Janubi-g‘arbiy Osiyo.
Aholi soniga ko‘ra Turkiya, Eron, Afg‘onis-
ton, Iroq, Saudiya Arabistoni davlatlari yetakchilik qiladi. Umumiy
aholining 60% qishloqlarda istiqomat qiladi.
Subregionda, asosan, neft (Fors ko‘rfazi davlatlari, Turkiya, Ozarbay-
jon, Armaniston) mashinasozlik (Turkiya, Eron, Gruziya, Ozarbayjon,
Armaniston), metallurgiya (Turkiya, Eron, BAA) va kimyo sanoatlari
(Eron, Turkiya, Ozarbayjon) rivojlanmoqda. Yengil va oziq-ovqat sano-
ati Janubi-g‘arbiy Osiyoning barcha davlatlarida rivojlangan.
Qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i dehqonchilik hisoblanadi.
Asosan, sug‘orma dehqonchilik rivojlangan, iste’mol uchun bug‘doy,
makajo‘xori, arpa yetishtiriladi. O‘rta dengizbo‘yi davlatlarida sabza-
Do'stlaringiz bilan baham: |