243
3. Oltin aksiya amaliyoti joriy etilgan aksiyadorlik
jamiyatlarida davlat vakilining tayinlanishi, vakolatlari va
majburiyatlari, veto qo‘yish tartibi bo‘yicha sxema shakllantiring.
Davlat
vakilining
tayinlanish
tartibi
Davlat
vakilining
vakolatlari
Davlat
vakilining
majburiyatlari
Qarorlarga
veto qo‘yish
tartibi
1.
2.
...
1.
2.
...
1.
2.
...
1.
2.
...
244
XII bob. KORPORATIV MOLIYAVIY SIYOSAT VA UNING
ASOSIY YO‘NALISHLARI
12.1. Korporativ moliyaviy munosabatlar tizimi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya tizimining samarali
ishlashi uning har bir bo‘g‘in faoliyat samaradorligi bilan bevosita
bog‘liq. Bunda moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan
korporativ moliyada moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil
etish nafaqat har bir korporativ tuzilmada shu bilan birga har bir
mamlakatda alohida muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rishimiz
mumkin.
Moliya tizimining aynan shu sohasida iqtisodiyotning turli
tarmoqlariga taqsimlanadigan daromadlarning asosiy qismi
shakllanadi va bu daromadlar iqtisodiy taraqqiyotning hamda
jamiyat ravnaqining asosiy manbasi sifatida xizmat qiladi. Bunda
korporativ tuzilmalar daromadlari o‘z-o‘zini moliyalashtirish uchun,
ishchi xodimlar va davlat oldidagi majburiyatlari hamda boshqa
yo‘nalishlarga taqsimlanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda
korporativ moliyaning moliya tizimi markaziy bo‘g‘ini sifatida
yuzaga chiqishini ko‘rishimiz mumkin va korporativ moliyaning
amal qilishini samarali tashkil etish jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotida doimiy e’tibor talab qilishini ta’kidlashimiz lozim.
Korporativ moliya bugungi kunga kelib xalqaro moliya tizimining
asosi sifatida ham xizmat qilmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Aynan shunday holatda mamlakatimizda korporativ moliyani
samarali tashkil etish mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini
yuksaltirish bilan birga xalqaro iqtisodiy integratsiyalashuv
jarayonining yuksalishiga imkon beradi. Chunki tashqi savdo
munosabatlarida aynan davlatlar bilan bir qatorda korporativ
tuzilmalar ham faol ishtirok etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tijorat tashkilotining
asosiy maqsadi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali tashkil etish
orqali
yuqori
foyda
olish
va
mulkdorlar
manfaatlarini
qanoatlantirish hamda moddiy farovonligini oshirish hisoblanadi.
Erkin bozor munosabatlarida bozorning har qanday subyekti
245
sotuvchi va (yoki) xaridor sifatida qatnashishi mumkin. Umuman
bozor
munosabatlarini
rivojlantirish
korporativ
moliyaning
jamiyatdagi rolini kuchaytirishni talab qiladi.
Har qanday moliyaviy munosabatning moddiy asosi pul
hisoblanadi. Pul mablag‘larining subyektlar o‘rtasidagi maqsadli
harakati moliyaviy munosabatning yuzaga kelish asosiy shartidir.
Korporativ tuzilma doirasida pul fondlarini shakllantirish va
taqsimlash, ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning
asosi sifatida xizmat qiladi.
Shu o‘rinda ta’kidlashimiz lozimki, korporativ tuzilma bu
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxsdir.
Yuridik shaxs tushunchasi esa “o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida
yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda
o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob
beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga
ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni
bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan
tashkilot”
62
ni anglatadi. Respublikamizda korporativ tuzilmalarning
eng keng tarqalgan turlari sifatida aksiyadorlik jamiyatlari va
mas’uliyati cheklangan jamiyatlarni keltirishimiz mumkin. 2017-yil
1-yanvar
holatiga
respublikamizda
faoliyat
ko‘rsatayotgan
aksiyadorlik jamiyatlari soni 659 tani tashkil etadi (12.1-rasm).
12.1-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: