O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM
VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
MAXSUS SIRTQI FAKULTETI (BO`LIM)
MAKTABGACHA TA`LIM YO`NALISHI
III KURS 018-23 GURUH TALABASI
MANNONOVA FERUZA MO`YSINOVNANING
MAKTABGACHA TA`LIMDA BOSHQARUV VA MENEJMENT
FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Topshirdi: Mannonova F.M
Qabul qildi:
Maktabgacha ta’lim muassasalari va ularni tashkil etishning o`ziga xosliglari
REJA:
1.
Maktabgacha ta’lim muassasasi- maktabgacha yoshdagi bollar ijtimoiy tarbiya
maskani.
2.
Davlat
maktabgacha
ta’lim
muassasasida
ta’lim-tarbiya jarayoni
qatnashchilari.
3.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish
4.
Xulosa
5.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi,
jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir. Maktabgacha ta’lim muassasi
bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi
o‘rin tutadi.
Barcha turdagi maktabgach ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-
son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha
ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya
qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning ushbu
muassasada bo‘lish vaqti davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi va
muassisning qarori bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida besh kunlik ish haftasi uchun,
qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan
aholi talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha ta’lim muassasasida yoki
uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish
ushbu muassasa zimmasiga yuklatiladi hamda sanitariya qoidalari, normalari va
gigiena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bolalarga
tibbiy
xizmat
ko‘rsatish davlat maktabgacha ta’lim
muassasasining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga belgilangan tartibda
biriktirilgan hududiy sog‘liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari
tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilan
birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davolash-
profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena
normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun mas’uldirlar.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayotini muhofaza
qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi
tomonidan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari faoliyatini
nazorat qilish hududiy sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot
xodimining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (alohida xizmat
xonasi, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur
bo‘lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tibbiyot xodimlarining malakasini
oshirish sog‘liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish muassasalarida har uch yilda
kamida bir marta bepul amalga oshiriladi.
Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari bo‘lgan davlat
maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining
qaroriga binoan maktabgacha ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash
va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan mazkur Nizomning 1-
ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yo‘llanmalari asosida amalga oshiriladi.
Muassislari boshqa tashkilotlar bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim
muassasalariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan
belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda,
ushbu davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarni maktabgacha
ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar)
bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilishda quyidagilar:
I va II guruh nogironlari;
ko‘p bolali oilalarning bolalari;
harbiy xizmatchilarning bolalari;
talabalar va pedagoglarning bolalari;
chin etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat maktabgacha
ta’lim muassasasiga qabul qilishda imtiyozlardan navbatsiz foydalanadilar.
Imtiyozlardan foydalanuvchi bolalarning ota-onalari imtiyoz berilishi
uchun asos bo‘ladigan hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etadilar.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining mudirlari tomonidan davlat
maktabgacha ta’lim muassasasidagi mavjud bo‘sh o‘rinlar haqida qabul
komissiyasiga har oyning birinchi sanasidan kechikmay yozma ma’lumot
kiritiladi.
Bo‘sh o‘rinlar haqidagi ma’lumot davlat maktabgacha ta’lim
muassasasining mudirlari tomonidan imzolanadi va ularning to‘g‘riligi va o‘z
muddatida kiritilishi uchun davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri shaxsan
javob beradi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining har bir guruhidagi bola soni
me’yori kamida 20 nafar bo‘lishi, biroq 25 nafardan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o‘tgan bolalar bilan to‘ldirish
o‘quv yili oxiridan yangi o‘quv yiliga qadar (iyun, iyul, avgust oyida), yangi
qabul qilinayotganlar bilan to‘ldirilishi o‘rinlar bo‘shashiga qarab amalga
oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida o‘quv yili har yili 2
sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o‘quv yili
boshlangunga qadar sog‘lomlashtirish davri davom ettiriladi.
Tarbiyalanuvchilar soni davlat maktabgacha ta’lim muassasasi
quvvatidan ortiq bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni
qabul qilishni vaqtincha to‘xtatish hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya
nazorati markazi tomonidan berilgan xulosaga ko‘ra maktabgacha
ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar)
bo‘limlari huzuridagi qabul komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Tarbiyalanuvchilar soni belgilangan me’yordan kamaygan yoki bolalarni
qabul qilish uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga
muvofiq shart-sharoit yaratilgan taqdirda, hududiy davlat sanitariya-
epidemiologiya nazorati markaziga xabar bergan holda maktabgacha
ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar)
bo‘limlari huzuridagi qabul komissiyasining roziligi bilan davlat maktabgacha
ta’lim muassasalariga bolalar qabul qilinadi.
Ўзбекистон
Республикаси
Конституцияси
ва қонунларига
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлисининг
қарорлари ва
бошқа ҳужжатларига
Do'stlaringiz bilan baham: |