Ruza. Vegetativ organlar. Ildiz. Novda. Kurtak. Novdada barglarning joylashishi



Download 158,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/22
Sana18.01.2022
Hajmi158,83 Kb.
#386781
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Oraliq  tur.

  Bu  ham  dastlab  ajralgan  boylamlarga  ega  bo’lgan  poyali 

o’simliklar  uchun  xarakterli  bo’lib,  keyinchalik  boylamli  kambiyning  faollik 

ko’rsatishi  hisobiga  yaxlit  kambiy  halqasi  vujudga  keladi.  Oraliq  turning  muhim 

xususiyati shundan iboratki, bunda ikkilamchi yog’ochlik va ikkilamchi lublar faqat 



boylamli  kambiydan  emas,  balki  boylamlararo  kambiydan  hosil  bo’ladi.  Bu  o’z 

navbatida  yangi  ikkilamchi  o’tkazuvchi  boylamlarni  keltirib  chiqaradi.  Barcha 

boylamlarni  sekin-asta o’sishi natijasida ular qo’shilib bir  butun yog’ochlik bilan 

lubni  ajratib  turuvchi  kambiyli  halqa  (kungaboqar,  loviya)  shakillanadi,  ya'ni 

boylamli turdan boylamsiz turga o’tish kuzatiladi. 

Boylamsiz (halqali) tur. Mazkur tur poyaning birlamchi tuzilishida yog’ochlik 

va  lub  halqasimon  joylashgan  o’simliklarda  (zig’ir,  tamaki)  kelib  chiqadi. 

Ikkilamchi  meristematik  kambiy  ham  yaxlit  halqa  shaklida  hosil  bo’ladi  va 

ikkilamchi yog’ochlik hamda lublarning halqalarini vujudga keltiradi. 

Po’stloq  tarkibiga  kambiyning  tashqarisida  joylashgan  barcha  to’qimalar 

kiradi.  Po’stloqning  tashqi  qavatlari  periderma  hisoblanib,  u  po’kak,  po’kak 

kambiysi  va  fellodermalardan  tashkil  topadi.  Ba'zan  po’kak  yuzasida  epiderma 

qoldiqlari  kuzatiladi.  U  ham  keyinchalik  tushib  ketadi.  Periderma  ostida  o’sish 

konusidagi  birlamchi  meristemaning  ajralishi  natijasida  hosil  bo’lgan  birlamchi 

po’stloq  elementlari  joylashadi.  Unga  kollenxima,  xloroplastlar,  kraxmal 

donachalari va druzlarga ega bo’lgan asosiy parenxima hujayralari kiradi. Poyaning 

markaziga  yaqinroq  joyda  kambiy  faoliyati  natijasida  hosil  bo’lgan  ikkilamchi 

po’stloq  ajratiladi.  Ikkilamchi  po’stloqda  trapetsiya  shaklida  lub  tolalari  bilan 

elaksimon naylar yo’ldosh hujayralar va lub parenximasi bilan navbatlashgan lub 

bo’laklari  ko’rinib  turadi.  Elaksimon  naylar  daraxt  poyalarida  2  -  3  yil  faollik 

ko’rsatadi,  keyinchalik  u  moddalarni  o’tkazish  xususiyatini  yo’qotadi  va  yangisi 

bilan almashinadi. Lub uchastkalari orasidan asosiy parenxima hujayralardan tashkil 

topgan birlamchi va ikkilamchi o’zak nurlari o’tadi. Ularning hujayralari ko’pincha 

kraxmal, moy, shakar kabi oziq moddalarni saqlaydi. O’zak nurlari orqali poyaning 

o’zagi  bilan  chekka  qismlarida  joylashgan  to’qimalar  (po’stloq)  bilan  aloqa 

bog’lanadi. 



Kambiy.

  Kambiy  yupqa  qobiqqa  ega  bo’lgan  cho’ziq  to’g’ri  to’rtburchak 

shakldagi  hujayralardan  iborat.  Uning  tangental  yo’nalishida  bo’linishi  natijasida 

yog’ochlik  va  lub  elementlari  hosil  bo’ladi.  Shuni  ta'kidlab  o’tish  lozimki, 

yog’ochlik  elementlari  ko’proq  sonda  hosil  bo’ladi.  Kambiy  halqasida  hujayralar 



soni  ortishi  ularning  radial  yo’nalishida  bo’linishi  hisoblanib,  natijada  poyaning 

cheksiz yo’g’onlashish imkoni yaratiladi. Kambiyning ishlash faoliyati yil davomida 

bir xil emas. U ayniqsa bahor faslida ancha faol bo’lib, keyinchalik uning faoliyati 

sekin-asta susayadi va kuzga borib butunlay to’xtaydi 




Download 158,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish