O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan


Aksiyadorlik jamiyatlarining tashkiliy asoslari



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

3.3. Aksiyadorlik jamiyatlarining tashkiliy asoslari

 

 

Aksiyadorlik jamiyatlari yuridik shaxsni ta’sis etish yoki qayta 



tashkil  etish  (qo‘shib  yuborish,  bo‘lish,  ajratib  chiqarish, 

o‘zgartirish) yo‘li bilan tashkil etilishi mumkin. 

Ta’sis  etish  yo‘li  bilan  aksiyadorlik  jamiyatini  tashkil  etish 

muassislarning  (muassisning)  qaroriga  ko‘ra  amalga  oshiriladi. 

Jamiyatni  ta’sis  etish  to‘g‘risidagi  qaror  ta’sis  yig‘ilishi  tomonidan 

qabul  qilinadi.  Jamiyat  bir  muassis  tomonidan  ta’sis  etilgan 

taqdirda  jamiyatni  ta’sis  etish  haqidagi  qaror  shu  muassis 

tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi. 

Jamiyatning  muassislari  uni  tashkil  etish  to‘g‘risida  o‘zaro 

ta’sis  shartnomasini  tuzadilar,  shartnomada  ularning  jamiyatni 

ta’sis  etishga  doir  birgalikdagi  faoliyatni  amalga  oshirish  tartibi, 

jamiyat 


ustav 

kapitalining 

miqdori, 

muassislar 

o‘rtasida 

joylashtirilishi  lozim  bo‘lgan  aksiyalarning  turlari,  ular  uchun 

to‘lanadigan haqning miqdori va uni to‘lash tartibi, muassislarning 

jamiyatni tashkil etishga doir huquq va majburiyatlari belgilanadi. 

Jamiyatni  ta’sis  etish  to‘g‘risidagi  qaror  muassislarning  ovoz 

berish  natijalarini  hamda  jamiyatni  ta’sis  etish,  uning  ustavini 

tasdiqlash,  jamiyatning  boshqaruv  organlarini  shakllantirish 

masalalari  yuzasidan  muassislar  qabul  qilgan  qarorlarni  aks 

ettirishi kerak. 



 

64 


Jamiyatni ta’sis etish, uning ustavini tasdiqlash to‘g‘risidagi va 

muassis  tomonidan  jamiyatning  aksiyalari  haqini  to‘lash  uchun 

kiritilayotgan  qimmatli  qog‘ozlarning,  o‘zga  mulkiy  huquqlarning 

yoki pulda ifodalanadigan bahoga ega bo‘lgan boshqa huquqlarning 

pulda ifodalangan bahosini tasdiqlash haqidagi qarorlar muassislar 

tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. 

2015-yil 

21-dekabrdagi 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining  “Aksiyadorlik  jamiyatlariga  xorijiy  investorlarni  jalb 

qilish  borasidagi  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  PQ-2454 

sonli  qaroriga  asosan  aksiyadorlik  jamiyati  ustav  kapitalidagi 

ulushi  kamida  15-foizni  tashkil  etishi  lozim  bo‘lgan  chet  ellik 

investorlar  ishtirokida  tashkil  qilinishi  belgilangan  edi.  Bundan 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  O‘zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasi  qarorlarida  belgilangan  hollar  bundan 

mustasno. Xorijiy investorning ulushi ustav kapitalining 15 foizidan 

33  foizigacha  miqdorni  tashkil  etadigan  aksiyadorlik  jamiyatlariga 

yuridik  shaxslar  foyda  solig‘i,  mulk  solig‘i,  yagona  soliq  to‘lovi, 

Respublika  yo‘l  jamg‘armasiga  ajratmalar  bo‘yicha  imtiyozlar 

berilgan. 

Lekin  xorijiy  investorning  aksiyadorlik  jamiyatida  15  foizlik 

majburiy  ishtiroki  bo‘yicha  qo‘yilgan  talab  bozor  iqtisodiyoti 

qonuniyatlariga,  aksiyadorlik  amaliyotiga,  xalqaro  tajribaga 

zidligidan  kelib  chiqqan  holda  2018-yil  13-iyuldagi  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  “Jahon  banki  va  Xalqaro  moliya 

korporatsiyasining  “Biznes  yuritish”    yillik  hisobotida  O‘zbekiston 

Respublikasining  reytingini  yanada  yaxshilash  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”gi  PQ-3852  sonli  qarori  bilan  bu  tartib  2018-yil  1-

avgustdan bekor qilindi. 

Chet  ellik  investorlar  ishtirokidagi  jamiyatni  tashkil  etish 

O‘zbekiston  Respublikasining  qonun  hujjatlariga  muvofiq  amalga 

oshiriladi.  

Xususan,  2018-yil  1-avgustdagi  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  “O‘zbekiston  Respublikasida  investitsiya  muhitini 

tubdan  yaxshilash  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PF-5495  sonli 

Farmoniga  asosan  chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalar 

ustav  fondidagi  xorijiy  investitsiyalar  ulushining  eng  kam  miqdori 

30  foizdan  15  foizgacha  kamaytirildi.  Shuningdek,  chet  el 

investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonaning  ishtirokchisi  sifatida 

xorijiy  yuridik  shaxs  qatnashishi  shartligi  to‘g‘risidagi  talab  bekor 

qilinib,  xorijiy  jismoniy  shaxslar  ishtirokiga  ham  ruxsat  berildi. 

Qo‘shimcha  tarzda  chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalar 

ustav fondining eng kam miqdori 600 million so‘mdan 400 million 

so‘mgacha kamaytirilganligini ham qayd etib o‘tish zarur. 




 

65 


Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilayotganda 

aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etish to‘g‘risidagi qaror davlat mulkini 

tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi. 

Aksiyadorlik  jamiyati  muassislari  va  aksiyadorlarining  soni 

cheklanmaydi. Bundan kelib chiqadiki, bitta shaxs tomonidan ham 

aksiyadorlik  jamiyati  tashkil  etilishi  mumkin.  Keyinchalik 

aksiyadorlik  jamiyati  faoliyati  davomida  yagona  aksiyador 

tomonidan  aksiyalarning  bir  qismini  yoki  to‘liqligicha  boshqa 

shaxslarga sotish amaliyotlari kuzatilishi mumkin.  

Jamiyatni  tashkil  etish  to‘g‘risidagi  ta’sis  shartnomasini 

imzolagan  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  jamiyatning  muassislari 

(muassisi) deb e’tirof etiladi. 

Agar  qonunda,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  yoki 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qarorida 

boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, davlat organlari jamiyatning 

muassislari (aksiyadorlari) bo‘lishi mumkin emas. 

Jamiyat  muassislari  jamiyatning  tashkil  etilishi  bilan  bog‘liq 

majburiyatlar  yuzasidan  jamiyat  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilguniga 

qadar  solidar  javobgar  bo‘ladi.  Jamiyat  muassislarning  jamiyatni 

tashkil etish bilan bog‘liq majburiyatlari yuzasidan muassislarning 

harakatlari  keyinchalik  aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishida 

ma’qullangan taqdirdagina javobgar bo‘ladi. 

Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilayotganda 

davlat  mulkini  tasarruf  etishga  vakolatli  organ  jamiyatning 

muassisi bo‘ladi. 

Jamiyat  muassislari  o‘rtasida  aksiyalarni  taqsimlash  ta’sis 

hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi. 

Muassislarning ta’sis yig‘ilishida quyidagilar ko‘rib chiqiladi: 

-  jamiyatni  ta’sis  etish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qiladi  va  uning 

ustavini tasdiqlaydi; 

-  ta’sis  etish  jarayonida  muassislar  tomonidan  tuzilgan 

shartnomalarni tasdiqlaydi; 

-  muassislar  tomonidan  aksiyalar  haqini  to‘lash  tartibini 

belgilaydi; 

- chiqariladigan aksiyalarning turlarini va sonini belgilaydi

-  jamiyatning  kuzatuv  kengashini,  taftish  komissiyasini 

(taftishchisini) saylaydi; 

- jamiyatning ijroiya organini tuzadi (saylaydi, tayinlaydi). 

Ta’sis  yig‘ilishida  ovoz  berish  muassislar  kiritadigan 

ulushlarga muvofiq o‘tkaziladi. 

Ta’sis  yig‘ilishi  qarorlarni  oddiy  ko‘pchilik  ovoz  bilan  qabul 

qiladi, bundan ta’sis shartnomasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorlar 




 

66 


qabul  qilinadigan  hollar  mustasno  bo‘lib,  buning  uchun  barcha 

muassislarning roziligi talab etiladi. 

Ta’sis  yig‘ilishining  qarorlari  jamiyatning  barcha  muassislari 

tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 

Davlat tashkilotini aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirish davlat 

mulkini  tasarruf  etishga  vakolatli  organ  tomonidan  qabul 

qilinadigan  qaror  asosida  ta’sis  yig‘ilishini  o‘tkazmasdan  amalga 

oshiriladi. 

Bir  muassisdan  iborat  bo‘lgan  jamiyatda  ta’sis  yig‘ilishi 

o‘tkazilmaydi. 

Ustav  aksiyadorlik  jamiyatining  ta’sis  hujjati  bo‘lib,  unda 

quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: 

-  jamiyatning  to‘liq  (agar  bo‘lsa  qisqartirilgan)  firma  nomi, 

joylashgan eri (pochta manzili) va elektron pochta manzili; 

- faoliyatining sohasi, asosiy yo‘nalishlari va maqsadi; 

- ustav kapitalining miqdori; 

-  jamiyat  aksiyalarining  soni,  nominal  qiymati,  turlari  (oddiy, 

imtiyozli); 

-  jamiyat  boshqaruvining  tuzilmasi,  jamiyat  kuzatuv 

kengashining,  taftish  komissiyasining  va  ijroiya  organining  a’zolari 

soni, bu organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari. 

2018-yil 1-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 

“O‘zbekiston 

Respublikasida 

investitsiya 

muhitini 

tubdan 

yaxshilash  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PF-5495  sonli  Farmoniga 

asosan aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondining eng kam miqdorini 

400 million so‘m miqdorida belgilandi.  

Aksiyadorlik  jamiyati  ustavida  jamiyatning  ustav  kapitalidagi 

bitta  aksiyadorga  tegishli  bo‘lgan  ulushning  eng  ko‘p  miqdoriga 

cheklovlar belgilanishi mumkin. 

Davlat  tomonidan  jamiyatni  boshqarishda  ishtirok  etishga 

bo‘lgan  maxsus  huquq  («oltin  aksiya»)  joriy  etilayotgan  jamiyat 

ustavida  davlatning  mazkur  maxsus  huquqdan  foydalanishi 

to‘g‘risidagi qoidalar ko‘rsatilishi kerak. 

Jamiyat ustavida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa  qoidalar 

ham ko‘rsatilishi mumkin. 

Aksiyadorlik  jamiyatlari  ustavi  namunaviy  shakli  O‘zbekiston 

Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli 

«Tijorat  tashkilotlari  ta’sis  hujjatlarining  namunaviy  shakllarini 

tasdiqlash  to‘g‘risida»gi buyrug‘i (ro‘yxat  raqami  2848,  20.12.2016 

y.)da berilgan. 

Jamiyat aksiyadorning yoki har qanday manfaatdor shaxsning 

talabiga  ko‘ra  uch  ish  kuni  ichida  ularga  jamiyatning  ustavi,  shu 

jumladan  ustavga  kiritilgan  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  bilan 



 

67 


tanishib chiqish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat aksiyadorning 

talabiga ko‘ra unga jamiyat ustavining ko‘chirma nusxasini berishi 

shart. 

Jamiyat  yuridik  shaxs  sifatida  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilishi 

lozim. 

Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi 

organga  jamiyatning  ustavini  va  qonun  hujjatlarida  nazarda 

tutilgan  boshqa  hujjatlarini  taqdim  etadi.  Davlat  tashkilotini 

o‘zgartirish  yo‘li  bilan  tashkil  etilgan,  shuningdek  bitta  muassis 

tomonidan  tashkil  etilgan  jamiyat  jamiyatning  ustavini  taqdim 

etadi.  Adliya  vazirligi  aksiyadorlik  jamiyatlarini  ro‘yxatdan 

o‘tkazuvchi davlat organi hisoblanadi.  

Jamiyatni  tashkil  etishning  qonunda  belgilangan  tartibini 

buzish  yoki  uning  ustavi  qonunga  muvofiq  emasligi  davlat 

ro‘yxatidan  o‘tkazishni  rad  etishga  olib  keladi.  Jamiyatni  tashkil 

etish  maqsadga  muvofiq  emas  degan  vajlar  bilan  uni  davlat 

ro‘yxatidan  o‘tkazishni  rad  etishga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Davlat 

ro‘yxatidan  o‘tkazishni  rad  etish,  shuningdek  ro‘yxatdan  o‘tkazish 

muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. 

Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran ko‘pi 

bilan  uch  oy  muddatda  quyidagi  hujjatlarni  tayyorlashi  va 

aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida tasdiqlashi shart: 

- aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi nizom;  

- kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi nizom; 

-  ijroiya  organi  haqidagi  (tegishincha  direktori,  boshqaruvi, 

ishonchli boshqaruvchi to‘g‘risidagi) nizom; 

- taftish komissiyasi (taftishchisi) to‘g‘risidagi nizom. 

Aksiyadorlik  jamiyati  ustaviga  kiritilayotgan  o‘zgartish  va 

qo‘shimchalar,  shu  jumladan  jamiyatning  yangi  tahrirdagi  ustavi 

jamiyatni  ro‘yxatdan  o‘tkazish  uchun  nazarda  tutilgan  tartibda 

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. 

Ustavga  kiritilayotgan  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  yoki 

jamiyatning  yangi  tahrirdagi  ustavi  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilgan 

paytdan e’tiboran uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi. 

Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali aksiyadorlar olgan jamiyat 

aksiyalarining  nominal  qiymatidan  tashkil  topadi  va  O‘zbekiston 

Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi. Jamiyat tomonidan 

chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi 

kerak. 

Jamiyatning  ustav  kapitali  jamiyat  mol-mulkining  jamiyat 

kreditorlari  manfaatlarini  kafolatlaydigan  eng  kam  miqdorini 

belgilaydi. 




 

68 


Jamiyat  davlat  mulki  negizida  tashkil  etilayotganda 

tashkilotning  (mol-mulkning)  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi  tomonidan  belgilangan  tartibda  aniqlangan  bozor 

qiymati jamiyat ustav kapitalining summasini tashkil etadi. 

Jamiyat  oddiy  aksiyalarni  joylashtirishi  shart,  shuningdek 

imtiyozli  aksiyalarni  joylashtirishga  haqli.  Joylashtirilgan  imtiyozli 

aksiyalarning  nominal  qiymati  jamiyat  ustav  kapitalining  20 

foizidan oshmasligi kerak. 

Aksiyadorlik  jamiyati  ta’sis  etilayotganda  uning  barcha 

aksiyalari jamiyat muassislari o‘rtasida joylashtiriladi. 

 


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish