147
bo‘yicha –
sayyoraviy, regional va lokal,
ayrim hollarda esa milliy
kabi guruhlarga ajratiladi.
Sayyoraviy geoekologik muammolar
– butun geografi k qobiq doirasida
ro‘y beradigan va Yer yuzining barcha qismlariga ta’sir etadigan,
barcha mamlakatlarga, butun insoniyatga birdek xavf soladigan eng
murakkab geoekologik muammolardir. Bularga “Issiqxona samarasi” va
iqlim isishi, “Ozon tuynugi”, Dunyo okeani sathining ko‘tarilishi va
suvining ifl oslanishi, cho‘llashish va h.k. kiradi. Bunday geoekologik
muammolarni bartaraf etish uchun barcha davlatlar birlashib, yagona
dastur asosida harakat qilishlari lozim. Yer yuzidagi barcha mamlakatlar
o‘z hududidagi lokal va regional muammolarni hal etish orqaligina
global geoekologik muammolarning yechimini topishlari mumkin.
Regional geoekologik muammolar
– egallagan maydoniga ko‘ra
global geoekologik muammolardan kichikroq bo‘lib, ko‘pincha bir
yoki bir necha turlardan tashkil topgan geoekologik hodisa-jarayonlar
kompleksidan iborat bo‘ladi. Regional geoekologik muammolar regional
miqyosdagi geotizimlarni band etib, butun Yer yuzi uchun xavf
solmasligi mumkin, ammo ularning soni tobora ortib bormoqda. Ushbu
muammolar ayrim hududlargagina tegishli bo‘lishiga qaramay, ekologik
va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari nihoyatda xavfl i va salmoqli, ularni o‘z
vaqtida oldini olish va bartaraf etmaslik kelajakda keng miqyosdagi
og‘ir ekologik kulfatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Regional geoekologik muammolar tarkib topishi jihatidan oddiy va
murakkab toifadagi geoekologik muammolarga bo‘linadi. Bir turdagi
hodisa va jarayonlardan iborat bo‘lsa – oddiy toifadagi, bir necha
geoekologik hodisa va jarayonlardan iborat bo‘lsa – murakkab toifadagi
geoekologik muammolar deyiladi. Murakkab geoekologik hodisalarning
yechimi ham murakkab bo‘lib, ko‘p vaqt talab qiladi. U tobora
murakkablashish va yangi hududlarni egallash yo‘nalishida rivojlanadi.
Oddiy geoekologik muammolar ham makonda va vaqt mobaynida o‘ta
murakkablashuvi oqibatida murakkab tusga aylanishi mumkin.
Orol va Orolbo‘yi muammosi O‘zbekiston va qo‘shni respublikalar
hududida joylashgan regional geoekologik muammodir. Shu sababli
mazkur muammoni bartaraf etishda Orol havzasidagi barcha qo‘shni
respublikalar O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishlari lozim (29-rasm).
Lokal (mahalliy) geoekologik muammolar
– regional geoekologik
muammolarga nisbatan kichikroq maydonlarni egallab, bir yoki ikki
148
mamlakat hududida joylashgan ma’lum geotizim doirasida yuzaga
kelgan muammolardir. Bunday geoekologik muammolar inson xo‘jalik
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, tabiiy resurslardan intensiv foydalanish
va bu jarayonda tabiat qonuniyatlarini hisobga olmaslik, aholining bir
joyda o‘ta zich to‘planishi va boshqa sabablar tufayli kelib chiqadi.
Yer yuzasining namgarchilik hududlarida botqoqliklarning quritilishi,
qurg‘oqchil mintaqalarda sun’iy sug‘orish, suvomborlar barpo etish,
yaylov chorvachiligini rivojlantirish, ishlab chiqarish korxonalarining
qurilishi kabi jarayonlardagi ayrim xatoliklar hamda insonning ba’zi
pala-partish faoliyati lokal geoekologik muammolar yuzaga kelishiga va
keng miqyosda tarqalishiga sabab bo‘ladi.
O‘zbekistondagi lokal geoekologik muammolarni
ko‘rib chiqadigan
bo‘lsak, ularning har tarafl ama kompleks tahlili va kelib chiqishi sababiga
ko‘ra quyidagi genetik guruhlarini ajratish mumkin: 1) atmosfera
havosining ifl oslanishi bilan bog‘liq muammolar – yirik shaharlar va
sanoatlashgan hududlarda; 2) suvdan intensiv foydalanish bilan bog‘liq
muammolar – zovur suvlarining ko‘llarda to‘planishi, chuchuk suvlarning
yetishmasligi, chuchuk suv havzalarining ifl oslanishi va h.k.; 3) yerdan
intensiv foydalanish bilan bog‘liq muammolar – eroziya, sho‘rlashish,
yaylovlarning degradatsiyaga uchrashi; 4) geotizimlarga texnogen ta’sir
bilan bog‘liq muammolar – konchilik sanoati chiqindilarining to‘planishi,
geotizimning buzilishi, og‘ir texnikaning yaylovlarni payhon qilishi va
h.k.; 5) chorvaning intensiv boqilishi va buta-daraxtlarni kesish bilan
Do'stlaringiz bilan baham: