Jahon tarixi (1918-1945 yillar) 1-mavzu: sssr 1918-1945 yillarda


Sovet totalitar tuzumining tashqi siyosati



Download 343,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana18.01.2022
Hajmi343,42 Kb.
#385583
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-SEMINAR J(EYD)T

 Sovet totalitar tuzumining tashqi siyosati.

  

30-yillarda  SSSR  tashqi  dunyo  bilan  aloqalarda  ko‘plab  qiyinchiliklarga  duch  keldi. 

Jumladan,  eng  avvalo  podsho  hukumatining  qarzlarini  to‘lash,  xorijiy  mulkni  ularning  eski 

egalariga qaytarish, xalqaro aloqalardagi  teng huquqlilik va mustaqillik muammolari bilan bog‘liq 

bo‘ldi.  Ammo  bu  qiyinchiliklarga  qaramay,  sovet  diplomatiyasi  tashqi  munosabatlarni  sekin-asta 

o‘zgartirishga erishdi.  

 

1941  yil  arafasidayoq  Sovet  mamlakati  bilan  Estoniya,  Latviya,  Litva,  Finlyadiya,  Polsha 



o‘rtasida  diplomatik  munosabatlar  mavjud  edi.  Sovet  davlati  1921  yil  mart  oyida  Angliya  bilan 

savdo bitimi tuzdi. Bu bitim Angliyaning haqiqatda Sovet hukumatini taniganligini bildirardi.  

 

Shundan  keyin,  ko‘p  vaqt  o‘tmay,  1921-1922  yillarda  Germaniya,  Norvegiya,  Avstriya, 



Shvetsiya, Chexoslovakiya, Italiya bilan ham savdo bitimlari tuzildi.  

 

Yevropa  mamlakatlari  va  AQSH  bilan  iqtisodiy  aloqalarning  bir  maromda  rivojlanishiga 



tashqi  savdoning  davlat  tomonidan  monopoliyalashtirilgani  to‘g‘anoq  bo‘ldi.  Bu  tufayli  AQSH 

SSSR bilan savdo aloqalari o‘rnatishni qat’iyan rad etdi.  




 

 



Sovet  hukumati  AQSH  bilan  SSSR  o‘rtasidagi  munosabatlarni  tartibga  solishga  harakat 

qildi. 1921 yil 20 martda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Komitetining raisi M.I.Kalinin Amerika 

kongressiga  va  AQShning  yangi  prezidenti  Gardingga  telegramma  yuborib,  Sovet  hukumatining 

AQSH  bilan  do‘stona  munosabatlar  o‘rnatishga  tayyorligini  bildirdi.  Shu  maqsad  bilan  ikkala 

mamlakat o‘rtasidagi hamma masalalarni, shu jumladan savdo munosabatlarini yangidan boshlash 

masalasini  hal  qilish  uchun  AQShga  maxsus  delegatsiya  yuborish  istagi  borligi  ma’lum  qilindi. 

Ammo AQSH hukumati bu taklifni rad qildi.  

 

Sovet diplomatiyasi SSSR da kolonializmga qarshi kurashda o‘z ittifoqchisini ko‘rgan Osiyo 



mamlakatlari  bilan  do‘stona  munosabatlarni  o‘rnatishda  ma’lum  muvaffaqiyatlarni  qo‘lga  kiritdi. 

1921  yilda  Eron,  Afg‘oniston,  Turkiya  va  Mongoliya  bilan  do‘stlik  va  hamkorlik  to‘g‘risida 

bitimlar tuzildi.  

 

1921  yil  26  fevralda  Moskva  Eron  bilan  imzolagan  shartnomada  chor  Rossiyasining  Eron 



bilan  tuzgan  va  Eron  uchun  asoratli  bo‘lgan  hamma  shartnoma  va  bitimlari  bekor  qilinganligi 

ta’kidlandi.  RSFSR  hukumati  chor  hukumatining  Eron  territoriyasidagi  barcha  konsessiyalaridan, 

pul da’volaridan voz kechdi, Kaspiy dengizida Eronning o‘z flotini saqlash huquqiga ega bo‘lishiga 

rozi bo‘ldi va hokazo. Shartnomaning 6-moddasi ayniqsa muhimdir. Bu modda qanday bo‘lmasin 

biron davlat Eron territoriyasini bosib olish yoki Eron territoriyasini Sovet Rossiyasiga qarshi urush 

harakatlari  bazasiga  aylantirish  maqsadida  Eron  territoriyasiga  qurol  kuchi  bilan  bostirib  kirgan 

taqdirda Sovet hukumati o‘zini mudofaa qilish manfaatlarini ko‘zlab zarur choralar ko‘rish uchun 

Eronga o‘z qo‘shinlarini kiritish huquqi borligi aytilgan.  

 

1921  yil  28  fevralda  Sovet  Rossiyasi  bilan  Afg‘oniston  o‘rtasida  do‘stlik  shartnomasi 



imzolandi,  bu  shartnoma  ikkala  mamlakatning  o‘zaro  mustahkam  va  do‘stona  munosabatlariga 

negiz bo‘ldi.  

 

1921 yil 16 martda RSFSR bilan Turkiya o‘rtasida do‘stlik va birodarlik haqida shartnoma 



imzolandi.  Yakkalanib  qolgan  Turkiya  o‘z  mustaqilligi  uchun  kurash  olib  borayotgan  dolzarb 

vaqtda  imzolangan  bu  sovet-turk  shartnomasi  milliy  Turkiyaning  xalqaro  pozitsiyasini 

mustahkamlashga,  uning  dushman  imperialistik  davlatlar  qurshovini  yorib  o‘tishiga  imkon  berdi. 

Zakavkazyedagi sovet respublikalari 1921 yilning oktabrida Turkiya bilan shartnoma tuzdilar.  

 

1921  yil  martida  Suxe-Bator  boshchiligida  tashkil  topgan  Mo‘g‘uliston  xalq-revolyutsion 



hukumatining iltimosiga binoan, 1921 yilda RSFSR hukumati baron Ungernning bostirib kirgan oq 

gvardiyachi  qo‘shinlaridan  Mo‘g‘ulistonni  ozod  qilish  uchun  kurashayotgan  Mo‘g‘uliston  xalq 

armiyasiga yordam berdi. Qizil Armiyaning yordami bilan 1921 yil yozida Ungren qo‘shinlari tor-

mor  qilindi.  Bir-birini  tanish  va  bir-biriga  elchi  yuborish  haqida  1921  yilning  5  noyabrida 

Mo‘g‘uliston Xalq Respublikasi bilan RSFSR o‘rtasida shartnoma imzolandi.  

 

Sovet  hukumati  Xitoy  bilan  do‘stona  munosabatlar  o‘rnatishga  intildi  va  chor  hukumati 



bilan  Xitoy  o‘rtasida  tuzilgan,  teng  huquqlilikka  asoslanmagan,  Xitoy  uchun  asoratli  bo‘lgan 

hamma shartnomalardan voz kechganligini necha martalab bildirdi. Ammo 1920-1921 yillarda olib 

borilgan Sovet-Xitoy muzokaralari muaffaqiyatsiz tugadi.  

 

O‘zaro  da’volarni  muhokama  qilish  va  sulh  shartnomasini  uzil-kesil  tuzib  chiqish  uchun 



konferensiya  chaqirish  haqida  Sovet  hukumatining  1921  yil  oktabrida  qilgan  taklifini  Angliya, 

Fransiya,  Italiya,  Germaniya  hukumatlari  va  boshqalar  qabul  qildilar.  1922  yilning  aprel-may 

oylarida  Italiyaning  Genuya  shahrida  Yevropa  davlatlarining  moliyaviy-iqtisodiy  konferensiyasi 

bo‘ldi.  

 

Rossiya  va  Germaniya  taqdirida  1922  yili  Genuyada  imzolangan  Rapallo  bitimi  katta 



ahamiyatga ega bo‘ldi. U ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatdi. Ushbu bitim G‘arb 

davlatlarining  SSSRga  nisbatan  siyosiy  qamalini  barbod  qildi.  Rappalo  bitimidan  so‘ng  boshqa 

davlatlar ham SSSRni tan ola boshladilar. 1924 yilda Angliya va Fransiya bilan diplomatik aloqalar 

o‘rnatildi.  Xuddi  shu  yili  Yevropadagi  ko‘plab  davlatlar  sovet  davlatini  diplomatik  jihatdan  tan 

olishi  va  u  bilan  diplomatik  aloqalar  o‘rnatishini  bildirdi.  1925  yil  yanvarda  sovet-yapon  bitimi 

imzolandi.  1921-1925  yillarda  SSSR  chet  mamlakatlar  bilan  jami  40  dan  ortiq  turli  bitim  va 

shartnomalar  tuzdi.  1924-1925  yillarda  Sovet  Ittifoqi  Angliya,  Italiya,  Avstriya,  Gretsiya, 

Norvegiya,  Shvetsiya,  Xitoy,  Daniya,  Meksika,  Fransiya  va  Yaponiya  bilan  diplomatik 




10 

 

munosabatlar  o‘rnatdi.  Xitoy  bilan  tuzilgan  shartnomaga  binoan  Sovet  hukumati  podsho 



hukumatining Xitoy bilan tengsizlik asosida tuzgan hamma shartnomalarini bekor deb e’lon qildi.  

 

1932  yilda  SSSR  Polsha,  Latviya,  Estoniya  va  Finlyadiya  bilan  bir-biriga  hujum  qilmaslik 



haqida  shartnoma  tuzdi.  O‘sha  yiliyoq  Sovet-Fransiya  munosabatlarida  burilish  yasaldi.  Natijada 

1932  yil  noyabrida  SSSR  bilan  Fransiya  o‘rtasida  hujum  qilmaslik  haqida  shartnoma  tuzilishiga 

olib keldi. 1933 yilda SSSR bilan Italiya o‘rtasida hujum qilmaslik haqida shartnoma tuzildi. Sovet 

hukumati hujum qilmaslik haqida ahdnoma tuzishni Yaponiyaga ham taklif qildi. Biroq, Yaponiya 

hukumati,  SSSRga  nisbatan  agressiv  niyatlari  bo‘lgani  uchun,  bunday  shartnomani  imzolashdan 

bosh tortdi. 

 

1931 yildayoq Yaponiya Xitoyning shimoli-sharqiy viloyatlarini (Manchjuriyani) bosib oldi 



va  u  yerda  Sovet  Ittifoqiga  hujum  qilish  uchun,  Xitoyga  hamda  Janubi-Sharqiy  Osiyo 

mamlakatlariga hujumni davom ettirish uchun platsdarm vujudga keltirdi. Shu tariqa, Uzoq Sharqda 

jahon  urushining  birinchi  o‘chog‘i  vujudga  keldi.  Jahon  urushining  ikkinchi  o‘chog‘i  Germaniya 

fashistlarining hatti-harakatlari natijasida Yevropaning markazida vujudga keldi.  

 

Fashistlar  Italiyasi  ham  agressiya  yo‘liga  kirdi.  1935  yilda  u  Efiopiyani  (Xabashistonni) 



bosib  oldi.  Shundan  keyingi  yilda  har  ikkala  fashistlar  davlati  Ispaniyada  general  Franko  isyonini 

uyushtirdilar,  so‘ngra  esa  Ispaniya  respublikasiga  qarshi  harbiy  intervensiya  boshlab,  bu 

respublikani bo‘g‘ib tashladilar.  

 

Fashistlar  Germaniyasi  bilan  fashistlar  Italiyasi  1936  yilda  «Antikommintern  pakti»  deb 



atalgan  o‘zaro  harbiy  ittifoq  tuzdilar,  1937  yilda  Yaponiya  ana  shu  ittifoqqa  qo‘shildi  va  shu  yili 

Xitoyda  jinoyatkorona,  bosqinchilik  urushini  boshlab  yubordi.  Yangi  jahon  urushini  boshlab 

yuborishga intilgan «Berlin-Rim-Tokio» agressiv qaroqchilik bloki tashkil topdi. Ana shunday bir 

paytda, 1933 yil noyabrida SSSR bilan AQSH o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.  

 

1935  yilda  Sovet  Ittifoqi  Fransiya  va  Chexoslovakiya  bilan  o‘zaro  yordam  haqida  paktlar 



tuzdi.  

 

Yaponiya  imperialistlari  haqiqatan  ham  SSSRga  xujum  qilishga  zo‘r  berib  tayyorgarlik 



ko‘rmoqda  edi.  Ular  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  harbiy  ig‘volar  uyushtirish  yo‘liga  o‘tib  oldi  va  1938  yil 

iyulda yapon qo‘shinlari Vladivostokka yaqin joydagi Xasan ko‘li rayonidagi Sovet territoriyasiga 

bostirib  kirdi.  6-11  asgustda  sovet  qo‘shinlari  yapon  agressorlarga  qarshi  zarba  berdilar  va  uni 

SSSR  territoriyasidan  uloqtirib  tashladilar.  Lekin  yapon  bosqinchilari  bu  voqealardan  o‘zlariga 

tegishli  saboq  chiqarmadi.  Mongoliyani  bosib  olish,  sovet  territoriyasiga  yorib  kirish,  Sibir  temir 

yo‘l  magistralini  kesib  o‘tish  va  Uzoq  Sharqni  qirqib  qo‘yish  maqsadida  1939  yil  13  mayda  ular 

Xalxin-Gol  daryosi  rayonida  Mongoliya  Xalq  Respublikasiga  hujum  qildi.  Yaponiyaning  piyoda 

askarlar va tanklardan iborat katta kuchlari ko‘plab harakat qilayotgan aviatsiya yordami bilan uch 

oy davomida hujumga o‘tishga urinib ko‘rdi. Ammo ularning barcha xujumi qaytarildi, bunda ular 

juda  katta  talofatlar  ko‘rdi.  20  avgustda  sovet  va  mongol  qo‘shinlari  qarshi  hujumga  o‘tdilar. 

Dushman  qo‘shinlari  qurshab  olindi  va  sakkiz  kunlik  jangda  deyarli  tamomila  qirib  tashlandi. 

Angliya va Fransiya hukumatlari agressiyaga qarshi birgalashib kurashish masalasi yuzasidan 1939 

yilning bahorida SSSR hukumati bilan muzokara olib borishga kirishdi. Muzokaralar 4 oy chamasi 

davom etdi va natijasiz tugadi.  

 

Sovet hukumati fashistlar agressiyasiga qarshi barcha uchun barobar asosda o‘zaro yordam 



haqida  samarali  va  amaliy  natija  beradigan  bitim  tuzishga  bor  kuchini  sarf  qildi.  U  urush  bo‘lib 

qolgan taqdirda kuchli armiya qo‘yishga, Polsha, Fransiya, Angliyaga fashistlar Germaniyasi xujum 

qilgan  taqdirda  Yevropaga  qo‘shin  yuborishga  tayyor  ekanligini  aytdi.  Lekin  Angliya  o‘z  ustiga 

bunday  majburiyatlar  olishni  istamadi.  Bu  masalada  Angliya  va  Fransiya  hukumatlari  tomonidan 

qo‘llab-quvvatlanayotgan  Polsha,  agar  sovet  qo‘shinlariga  Angliya  va  Fransiyaga  yordam  berish 

uchun  yo‘lga  tushish  zarur  bo‘lib  qolsa,  sovet  qo‘shinlarini  o‘z  hududidan  o‘tkazmasligini  aytdi. 

Ana  shularning  hammasi  bir  tomondan,  SSSR  bilan,  ikkinchi  tomondan,  Angliya  va  Fransiya 

o‘rtasidagi muzokaralarning muvaffaqiyatsiz tugashiga olib keldi.  

 

Ayni bir vaqtda Angliya hukumati Germaniya bilan eng muhim siyosiy, harbiy va iqtisodiy 



masalalar yuzasidan keng bitim tuzish haqida maxfiy muzokaralar olib bormoqda edi.  

 

Ro‘y  bergan  xalqaro  vaziyatni  e’tiborga  olib,  Germaniyaning  hujum  qilmaslik  to‘g‘risida 




11 

 

shartnoma  tuzish  haqidagi  taklifini  qabul  etishga  qaror  qildi.  Shartnomaga  1939  yil  23  avgustda 



imzo  chekildi.  Bu  bilan  Sovet  Ittifoqi  bir  yarim  yil  tinch  yashash  va  avj  olib  borayotgan  ikkinchi 

jahon urushi sharoitida o‘z mudofaa qobiliyatini mustahkamlab olish imkoniga ega bo‘ldi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


12 

 


Download 343,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish