Paxtani saqlash - quritish
- tozalash bо‘limlarida ishlov berguncha va undan keyin
paxta tozalash korxonalari qayta ishlaguncha paxta tо‘dalarini g‘aramlar va
omborlarda asrash va bu davrda uni saqlash bilan bog‘liq bо‘lgan chora - tadbirlar.
Paxtaning о‘z-о‘zidan qizishi - tashqi muhitdan izolyatsiyalangan namligi yuqori
bо‘lgan paxta hajmlarining nazorat qilolmaydigan harorat kо‘tarilishining
biokimyoviy jarayoni.
Muvofiqlashtirilgan texnologik jarayon - meyoriy hujjatlar bilan belgilangan
texnologik jarayon.
Paxta tayyorlash maskani laboratoriyasi - paxta tozalash korxonasining texnik
nazorat bо‘limi tarkibiga kiradigan va jamlanayotgan paxta sifati, uni jamlash,
saqlash va paxta tozalash korxonasiga jо‘natish ustidan nazorat olib boradigan
laboratoriY.
Urug‘lik paxta - urug‘lik chigit olish uchun mо‘ljallanib ekilgan maydonlardan
terilgan paxta.
G‘о‘za - gul xayridoshlar oilasiga kiradigan о‘simliklar avlodi.
Ifloslik - paxta yoki paxta mahsulotlari tarkibidagi iflos (organik va mineral)
aralashmalar hamda qayta ishlashga yaroqsiz paxta materiali qismining miqdori
(%).
Namlik - paxta yoki paxta mahsulotlaridagi namlik miqdori (%).