1 1
!
G‘afur G‘ULOM
(1903–1966)
Taniqli o‘zbek adibi G‘afur G‘ulomning
tarjimayi holi, «Me-
ning o‘g‘rigina bolam» nomli hikoyasi bilan o‘tgan o‘quv
yilida
tanishgan edingiz. Yodingizda bo‘lsa, bo‘lg‘usi adib 1903-yilda
Toshkent shahrida tavallud topgan. Uning ayni o‘ynab-kula-
digan, baxtli va betashvish kunlarni kechirishi lozim bo‘lgan
bolalik onlari Birinchi jahon urushi davri (1914–1918-yillar)ga
to‘g‘ri keldi.
Ota-onasidan yosh yetim qolgan G‘afurjonning boshi-
ga juda ko‘p ko‘rgiliklar tushadi. Garchi urush bizning
yurtimizdan juda uzoqda – olis Yevropada kechayotgan
bo‘lsa-da, uning sovuq nafasi butun o‘lkamizni qamrab
olgan edi. Shahar va qishloqlar och-nahor odamlarga,
tilanchi va devonalarga to‘lib ketgandi. Urush tufayli
Do'stlaringiz bilan baham: