Sellyuloza-qog‘oz sanoati –
sellyuloza, qog‘oz va karton mahsulotlarini ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan sanoat tarmog‘i.
Shahar aglomeratsiyalari –
turli kattalikdagi shaharlarning ma’muriy, ishlab
chiqarish, ijtimoiy, madaniy aloqalar natijasida birlashuvi.
So‘ngan vulqon –
tarixiy davr mobaynida otilgani haqida hech qanday ma’lumot-
lar bo‘lmagan vulqon. So‘ngan va harakatdagi vulqon tushunchalari nisbiy bo‘lib,
ba’zan so‘ngan vulqonlar harakatga kelib yana otilishi mumkin. Harakatdagi vulqon
deganimiz esa hech qachon otilmasligi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |