’muriy-buyruqbozlik;
2. axborot-tahliliy;
3. ijtimoiy yо‘naltirilgan;
4. integrallashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |