Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/84
Sana18.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#387982
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84
Bog'liq
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo'chqorov)

«SHUM BOLA» ASARI HAQIDA
Xalqimizning «Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda
ko‘r» degan maqolini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bu degani «bir
falokat ko‘pchilikning boshiga yog‘ilsa ham, u har kimga har
xil ta’sir qiladi – «yo‘g‘on cho‘zilguncha, ingichka uziladi» de-
ganidir. G‘afur G‘ulom tug‘ilgan oilaning taqdiri yodingizdami?
G‘afurjon to‘qqiz yoshida otasidan, o‘n beshga kirib-kirmay
mehribon onasidan ajraladi. Ukalari va singillari bilan g‘irt
yetim qoladi. Yana qanaqa paytda deng? Aytganimizdek, butun
dunyoda urushning sovuq nafasi kezib yurgan, o‘lkamizda iq-
tisodiy va ma’naviy tanazzul ayni chuqurlashgan yillarda. Bun-
day paytda ota-onasiz qolgan bolalarning hayoti juda og‘ir
kechishini tasavvur qilsangiz kerak. Nima bilandir qorin to‘y-
g‘azish, egniga kiyim-bosh topish oson ish emas.
«Shum bola» qissasining bosh qahramoni ham shunday og‘ir
kunlarda otasidan ayrilgan, qariyb siz tengi – o‘n to‘rt yoshli
bolakay. Onasi bir etak bolani boqish uchun kun bo‘yi tinim
nimaligini bilmaydi. Shum bola bo‘lsa, tengdoshlariga qo‘shilib
erta tongdan to qorong‘i kechgacha ko‘chadan kirmaydi. U –
yerga ursa ko‘kka sapchiydigan, bir joyda uzoqroq turib qolsa
yuragi siqilib ketadigan, tinib-tinchimas bolalar xilidan. Kun-
larning birida u onasini xafa qilib qo‘yganidan xijolat bo‘lib,
qolaversa, biror oy mehnat qilib pul topib kelish ilinjida yo‘lga
tushadi. Uning Toshkent atrofidagi qishloqlarda kechadigan
sarguzashtlariga sarguzasht ulanib, yarim yildan ortiq davom
etadi. Mana shu vaqt mobaynida Shum bola bir-biridan qiziq
voqealar ishtirokchisiga aylanadi. Pochchasi avaylab boqayotgan
qimmatbaho qushlarga qatiq, suzma ichirib harom o‘ldirib qo‘-
yadi, do‘sti Omonga qo‘shilib Sulton o‘g‘ri boshchiligidagi
kissavurlar bilan tunni o‘tkazadi, ko‘chmanchilar ovulida o‘lik


3 6
!
yuvib sharmanda bo‘lishadi, masjid imomining og‘ilxonasida
o‘sallab qolgan ho‘kiz o‘rniga soppa-sog‘ eshakni so‘yib qo‘yib
rosa kaltak yeydi va hokazo.
Shum bola qayerga bormasin, kim bilan to‘qnashmasin, ham-
ma joyda kattalarning o‘ziga bepisand qarashi, qo‘pol muo-
malasiga duch keladi. O‘zlarini go‘yo yetimning boshini silay-
digan himmatli kishilar qilib ko‘rsatadigan turli noinsof kimsa-
lar uning navqiron kuchidan suvtekin foydalanib qolishga
urinadilar. Bu ham mayli, shu yosh bolani turli qing‘ir yo‘llarga
boshlovchilar ham topiladi. Masalan, yuzlab qalandarlarga
yo‘lboshchi bo‘lib olib, har gapida qayta-qayta Xudoni tilga
oladigan ikkiyuzlamachi Eshon Shum bolani to‘g‘ridan to‘g‘ri
o‘g‘irlik qilishga yo‘llaydi. Eshonning Shum bolaga aytgan
quyidagi gaplari uning naqadar tuban kimsa ekanidan dalolatdir:
«Oyoq-qo‘ling chaqqongina, epchil yigitsan. Sen ham axir
qarab turmasdan, boshqacharoq yo‘l bilan bo‘lsa ham tirikchi-
likning payidan bo‘lsang edi, o‘g‘lim... Axir kissa-karmon
degan gaplar ham bo‘ladi. Naqdina pul – ham yengil, ham qim-
mat, ham yashirishga oson bo‘ladi. Naqdina bo‘lsin, bolam,
naqdina bo‘lsin...»
Shaharning bir chekkasidagi xaroba uyni nashavand-bangilar
yig‘iladigan takyaxonaga aylantirgan Hoji bobo ham o‘zicha
xudojo‘ylikda boyagi Eshondan qolishmaydi. Biroq uning qila-
yotgan ishlari Xudoning aytganlariga mutlaqo teskariligi bilan
o‘quvchini hayratga soladi.

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish