Azonallik qonuniyati
zonallik qonuniyatidan farq qilib, Yerning
ichki jarayonlari va mahalliy omillar tufayli tabiat komponentlari va
geotizimlarning o‘zgarishi. Azonallikning
omillari
– Yer yuzini qopla gan
tog‘ jinslaridagi va relyef tuzilishidagi tafovutlar, grunt suvlari sathi ning
relyef va tog‘ jinslarining suv o‘tkazuvchanlik xususiyatiga qarab o‘zga-
rishi, insonning xo‘jalik faoliyati va h.k. Bu omillar kenglik zonallik
qonuniyatiga bo‘ysinmaydi. Ayniqsa, geologik-geomorfologik omillar
Yerning ichki kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgani uchun boshqalariga nis-
batan keng qamrovlidir. Geologik omillar ichida neotektonik (hozirgi
zamon tektonik) harakatlar, ularning Yer yuzining turli joylarida har xil
kuch va jadallikda ro‘y berayotgani eng muhim omillardir. Shuningdek,
tog‘ jinslaring kimyoviy va fi zik xususiyatlari ham faol ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, tarkibida tuzlar keng tarqalgan tog‘ jinslari tarqalgan joylar-
da sho‘rxoklar, suvda tez eriydigan tog‘ jinslari tarqalgan joylarda esa
karstlar avj olib, tuproq-o‘simlik qoplamining va, oxir-oqibatda, land-
shaftlarning zonal xususiyatlarini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Yer yuzasining nishabligi kichik bo‘lgan joylarda, odatda, grunt suv-
larining sathi yuza joylashgan bo‘ladi. Bunday sharoitda atmosfera
yog‘inlari va atrofdan kelgan oqar suvlar hisobiga ortiqcha namlik
to‘planib, botqoqliklar vujudga keladi. Masalan, G‘arbiy Sibir, Kongo
32
botig‘i, La-Plata, Orinoko pasttekisliklarida botqoqliklar keng tarqalgan.
Botqoqlik
– ortiqcha namlik sharoitida doimo yoki uzoq vaqt zax bo‘lib
yotadigan, namsevar o‘simliklar va torf qatlami (30 sm va undan or-
tiq) mavjud bo‘lgan yerlar. Botqoqlarda o‘simlik ildizlari torf ostidagi
tuproq-gruntga yetib bormaydi. Agar torf qatlami bo‘lmasa yoki yupqa
(30 sm dan kam) bo‘lsa,
botqoqlashgan
yerlar deyiladi. Botqoqlar tun-
dra, o‘rmon tundra, tayga va nam ekvatorial o‘rmonlar kabi tabiat zo-
nalarida keng tarqalgan.
Cho‘l tabiat zonasida joylashgan O‘zbekistonda ham azonal omil-
lar tufayli zonallik qonuniyati “buzilib”, o‘ziga xos landshaftlar shakl-
langan. Qizilqum va Ustyurtning botiq relyef shakllarida sho‘rxoklar
vujudga kelgan. Sho‘rxoklarning, ayniqsa, Ustyurtda keng tarqalishiga
sabab relyefning botiqligidan tashqari bu yerda tez eruvchan ohaktosh,
gips, mergel kabi jinslarning keng tarqalganligidir. Daryolarning qa-
yirlarida esa rel yefning tekisligi, grunt suvlarining yer betiga yaqinligi
va mikroiqlimning atrofdagi cho‘ldan namroq va salqinroq bo‘lganidan
to‘qaylar shakl langan.
To‘qay
– daryo bo‘ylaridagi daraxt – buta – o‘t
o‘simliklaridan iborat qalin changalzor o‘rmon.
Insonning xo‘jalik faoliyati ham tabiat zonalari ichida ularga xos
bo‘lmagan, ya’ni “azonal” landshaftlarni vujudga keltirmoqda. Ma-
salan, O‘zbekistonda cho‘llarga suv chiqarilib, o‘zlashtirilishi oqibatida
katta-katta maydonlar vohalarga aylantirilgan.
Voha
– cho‘l va chala-
cho‘llarda suv chiqarilib obod qilingan yer. Agar O‘zbekistonning aho-
li xaritasiga qarasangiz, aholisi eng zich hududlar, yirik va katta sha-
harlarning barchasi vohalarda ekanini ko‘rasiz.
Yer yuzi tabiiy sharoitining xilma-xilligi va rivojlanishi zonal va
azonal omillarning yig‘indisi va o‘zaro ta’siri natijasidir. Geografi k qo-
biqda faqat zonal xususiyatlar yoki faqat azonal xususiyatlar uchray-
digan bironta joy yo‘q. Zonal hamda azonal xususiyatlar hamma vaqt
va har doim birga uchrab, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
Zonallik qonuniyati, kenglik zonalligi, sektorlik, tabiat zonalari, azonallik, azonal
omillar, botqoqlik, to‘qay, voha.
1. Geografi k qobiqda zonallik qonuniyati nima sababdan yuzaga keladi?
2. Kenglik zonalligi va sektorlik nima?
3. Azonal omillarga nimalar kiradi?
4. O‘zingiz yashab turgan joydagi azonal tabiat komplekslari haqida aytib bering.
33
Do'stlaringiz bilan baham: |