Geometrik shakllar.
– aylana, doira, oval shakllarini tanish;
– shartli vositalar yordamida aylana, doira, oval shakllarini chizish;
– kundalik hayotda ishlatiladigan aylana, doira, oval shakllariga o‘xshash narsa
(predmet)larni ajratish;
– kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak shakllarini tanish;
– shartli vositalar yordamida kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak shakllarini
chizish;
– kundalik hayotda ishlatiladigan kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak shakllariga
o‘xshash narsa (predmet)larni ajratish;
– tayoqchalar yordamida geometrik shakllar yasash;
– geometrik shakllarning xususiyatiga ko‘ra guruhlash: ko‘rinishi, o‘lchami, rangi;
– geometrik shakllardan foydalanib, namunadagi narsalarni (
uy, mashina, robot,
mushuk, jo‘ja va b.
) hosil qilish;
– fazoviy shakl (kub, shar)larni tanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |