Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65


Biroq, shunisi muhimki, G‘afur G‘ulom mana shu



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/84
Sana18.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#387982
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84
Bog'liq
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo'chqorov)

Biroq, shunisi muhimki, G‘afur G‘ulom mana shu
nursiz, qabohat va jaholatga to‘la muhitni yosh bola
nigohi orqali rang-barang mazmunga to‘la holda
tasvirlaydi. Qissani o‘qir ekansiz, undagi
hodisalarning qiziqligi, qahramonlar xarakteridagi
yorqin jihatlar Sizni butunlay o‘ziga rom qilib oladi.
Garchi, yuqorida aytganimizdek, bosh qahramon duch keladi-
gan odamlarning ko‘pchiligi ochko‘z, xasis, nazari past kimsalar


3 7
bo‘lsa-da, bizning Shum bola bunday kimsalarni bir ko‘rishda
taniydi, ularning chirkin muhitidan iloji boricha tezroq qutulish
yo‘llarini qidiradi va albatta topadi! Mana shu paytlarda Shum
bolaning naqadar topqir, ziyrak, ba’zan esa, yaxshi ma’noda
shum bola ekaniga qayta-qayta amin bo‘lamiz.
Qissadan o‘qigan parchamizda ham Shum bolaning Sariboy-
day ezma, injiq, xasis kimsani boplab dodini berganiga guvoh
bo‘ldik.
Avvalo shuni aytish kerakki, Shum bolaning Sariboyni mot
qilish usuli Sharq xalqlari og‘zaki ijodi namunalarini – ertak-
larni ijodiy qayta ishlash mahsuli hisoblanadi. Biron muhim
voqeani aytish uchun uni bu voqeaga mutlaqo aloqasi yo‘q taf-
silotlar orqali bayon qilish usuli, jumladan, «Uch yolg‘onda qirq
yolg‘on» ertagida uchraydi. Sharq adabiyotining katta bilimdoni
hisoblangan G‘afur G‘ulom o‘z Shum bolasini bu safar ayni shu
usul bilan Sariboyning g‘azabidan omon olib chiqib ketadi.
Guvohi bo‘lganimizdek, shu paytga qadar bu ezma va laqma
boyga odam bolasi teng kela olgan emas. Uning qo‘lida umrbod
xizmat qilib charchagan kishilarning dard-u alami ichida. Hech
biri yurak yutib xo‘jayinga gap qaytara olmaydi. Gap qaytarish
qayda, umuman, bu odamga ro‘para kelishdan qo‘rqib yurishadi.
Chunki, xoh yaxshi, xoh yomon gap bo‘lsin, Sariboy nuqul
«xo‘sh, innaykeyin-chi» deb, Shum bola aytganidek, «odamni
xit qilib yuboradi».
Xo‘sh, nima qilish kerak?
Bu yoqda olmalar pishib, tagiga to‘kilib, uvol bo‘lyapti. Xo‘-
jayin ruxsatisiz terishsa ham bir balo, vaqtida terilmay qolib
ketsa, yana bir balo. Har ikki holda ham bechora xizmatkorlar
aybdor bo‘lib qoladi. Shu muammoni yechib kelish Shum
bolaning chekiga tushgan.
Sezgan bo‘lsangiz, birovlarning dard-u tashvishi, olamda bo‘-
layotgan ming turli ishlar Sariboyning yetti uxlab tushiga kir-
masdi. U dunyoda faqat o‘zim bo‘lay deb yashaydiganlar xili-
dan edi. Shu ahvolda Shum bola xo‘jayinning «innaykeyin»iga


3 8
!
munosib javob topishi, eng muhimi esa, boyni bu savolni berish-
dan bezdirib tashlashi kerak! U Sariboyni uncha-muncha gap
bilan, yangilik bilan lol qilib bo‘lmasligini yaxshi biladi. Demak,
«sopini o‘zidan chiqarish» – boyning «nozik joyi»dan ushlash
lozim. Uning nozik joyi esa mol-mulki, boyligi bilan bog‘liq.
Gap ana shu mavzuga burilsa, «boyning chaynab turgan yaxna
tilni yutishga ham darmoni qolmaydi». Bir xabarni ikkinchi bir
xabarga shunday ulash kerakki, natijada «innaykeyin» degan
bema’ni savolni berishga Sariboyning yuragi dosh bermasin.
Shum bola xuddi shunday qiladi ham. «Dandon sopli pi-
choq»ning sinishi bilan boshlangan gap kenjatoy o‘g‘il Bo‘ri-
boyvachchaning «terakdan yiqilib o‘lishi» bilan tugaydi. Bu
ham yetmaganday, boyning turmushga chiqmagan o‘rtancha qizi
«dunyoga arziydigan o‘g‘ilcha tug‘gani», chaqaloq esa Badal
aravakashga «quyib qo‘yganday» o‘xshashi to‘g‘risidagi gaplar
Sariboyni, nihoyat, yiqitadi. Shundan keyin ham ezma boy
«innaykeyin»lab ko‘rsin-chi!

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish