JANNI RODARI ERTAKLARI HAQIDA
Ertaklar – xayolot mahsuli. Deyarli barcha ertaklardagi
umumiy jihat shundaki, ushbu janrga mansub asar qahramonlari
og‘ir vaziyatga tushib qolganlarida, chigal muammoga duch
kelganlarida, ularga qayerdandir madad yetib keladi. J. Roda-
rining «Hurishni eplolmagan kuchukcha» va «Shahzoda Plom-
bir» ertaklari ham ana shunday voqealar zaminiga qurilgan.
Avvalo, «Hurishni eplolmagan kuchukcha» ertagiga to‘xtalaylik.
Bu ertak zamirida ham chigal muammoni qanday hal etish
masalasi ko‘ndalang bo‘ladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki,
Janni Rodari «Uchtadan oxiri bor ertaklar» turkumi bilan jahon
ertakchiligida yangi bir usulni yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |