72
2.
…
2.
…
Yopiq tipdagi aksiyadorlik jamiyati
1.
2.
…
1.
2.
…
2.
Aksiyadorlik
jamiyati
faoliyati
bo‘yicha
klaster
shakllantiring.
3. Aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish bo‘yicha aniq ketma-
ketlik asosida sxema shakllantiring.
Aksiyadorlik
jamiyati
73
IV bob. AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA BOSHQARUV
ORGANLARI
4.1. Aksiyadorlik jamiyatlari tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv
organlari tarkibi
Aksiyadorlik jamiyatlari tashkiliy tuzilmasi tarmoq va faoliyat
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zaro farqlanadi. Lekin
moliyaviy boshqaruvning tarkibiy tuzilishi birmuncha murakkab va
ular faoliyatining mamlakat iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatidan
kelib chiqqan holda korporativ moliyaviy boshqaruv tizimini
takomillashtirish yuzasidan Birinchi Prezidentimiz I.Karimov
“Hozirgi kunda yurtimizda 90 dan ortiq davlatning xorijiy
investorlari ishtirokida tashkil etilgan 4 mingdan ziyod korxona
muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda faoliyat
yuritayotgan ushbu kompaniyalar O‘zbekistonda ham, uning
tashqarisida ham yaxshi ma’lum.
O‘zbekiston hududida to‘liq chet el kapitali va korporativ
boshqaruvning
xorijiy
usullariga
asoslangan
korxonalar
muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Mazkur xorijiy kompaniyalar
tajribalarini chuqur o‘rganishimiz va ularning tahlili asosida
korxonalarimiz uchun korporativ boshqaruvning namunaviy
tuzilmalarini yaratishimiz, real iqtisodiyotning barcha tarmoq va
sohalaridagi aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv tizimini ayni
shu asosda isloh qilgan holda, ularni amaliyotga faol joriy qilishimiz
zarur”
31
, deya ta’kidlab o‘tgandilar. Shu boisdan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik
jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida aksiyadorlik
jamiyatining namunaviy tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi (4.1-rasm).
Amaldagi qonunchilik asosida tuzilgan tashkiliy tuzilmadan
ko‘rinib turibdiki, aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlarning
umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi boshqaruv
organlari hisoblanadi. Nazorat organlari sifatida esa taftish
31
Karimov I.A. 2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng
yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir. – T. “O‘zbekiston”, 2015. – 72 bet.
74
komissiyasi va ichki audit xizmati faoliyat yuritadi. Shuningdek
minoritar aksiyadorlar huquqlarini ta’minlash maqsadida to‘g‘ridan
to‘g‘ri aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga bo‘ysunuvchi minoritar
aksiyadorlar qo‘mitasi tashkil etilishi mumkin.
Keltirib o‘tilgan tashkiliy tuzilmadan ham ko‘rishimiz
mumkinki, ijroiya organi tarkibida moliya direktori, investitsiyalar
va rivojlantirish bo‘yicha direktorlar yangi namunaviy tuzilmaga
kiritilgan, o‘z navbatida ularga bo‘ysunadigan lavozimlar ham
keltirilgan.
4.1-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: