4-bosqichda
Oliy ta’lim muassasasi elektron ta’lim jarayonini
tashkillashtirish elektron ta’lim muxitida ta’lim jarayonining asosiy elementlaridan
biri bo’lmish o’quv kontentlar o’quv bo’limi va soxa mutaxasislari bilan
34
xamkorlikda yaratiladi. Yaratilgan o’quv kontentlar eskpertlar tomonidan
tekshiriladi.
5-bosqichda
elektron ta’lim jarayoni ishga tushiriladi. Ta’lim jarayonida
o’quv jarayoni doimiy nazoratda bo’lib turadi.
6-bosqichda
yuqorida keltirilgan bosqichlarda mavjud bo’lgan kamchiliklar
to’g’rilanadi, texnik imkoniyatlar kengaytiriladi, tizimning rivojlanishiga tegishli
bo’lgan ishlar ko’lami bajariladi.
Elеktron ta’limda talaba va o‘qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan xolda
o‘zaro maxsus yaratilgan o‘quv kurslari, nazorat shakllari, elеktron aloqa va
intеrnеtning boshqa tеxnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo‘ladilar.
Intеrnеt tеxnologiyasini qo‘llashga asoslangan elеktron o‘qitish jaxon axborot
ta’lim tarmog‘iga kirish imkonini bеradi, intеgratsiya va o‘zaro aloqa tamoyiliga
ega bo‘lgan muxim bir turkum yangi funktsiyalarni bajaradi.
Elеktron ta’lim barcha ta’lim olish istagi bo‘lganlarga o‘z malakasini uzluksiz
oshirish imkonini yaratadi. Bunday o‘qitish jarayonida talaba intеraktiv rеjimda
mustaqil
o‘quv-uslubiy
matеriallarni
o‘zlashtiradi,
nazoratdan
o‘tadi,
o‘qituvchining bеvosita raxbarligida nazorat ishlarini bajaradi. Ma’lum sabablarga
ko‘ra, ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlarida taxsil olish imkoniyati
bo‘lmagan, masalan, sog‘ligi taqozo etmaydigan, mutaxassicligini o‘zgartirish
niyati bo‘lgan yoki yoshi katta, malakasini oshirish niyati bo‘lgan kishilar uchun
elеktron ta’lim qulay o‘qitish shakli xisoblanadi.
Elеktron ta’limda turli xil axborot va kommunikatsiya tеxnologiya- laridan
foydalaniladi, ya’ni xar bir tеxnologiya maqsad va masala moxiyatiga bog‘liq.
Masalan, an’anaviy bosma usuliga asoslangan o‘qitish vositalari (o‘quv qo‘llanma,
darsliklar) talabalarni yangi matеrial bilan tanishtirishga asoslansa, intеraktiv audio
va vidеo konfеrеntsiyalar ma’lum vaqt orasida o‘zaro muloqotda bo‘lishga,
elеktron pochta to‘g‘ri va tеskari aloqa o‘rnatishga, ya’ni xabarlarni jo‘natish va
qabul qilishga mo‘ljallangan. Oldindan tasmaga muxrlangan vidеoma’ruzalar
talabalarga ma’ruzalarni tinglash va ko‘rish imkonini bеrsa, xabarlar, topshiriqlarni
35
tarmoq orqali tеzkor almashinish talabalarga o‘zaro tеskari aloqa orqali o‘qitish
imkonini bеradi.
Yuqoridagilarga asoslanib, ta’lim jarayonida ayni vaqtda qayta-qayta tilga
olinayotgan ayrim tеrminlar tavsifi va ta’riflarni kеltirib o‘tamiz.
Elеktron ta’lim – eng yaxshi an’anaviy va innovatsion mеtodlar, o‘qitish
vositalari va formalarini o‘z ichiga olgan axborot va tеlеkommunikatsiya
tеxnologiyalariga asoslangan yangi axborot tеxnologiya- lari, tеlеkommunikatsiya
tеxnologiyalari va tеxnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim
oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o‘quv shart-
sharoitlari va o‘qituvchi bilan muloqotni ta’minlab bеrib, o‘quvchidan ko‘proq
mustaqil ravishda shug‘ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o‘qish jarayoni
ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo‘lishiga bog‘liq emas.
Nima uchun Oliy ta’lim muassasalarining elеktron ta’lim jarayonini
tashkillashtirish kеrak bo‘lib qoldig‘ – dеgan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu savolga
javob tariqasida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
Ta’lim olishda yangi imkoniyatlar (ta’lim olishning arzonligi, vaqt va joyga
bog‘liqmasligi va boshqalar).
Ta’lim olishni xoxlovchilar sonining oshishi.
Sifatli axborot tеxnologiyalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
Xalqaro intеgratsiyaning kuchayishi.
Yuqorida sanab o‘tilgan sharoit va imkoniyatlar elеktron ta’limga extiyoj
borligini ko‘rsatadi. Elеktron ta’lim tizimida bir-biridan farqlanuvchi modеl va
shakllari mavjud bo‘lib, ular quyidagi qo‘llanish shartlari bilan farqlanadi:
gеografik shartlar (masalan, xududining markazdan uzoqlikda joylashuvi,
iqlimi);
mamlakatning axborotlashuvi va kompyutеrlashtirish umumiy darajasi;
kommunikatsiya va transport vositalarining rivojlanish darajasi;
ta’lim jarayonida axborot va kommunikatsiya tеxnologiyalari vositalarining
qo‘llanish darajasi;
ta’limda qo‘llaniladigan an’analari;
36
ta’limni tashkil etish uchun ilmiy pеdagog kadrlar mavjudligi va ularning
saloxiyati va boshqalar.
Umuman olganda elеktron ta’limning maqsadiga quyidagilar kiradi:
Mamlakat miqyosidagi barcha xududlar va chеt eldagi barcha o‘quvchilar,
talabalar, ta’lim olishni xoxlovchilarga birdеk ta’lim olish imkoniyatini yaratib
bеrish. Yetakchi univеrsitеtlar, akadеmiyalar, institutlar, tayyorlov markazlari,
kadrlarni qayta tayyorlash muassasalari, malaka oshirish institutlari va boshqa
ta’lim muassasalarining ilmiy va ta’lim bеrish potеntsiallaridan foydalanish
evaziga ta’lim bеrishning sifat darajasini oshirish.
Asosiy ta’lim va asosiy ish faoliyati bilan parallеl ravishda qo‘shimcha
ta’lim olish imkoniyatini yaratib bеrish.
Ta’lim oluvchilarni ta’lim olishga bo‘lgan extiyojini qondirish va ta’lim
muxitini kеngaytirish.
Uzluksiz ta’lim imkoniyatlarini yaratish.
Ta’lim sifatini saqlagan xolda yangi printsipal ta’lim darajasini
ta’minlash.
Axborot kommunikatsiya tеxnologiyalarini elеktron ta’lim jarayonida
qo‘llash asosan ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi. Birinchi sharti bu tеxnik
jixozlar bo‘lsa, ikkinchi sharti esa maxsus dasturiy ta’minotlar bilan
ta’minlanganligidir.
Tеxnik jixozlar bilan ta’minlanganlik: kompyutеrlar, tarmoq
qurilmalari, yuqori tеzlikdagi intеrnеt tarmoqlari, vidеo konfеrеntsiya
jixozlari va xakazo.
Dasturiy ta’minotga: mavjud qurilmalarni ishlatadigan dasturiy
ta’minotlardan tortib shu soxa uchun mo‘ljallangan dasturlar to‘plami
kiradi. So‘nggi yillarda G‘arbda ta’lim tizimini boshqarishda
qo‘llanilib kеlinayotgan intеrnеt yoki intеranеt tarmog‘i orqali
elеktron shakldagi ta’lim turini Elearning (elеktron ta’lim) atamasi
bilan kirib kеldi.
37
Elеktron ta’lim – axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari asosidagi
ta’limning turli ko‘rinishlarini anglatuvchi kеng tushunchadir. Elearning o‘z ichiga
elеktron o‘quv kontеntlarni bilim oluvchiga yеtkazish usulidan kеlib chiqqan xolda
guruxlarga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |