О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov


 MENEJER  MEHNATINI  TASHKIL  ETISH  MEXANIZMI



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

 
1. MENEJER  MEHNATINI  TASHKIL  ETISH  MEXANIZMI 
 
Menejer  faoliyati  ijtimoiy  ishlab  chiqarishning  о‘ziga  xos  tarkibiy 
qismi sifatida qaraladi. 
Menejer  mehnatining  asosiy  faoliyati  korxonada  yо‘lga  qо‘yilgan 
mahsulot 
ishlab 
chiqaruvchilar 
faoliyatning 
ajralmas 
qismidir. 
Shuningdek,  Menejer  faoliyati  ishlab  chiqarish  natijalariga  sezilarli  ta’sir 
kо‘rsatuvchi  va  boshqaruv  funksiyalarini  tezkor  ravishda  amalga  oshirib 
boruvchi  xatti-harakatlar  jamlanmasini  о‘zida  mujassam  etadi.  Menejer 
tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri moddiy boylik yaratmaydi, biroq uning boshqaruvchilik 
faoliyati  ishlab  chiqarish  jarayonida  yuzaga  keladi.  Shuningdek,  menejer 
faoliyati  ishlab  chiqarish  kо‘rsatkichlarida  kuzatiladigan  о‘zgarishlar 
asosida  baholanadi.  Kо‘rinib  turibdiki,  menejer  faoliyati  kо‘p  qirrali  va 
korxonaning  samarali  faoliyatiga  ulkan  ta’sir  kо‘rsatuvchi  mehnat  turi 
ekan. 
Menejer  mehnatini  tashkil  etishda  boshqaruv  apparatidagi  har  bir 
ijrochining  ishi  cheklangan  va  nisbatan  bir  turda  bо‘lishiga  erishish  talab 
qilinadi. Bu mehnat  unumdorligini  ortishi, ish sifati  yaxshilanishi va  har 
bir  ijrochi  tajribasi  ortib  borishiga  imkon  yaratadi.  
Ixtisoslashuv  majburiyatlar  doirasini  shunday  belgilashi  lozimki, 
bunda har bir ishlovchi haqidagi ma’lumot va uning tavsifi imkoni boricha 
tо‘liq  keltirilishi  lozim.  Mehnatni  kooperatsiya  qilish  boshqaruv  
tashkilotlari bilan boshqaruv apparati turli bо‘linmalari xodimlari о‘rtasida 
aloqa  о‘rnatilishini  kо‘zda  tutadi.  Menejment    jarayonida  shu  korxonada 


166
 
 
ham  undan  tashqaridagi    alohida    xodimlar,    xizmat    va    bо‘linmalar 
faoliyati  birlashtiriladi. 
Menejerlar  mehnatini  taqsimlash  va  kooperatsiya  qilish    yо‘llari 
tarkibiy  bо‘linmalar  haqida  qoidalar  va  boshqaruv  apparati  xodimlari  
lavozim 
yо‘riqnomasi  bilan  belgilangan  bо‘ladi. 
«Korxonalar 
tо‘g‘risida»gi  Qonun  asosida korxona va  uning  bо‘linmalarida  har bir  
rahbar,    mutaxassis    va    texnikaviy  ijrochi  uchun  lavozim  yо‘riqnomalari 
ishlanadi. 
Lavozim 
yо‘riqnomalari, 
huquq 
va 
majburiyatlari  
yakkaboshchilik  tamoyili  asosida  mansabdor  shaxslarning bо‘ysunishi,  
topshirilgan  vazifa  uchun  javobgarligi  belgilanadi. 
Lavozim  yо‘riqnomalari  va  qoidalar  davriy  ravishda  qayta  qurilib, 
ishlab    chiqarish,    mehnat    va    boshqaruv    jarayonlari    takomillashib 
borganligini  hisobga  olgan  holda  tuzatilib,  tо‘ldirilib  borilishi  kerak. 
Menejer  mehnatini  samarali  tashkil  qilish  va  shu  orqali  korxona 
boshqaruv  tizimini  rivojlantirish,  korxonaning  umumiy  samaradorlik 
kо‘rsatkichlarida о‘z aksini topadi va unga baho beriladi. 
Boshqaruv  –  kо‘p  ma’noli  tushuncha.  U  obyektni  mustahkamligini 
saqlash  yoki  tizimning  bir  holatdan  ikkinchi  holatga  о‘tkazishda  ta’sir 
etish  uchun  kerak  bо‘lgan  joyda  qо‘llaniladi.  Shu  bois,  “boshqaruv” 
tushunchasi boshqaruvchi ta’siriga ta’rif berish uchun qо‘llaniladi. 
Menejer  deganda,  biz  rahbarni  yoki  ish  boshqaruvchini  kо‘z 
oldimizga 
keltiramiz, 
ya’ni,  ular  maxsus  tayyorgarlik  kо‘rgan 
boshqarishning  sir-asrorlari,  qonun-qoidalarini  chuqur  biluvchi  malakali 
mutaxassisdir.  Menejerlar  yollanma  boshqaruvchilar  bо‘lib,  aholining 
alohida ijtimoiy qatlamini tashkil etadi. Kompaniya firma, korxona, bank, 
moliya  muassasalarining  ijroiya  hokimiyatga  ega  bо‘lgan  boshqaruvchi, 
direktor, rahbar, mudir, ma’muriy boshqaruvchi kabilarning barchasi ham 
menejerlar deb yuritiladi. 
Boshqaruv tizimining uch turini ajratib kо‘rsatish mumkin:  
1)
 
 ishlab  chiqarishning  uzluksiz  bajaruvchilari  bо‘lgan  insonlar 
alohida mashinalar, mexanizmlar, tizimlar, ishlab chiqarishdagi texnologik 
jarayonlar, aniqrog‘i, ishlab chiqarish jarayonlaridagi alohida elementlarni 
boshqaradi.  Boshqaruvning  bu  sohasi  texnik  fanlarni  о‘rganish  predmeti 
hisoblanadi. 
2)
 
 jonli tabiatda, tirik organizmlarda (organizmlarning hayot faoliyati 
bilan  bog‘liq  fiziologik,  biokimyoviy  va  biofizik  jarayonlar)  sodir 
bо‘layotgan jarayonlarni boshqarish. Boshqaruvning bu tizimi tabiiy fanlar 
tomonidan о‘rganiladi.  


167
 
 
3)
 
 ijtimoiy  jarayonlarni  boshqarish,  ya’ni  aniq  bir  masalalarni  hal 
qilish uchun ijtimoiy guruhlarga birlashgan ongli individlarning uyushgan 
faoliyatiga ta’sir etish. Boshqaruvning bu sohasi ijtimoiy fanlar tomonidan 
fanning qator tabiiy va ilmiy sohalarini jalb etgan holda о‘rganiladi. 
Ishlab  chiqarish  sohasida  –  bu  mehnat  bevosita  bajaruvchi  bо‘lgan 
jamoaning  jarayonida  yuzaga  keladigan  munosabatlar,  ya’ni  insonlarni 
boshqarishdir.  Bu  asosiy  boshqaruv  hisoblanadi,  chunki  insonlar  ishlab 
chiqarishning  asosiy  yaratuvchi  kuchidir.  Tо‘xtovsiz  va  maqsadga 
yо‘naltirilgan  jarayon  sifatida  boshqaruv,  xо‘jalik  birligining  aniq 
vazifalari va unda ishlayotgan qonunlar bilan chambarchas bog‘liq. Ishlab 
chiqarishni boshqarish, mehnat faoliyatining faol anglangan shakli sifatida, 
insonlarning  turli  xildagi  emas,  о‘zaro  qо‘shma  faoliyati  bо‘lgandagina 
kerak  bо‘ladi.  YA’ni  turli  insonlarning  о‘zaro  mehnatdagi  qо‘shma 
faoliyati  natijasida  jamiyatning  iqtisodiy  rivojlanish  qonunlariga 
bо‘ysunadi. 
Menejment  sohasida  insonlarning  mehnat  faoliyatini  ikki  turga 
ajratish  mumkin:  ishlab  chiqarish  jarayoni  bevosita  amalga  oshiriladigan 
“mehnat”  va  bu  jarayonlarni  bevosita  boshqarishga  yо‘naltirilgan 
“faoliyat”.  Insonlar  mehnat  faoliyatining  birinchi  turi  obyekt  sifatida, 
ikkinchisi esa menejmentning subyekti sifatida namoyon bо‘ladi. 
 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish