@uzbek_tilim
Ertakchi adiblar
Hans Kristian Andersen
Aka-uka Grimmlar
Sharl Perro
@uzbek_tilim
Janni Rodari 1920-yilning 23-oktabrida Italiya shimolidagi Omenya shahrida hunarmand oilasida tavallud topdi. Jannining bolalik yillari mashaqqatli kechdi. Uning otasi Juzeppe Rodarining kasbi novvoy bo‘lib, Jannining bolaligi, adibning o‘zi ta’kidlaganidek, «olov jizillab turadigan tandir yonida, un va ko‘mir solingan qoplar orasida» kechdi. Jannining otasi nisbatan erta vafot etadi. Tirikchilik og‘irlashgach, ularning oilasi boshqa shaharga ko‘chib ketadi. Janni bolaligida qo‘g‘irchoq yasovchi usta yoki rassom bo‘lishni va boshqa qiziqarli kasblarni egallashni orzu qilgan edi. Biroq kambag‘allik tufayli o‘zi orzu qilmagan diniy maktabga o‘qishga kirishga majbur bo‘ladi. Chunki bu yerda o‘quvchilarga ovqat va kiyim-kechak tekin berilar edi. Shunday bo‘lsa-da, Rodari bu maktabda ikki yildan ortiq o‘qiy olmaydi.
@uzbek_tilim
Janni Rodari haqida Yosh Janni universitetga o‘qishga kiradi. Ayni vaqtda boshlang‘ich maktabda o‘qituvchilik bilan shug‘ullanadi. Maktabdagi o‘quv jarayoni, bolalar bilan yaqindan muloqotda bo‘lish, ularning fe’l-atvori, qiliqlari, qiziqishlarini chuqur o‘rganish Rodarining bolalar yozuvchisi sifatida shakllanishida jiddiy omil bo‘ldi deya olamiz. Yosh o‘qituvchi Janni Rodari o‘quvchilari bilan uzoq suhbat qurar, ularning ba’zan javob berish mushkul bo‘lgan xilma-xil savollaridan zavqlanar, bu savollarga javob berish uchun turli xil voqealarni hikoya qilib berardi. J. Rodari bu jarayonda o‘zi ham bilmagan holda kichik ertaklar to‘qir, ularni yosh do‘stlariga aytib berar edi. Keyinchalik u o‘zi to‘qigan ertaklarni qog‘ozga tushira boshlaydi.
@uzbek_tilim
@uzbek_tilim
Ilk to‘plami
“Quvnoq she’rlar kitobi”
Boshqa to‘plamlari - «Chippolinoning sarguzashtlari»
- «Telefonda aytilgan ertaklar»
- «Jelsamino yolg‘onchilar mamlakatida»
- «Osmondagi tort»
- «Televizorga kirib qolgan Jip»
- «Rim ertaklari»
- «Uchtadan oxiri bor ertaklar»
@uzbek_tilim
Janni Rodari asarlari o‘zining xayolotga boyligi, samimiy mutoyibasi bilan o‘quvchini hayratga soladi. Janni Rodari ahamiyati jihatidan Nobel mukofotiga teng bo‘lgan Hans Kristian Andersen mukofotiga sazovor bo‘lgan adib edi. Janni Rodari asarlari o‘zining xayolotga boyligi, samimiy mutoyibasi bilan o‘quvchini hayratga soladi. Janni Rodari ahamiyati jihatidan Nobel mukofotiga teng bo‘lgan Hans Kristian Andersen mukofotiga sazovor bo‘lgan adib edi. Mashhur yozuvchi 1980-yil 14-aprelda vafot etdi.
@uzbek_tilim
“Hurishni eplolmagan kuchukcha” ertagi Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, hurishni eplolmaydigan bir kuchukcha bo‘lgan ekan. U na hura olarkan, na miyovlay olarkan, na ma’rashni va na kishnashni bilarkan, qisqasi, hech bir maxluq tilida gapirishni uddalay olmaydigan shunday bir go‘rso‘xta ekan. Asli-naslini so‘rasangiz, o‘zi bir mushtdaygina, juda ham oddiy kuchukcha ekan. Ilgarilari kuchuk asari ko‘rinmaydigan bu qishloqda uning qayerdan paydo bo‘lib qolganini hech kim bilmas ekan. Albatta, shundoq bo‘lgandan keyin «men nega hurishni bilmayman-a?» degan o‘yni xayoliga ham keltirmas ekan.
@uzbek_tilim
“Uchtadan oxiri bor ertaklar” turkumiga kiruvchi ertaklar «Sehrli nog‘ora» «Ayyor Buratino» «Sahrodagi uy» «Milanda yog‘gan shlyapa yomg‘iri» «Rinaldoning sarguzashtlari»
@uzbek_tilim
@uzbek_tilim
“Kredit” tushunchasi
“Shahzoda Plombir” ertagida
Foydalanilgan adabiyot:
@uzbek_tilim
Adаbiyot: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik-majmua / S. Ahmеdоv, R. Qo‘chqоrоv, Sh. Rizаyеv. – Т.: «Ma’naviyat», 2017.
Do'stlaringiz bilan baham: |