Aksiyadorlar
yig
‘
ilishi
Direktorlar
kengashi
Ijrochi direktorlar
va top-menejment
Menejer va
xizmatchilar
Aksiyadorlar
umumiy
assembliyasi
Nazorat kengashi
Boshqaruv
kengashi
Ijrochi direktorlar
va top-menejment
Menejer va
xizmatchilar
Davlat
Nazorat
kengashi
Aksiyadorlar
umumiy yig
‘
ilishi
Direktorlar
kengashi
Ijrochi
direktorlar va
bosh
menejerlar
Ish
boshqaruvchi-
lar vakillari
Menejer va
xizmatchilar
Bir
pog‘onali
(AQSh, Buyuk
Britaniya)
Ikki pog‘onali
(Kontinental
Yevropa)
Xitoy
76
4.2. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va uning
vakolat doirasi
Umumiy holda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi eng yuqori
boshqaruv organi hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda eng
avvalo aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi, ko‘rib
chiqiladigan masalalar va qaror qabul qilish tartibi xususida
atroflicha to‘xtalib o‘tamiz.
Aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi har
yili o‘tkazilishi shart. Yillik umumiy yig‘ilish esa ustavida
belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin olti
oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Shuningdek, ma’lum bir masalalar
bo‘yicha navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishlar ham o‘tkazilishi
mumkin. Barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan
aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi
o‘tkazilmasligini ham alohida ta’kidlash lozim.
Umumiy yig‘ilishni kuzatuv kengashining raisi, u uzrli
sabablarga ko‘ra bo‘lmagan taqdirda esa, kuzatuv kengashining
a’zolaridan biri olib boradi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi va
tartibi, yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish
tartibi,
aksiyadorlarning
umumiy
yig‘ilishini
o‘tkazishga
tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallarning
(axborotning) ro‘yxati kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
Aksiyadorlar
umumiy
yig‘ilishining
vakolat
doirasiga
quyidagilar kiradi:
- jamiyat ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki
jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
- jamiyatni qayta tashkil etish;
- jamiyatni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini)
tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
- jamiyat kuzatuv kengashining va minoritar aksiyadorlar
qo‘mitasining son tarkibini belgilash, ularning a’zolarini saylash va
a’zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
- e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;
- jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish;
- jamiyatning ustav kapitalini kamaytirish;
- o‘z aksiyalarini olish;
77
- jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini
tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash) va rahbarning
vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
- jamiyat taftish komissiyasining a’zolarini (taftishchisini)
saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish,
shuningdek taftish komissiyasi (taftishchi) to‘g‘risidagi nizomni
tasdiqlash;
- jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini,
shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va maqsadidan
kelib chiqqan holda jamiyatni o‘rta muddatga va uzoq muddatga
rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini
tasdiqlash;
- jamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash;
- jamiyat kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining
(taftishchisining) o‘z vakolat doirasiga kiradigan masalalar
yuzasidan, shu jumladan jamiyatni boshqarishga doir qonun
hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan jamiyat
kuzatuv kengashining hisobotlarini va taftish komissiyasining
(taftishchisining) xulosalarini eshitish;
- jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan
aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida
qaror qabul qilish;
- qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror
qabul qilish;
- jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish
to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- imtiyozli huquqni qo‘llamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qog‘ozlarning birja
bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini
belgilash;
- aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;
- aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish;
- jamiyatning ijroiya organiga to‘lanadigan haq va (yoki)
kompensatsiyalarni, shuningdek ularning eng yuqori miqdorlarini
belgilash;
- sho‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari bo‘yicha, birlashish,
qo‘shib olish, ajralib chiqish bo‘yicha bitimlar tuzish to‘g‘risida
qaror qabul qilish;
78
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida jamiyatning
kuzatuv kengashini va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash
to‘g‘risidagi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi
(direktor),
kollegial
ijroiya
organining
a’zolari,
ishonchli
boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning muddatini uzaytirish,
uni qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi haqidagi masalalar
hal etiladi, shuningdek jamiyatning yillik hisoboti jamiyat ijroiya
organi
va
kuzatuv
kengashining
jamiyatni
rivojlantirish
strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar
to‘g‘risidagi hisobotlari va boshqa hujjatlari ko‘rib chiqiladi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan
masalalar ijroiya organ hal qilishi uchun berilishi mumkin emas.
Lekin aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan
quyidagi masalalar kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilishi
mumkin:
- jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish, shuningdek
ustavga jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish hamda
jamiyatning e’lon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bog‘liq
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
- aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qog‘ozlarning birja
bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini
belgilash;
- korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga
ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul
qilish;
- qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror
qabul qilish;
- korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida
qaror qabul qilish;
- jamiyatning ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash
(tayinlash), rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
- jamiyatning ijroiya organiga to‘lanadigan haq va
kompensatsiyalar miqdorlarini belgilash;
- yillik biznes-rejani tasdiqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |