VII BOB. 20 ICHIDA QO‘SHISH VA AYIRISH
(15 soat)
Qo‘shish va ayirish jadvallari.
Bir xonali sonlarni qo‘shish va ayirish jadvali
.
Yig‘indini va ayirmani topishga doir tarkibli masalalar.
Yig‘indi va ayirmalarni taqqoslash.
Qo‘shish va ayirish amallari natijalarini
taqqoslash.
Qavslar.
Qavsli ifodalar. Songa yig‘indini yoki ayirmani qo‘shish. Yig‘indi yoki
ayirmadan sonni ayirish.
Sonli ifodalar.
Sonli ifodalar. Ikki amalli ifodalarda amallarni bajarish tartibi (qavsli
va qavssiz).
Uzunlik va uning o‘lchov birligi: santimetr. Chizg‘ich bilan ishlash.
Santi-
metr – uzunlik o‘lchov birligi. Santimetr modelini yasash. Chizg‘ich yordamida berilgan
uzunlikdagi kesmani yasash.
Kesmaning uzunligini taqqoslash.
Kesmaning uzunligi (ikki nuqta orasidagi
masofani)ni santimetrlarda taqqoslash. Ko‘z bilan chamalab, qo‘lda uzunligi 1 va 2 sm
bo‘lgan kesma yasash.
Do'stlaringiz bilan baham: |